O’zbekiston birinchi grossmeysteri – Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan 13chi TASHKENT OPEN

автор: admin132 2019-02-07 просмотров: 335

 

 

O'zbekiston Shaxmat Federatsiyasi O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi va “Central Chess Club”  MCHJ ko’magida tashkil etilayotgan O’zbekistonning  birinchi grossmeysteri – G.Agzamov xotirasiga bag’ishlangan XIII-TASHKENT OPEN xalqaro musobaqasida ishtirok etishga barcha shaxmat ustalari va havaskorlarni  taklif qiladi.

 

An’anaviy musobaqa Toshkent shahrida Respublika bolalar va o’smirlar sport maktabining maxsus binosida  2019-yilning 11-martdan 19-martiga qadar o’tkaziladi.Ishtirokchilarni ro’yxatga olishning so'nggi muddati 11-mart, 10:00 dan 15:00 gacha.

 

Musobaqa ikki guruh(asosiy guruh A, hamda B guruhi - 1800 reytingidan past ishtirokchilar) ga bo’lingan holda shveytsar tizimi asosida o’tkaziladi. Vaqt nazorati: 90 daqiqa, hamda dastlabki yurishdan boshlab har bir yurishga 30 soniyadan.

 

A guruhiga  FIDE reytingida 1800 (2019-yil 1-fevral holatiga ko’ra)dan yuqoridagilar kiritiladi, qolgan ishtirokchilar B guruhidan joy oladi.

Musobaqa sovrin jamg’armasi 20 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. A guruhida (birinchi o’ringa 3000 AQSh dollari) 15ta sovrin – ayollar, 20 yoshgacha o’smirlar va qizlar, hamda faxriylar o’rtasida o’ynaladi . B guruhida esa dastlabki 5ta o’rinni egallaganlar, shuningdek, 14 yoshgacha bo’lganlar o’smirlar va ayollar taqdirlanadi..

 

 

Musobaqaga to’lovsiz kiritiladi:

  • 14, 16, 18 yoshgacha 2019-yilning O’zbekiston chempionlari;
  • Faxriylar (erkaklar) o’rtasida 2018-yil O’zbekiston chempionati 1-3 o’rin sohiblari;
  • GM, IM, WGM, WIM xalqaro darajasiga ega shaxmatchilar;
  • 2018-yil O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasi bolalar Gran Prisi g’oliblari;
  • FIDE reytingida 2400 dan past bo’lmagan shaxmatchilar.

.Barcha ishtirokchilarga musobaqaning ochilish va yopilish marosimlarida FIDE dress-kodi talablariga qat’iy amal qilish talab qilinadi  - shortiklar, shippaklar, qora oynali ko’zoynaklar, kepkalar va ochiq-sochiq kiyimlar mumkin emas.

 

O’zbekiston birinchi grossmeysteri – Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan 13chi Xalqaro musobaqa TASHKENT OPEN shartlari haqida batafsil bilib olishingiz mumkin..

Новость дня
Aeroflot Open18-fevraldan 1-martga qadar shaxmat federatsiyalari assotsiyatsiyasi hamda Rossiya shaxmat federatsiyasi ko’magida 17th Aeroflot Open xalqaro shaxmat festivali tashkil etiladi.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru