8, 10, 12 yoshgacha O’zbekiston chempionati

автор: admin 2019-01-24 просмотров: 1310

8, 10, 12 yoshgacha O'zbekiston chempionati yakuniga yetdi.

 

8 yoshgacha bolalar o’rtasida O’zbekiston chempioni so’nggi turda mag’lub bo’lishiga qaramasdan Bozorov Javohir (8 ochko) bo’ldi. Ikkinchi o’rin, Ne'matov Toxirga nasib etdi (7.5 ochko). Uchinchi o’rin uchun kurashda Rajabov Ibrat 7 ochko bilan Islomov Shahzodni (7 ochko) Buxgolts koeffitsenti bo’yicha ortda qoldira oldi. Qayd etish joiz, musobaqa so’ngini ishonchli o’tkazgan Islomov Shahzod, chempionat startidagi yo’qotilgan ochkolar musobaqa oxiriga kelib pand berdi va to’rtinchi o’rin bilan kifoyalandi. Yakuniy jadval

 

 

 

 

 

1-o'rin - Bozorov Javohir

2-o'rin - Ne'matov Toxir
3-o'rin - Rajabboyev Ibrat

 

 

8 yoshgacha qizlar o’rtasida o’tgan O’zbekiston chempionatida Jumayeva Malika (8.5 ochko) g’alaba qozondi. Ikkinchi o’rinni Olimova Rukiya (8 ochko) band etdi. Uchinchi o’rin esa Davlatova Sevinch (7.5 ochko)ga nasib etdi. Ushbu sovrindorlar musobaqa davomida barqaror ishtiroklari bilan ajralib turishdi. Faqatgina 7-turdagi durang, Buxgolts koeffitsenti yaxshi bo’lgan Davlatova Sevinchni uchinchi o’rin bilan kifoyalanishiga majbur qildi. Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

1-o'rin - Jumayeva Malika

2-o'rin - Olimova Rukiya
3-o'rin - Davlatova Sevinch
 

10 yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasida O’zbekiston chempionatida 8 ochko bilan Qayumov Kamron g’alaba qozondi. Ikkinchi o’rin Begmurodov Xumoyunga nasib etidi (7.5 ochko). Chempionat bronza medali Mirpo’latov Mirabrorga topshirildi (6.5 ochko). To’liq musobaqa jadvali.

 

 

 

1-o'rin - Karimov Kamron

2-o'rin - Begmurodov Humoyun
3-o'rin - Mirpo'latov Mirabror
 
10 yoshgacha qizlar o’rtasida kechgan musobaqada kutilganidek Hamdamova Afruza g’olib chiqdi. Raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Afruza yuz foizlik natija qayd etib, eng yaqin taqibchisi, Shomurodova Rayxona (6.5 ochko – ikkinchi o’rin)dan 2.5 ochkoga o’zib ketdi. Musobaqada asosiy kurash uchinchi o’rin uchun kechdi. Anvarbekova Samira (6 ochko) faqatgina Buxgolts koeffitsenti bo’yicha bir xil ochko to’plagan Imomqo’ziyeva Nilufarxon, Ayubova Parizoda va musobaqa favoritlaridan hisoblangan Xalqaro shaxmat ustaligiga nomzod Olimova Odinalarni ortda qoldirdi. Musobaqa to’liq jadvali

 

 

 

 

1-o'rin - Hamdamova Afruza

2-o'rin - Shomurodava Rayxona
3-o'rin - Anvarbekova Samira
 

12 yoshgacha bolalar o’rtasida musobaqa murosasiz kechdi. Darhaqiqat, ushbu yosh toifasida Mahmudjonov Davlatbek, Bahrillayev Bahrom va sport ustaligiga nomzod Sindarov Islombek kabi kuchli shaxmatchilar jamlangan edi. Musobaqada yig’ilgan ishtirokchilar ushbu tajribali shaxmatchilarga haqiqiy raqobat tug’dira olishdi. Buni o’ta zich musobaqa yakuniy jadvalida guvoh bo’lishingiz mumkin.

 Demak, O’zbekistonning ushbu yosh toifasidagi chempioni - Mahmudjonov Davlatbek (7.5 ochko). ikkinchi o’rinni 0.5 ochkoga ortda qolgan Sindarov Islombek egalladi. Uchinchi o’rin Bahrillayev Bahromga nasib etdi (6.5 ochko). U eng yaqin taqibchisi Faxriddinxo’jayev Umarxonni (6.5 ochko) faqatgina Buxgolts koeffitsenti bo’yicha ortda qoldira oldi ( 48.5 – 47 koeffitsent).

 

 

 

 

1-o'rin - Mahmudjonov Davlatbek

2-o'rin - Sindarov Islombek
3-o'rin - Bahrillayev Bahrom
 
 

12 yoshgacha qizlar o’rtasida O’zbekiston chempionati. 1. Karimova Guldona (8 ochko) 2. Rahimberdiyeva Ruhshona ( 7 ochko). 3. Xolmamatova Maftuna (6.5 ochko). Musobaqa to’liq jadvali.

 

 

 

 

1-o'rin - Karimova Guldona

2-o'rin - Rahimberdiyeva Ruhshona
3-o'rin - Xolmamatova Maftuna 
Новость дня
Чемпионат мира среди кадетов по рапиду и блицу 2019.17 августа во Дворце спорта г. Минск завершился III Чемпионат мира среди кадетов по быстрым шахматам среди мальчиков и девочек до 8, 10 и 12 лет.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru