Gibraltar chess festival 2019

автор: admin2962715 2019-01-29 просмотров: 224

Mittigina Gibraltar mamlakatida davom etayotgan “Gibraltar chess festival 2019” turniri qizg’in tusga kirib bormoqda. Turnirda Fransiyalik Maksim Vash’e-Lagrav (2781), Armaniston vakili Levon Aronyan (2765), AQShdan Uesli So (2765), kelib chiqishi yaponiyalik bo’lgan, AQSh bayrog’i ostida ishtirok etayotgan Xikaru Nakamura (2746), ukrainalik Anna Muzichuk (2569), hamda Katerina Lagno (Rossiya, 2560) kabi xalqaro grossmeysterlar ishtirok etayotganligi musobaqa nufuzi haqida darak bermoqdi.

 

 

 

Avval xabar berganimizdek, ushbu musobaqa O’zbekiston sharafini Gulruhbegim Tohirjonova himoya qilmoqda. Dastlabki turda Shvetsiya vakili Kramling Bellon Annani qora donalarda mag’lub etishni uddasidan chiqqan shaxmatchimiz, 2-3-turlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 2-turda Vaibham Suri (Hindiston), hamda 3-turda Benmesbah Natacha (Fransiya)ga mag’lub bo’ldi. Keyingi 3ta turlarda (4,5,6-turlar) 2,5 ochko jamg’arishga erishgan Gulruhbegim Tohirjonova, afsuski, hozircha so’ngi bo’lib turgan turda (7-tur) Rossiya vakili Yuffa Daniilga qora donalarda mag’lub bo’ldi. Bugun 8-tur baxslari bo’lib o’tadi. Unda Gulruhbegim Tohirjonova oq donalarda rossiyalik raqibasi Solojenkina Elizavetaga qarshi baxs olib boradi.

 

Musobaqa rivojini saytimizda kuzatib boring.

Musobaqa jadvali.

Новость дня
Карши-Опен 2019!В период с 6 (день приезда и регистрации) по 11 августа в городе Карши пройдёт уже традиционный, третий «Карши - Опен», посвящённый памяти Исмата Шукурова, заслуженного учителя Узбекистана.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Хобби
Профессия, которой можно зарабатывать
Игра, за которой можно весело проводить время
Игра, помогающая в развитии
Затрудняюсь ответить
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru