Gibraltar chess festival 2019

автор: admin2962715 2019-01-30 просмотров: 47

Gibraltarda davom etayotgan xalqaro turnirda 8-tur baxslari yakuniga yetdi. Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Gulruhbegim Toxirjonova rossiyalik xalqaro master Solojenkina Yelizavetaga qarshi oq donalarda baxs olib borib durangga rozi bo’ldi. Ushbu natijadan so’ng hamyurtimiz 4 ochko jamg’argan holda 140 o’rinni egallab turibdi. 9-turda Gulruhbegim Toxirjonova angliyalik xalqaro shaxmat ustasi Povah Nigelga qarshi dona suradi.

 

 

 

 

Musobaqa favoritlaridan biri armanistonlik Levon Aronyan musobaqa jadvalida ikkinchi o’rinda borayotgan Rossiya vakili Vladislav Artemiyev bilan durangga erishdi. Yana bir favorit Hikaru Nakamura 6 ochko bilan 11-o’rinda bormoqda. So’nggi turda u germaniyalik Svane Rasmus ustidan g’alaba qozondi. Musobaqada Chexiya valiki, xalqaro grossmeyster David Navara 6.5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

 

Musobaqa jadvali

Новость дня
Чемпионат Узбекистана среди юниоров (юноши и девушки) до 14,16,18 летСоревнование проводится в городе Ташкент с 4 февраля (день приезда) по 13 февраля (последний тур и отъезд) 2019 года.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Хобби
Профессия, которой можно зарабатывать
Игра, за которой можно весело проводить время
Игра, помогающая в развитии
Затрудняюсь ответить
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru