Sarvinoz 11th Chennai Open turnirida ishtirok etdi.

автор: admin2962715 2019-01-28 просмотров: 234

Musobaqada 17ta mamlakatdan kelgan ishtirokchilar, shu jumladan O’zbekistondan yurtdoshimiz qatnashmoqda. Shuningdek, 20ta xalqaro grossmeyster, 3ta ayollar xalqaro grossmeysteri, hamda 28ta xalqaro master ishtirok etishdi.

 

 

Musobaqani ko’tarinki ruhda boshlagan Sarvinoz 7-turga qadar mag’lubiyat nimaligini bilmay keldi. 7-turda Hindiston vakili, yakunda 10 o’rinni band etgan kuchli shaxmatchi Girish Koushik bilan qora donalarda bellashib alamli mag’lubiyatni qabul qilib oldi. Qayd etish joiz, keyingi turlarda hamyurtimizga faqat hindistonlik raqiblar ro’baro keldi. 8-turda mag’lubiyatga uchragan Sarvinoz,9-tur (durang) va 10-tur(g’alaba)larga kelib o’nglanib oldi.

 

 

 

 

 

Musobaqada 8.5 ochko jamg’argan gruziyalik Pantsulaya Levan zafar quchdi. Ikkinchi o’rin rossiyalik Popov Ivan (8 ochko)ga nasib etdi. Belorussiyadan kelgan shaxmatchi Aleksandrov Aleksey 8 ochko bilan, faqatgina qo’shimcha koeffitsentlar evaziga yana bir gruziyalik Paichadze Luka (8 ochko), indoneziyalik Megaranto Susanto (8 ochko) va rossiyalik Rozum Ivan (8 ochko)larni ortda qoldirib uchinchi o’rinni band etdi.

 

Turnir jadvali

Новость дня
«Ташкентская Осень» 2019В период с 14 по 23 октября 2019 года в здании Международной Шахматной Академии в городе Ташкенте пройдёт традиционный рейтинговый турнир «Ташкентская Осень».>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Хобби
Профессия, которой можно зарабатывать
Игра, за которой можно весело проводить время
Игра, помогающая в развитии
Затрудняюсь ответить
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru