Rustam Qosimjonov

01 Yanvar 1970
Ko`rilganlar: 189

2004 yil bo‘lib o‘tgan FIDE chempionatining finalida 24 yoshli o‘zbek grossmeysteri Rustam Qosimjonov angliyalik Maykl Adamsni mag‘lub etib, shaxmat bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘zbek o‘g‘loni bu tarixiy g‘alabasi bilan muqaddas zaminimizda kamolga etgan ne-ne buyuk zotlarga munosib voris ekanini isbotladi.

Bu olamshumul g‘alaba o‘zbek xalqining yuksak salohiyat, boy aql-zakovat sohibi sifatida jahon miqyosidagi obro‘sini yanada yuksaltirdi, Vatanimiz shon-shuhratini oshirdi. Yosh shaxmatchimizning yuksak g‘alabasi munosib baholandi – Prezidentimiz Islom Karimovning farmoniga binoan Rustam Qosimjonov Amir Temur ordeni bilan taqdirlandi.