Moscow Open – 2019

автор: admin2962715 2019-01-30 просмотров: 466

Avvalroq xabar berganimizdek, Moskva shahrida Rossiya Davlat ijtimoiy Universitetida XV Moscow Open turniri davom etmoqda. Turli xil formatlar bo’yicha davom etayotgan musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda.

 

  Festival asosiy turniri Erkaklar o’rtasida Rossiya Kubogi 2019” da FIDE ustamiz Fayzullayev Akmal yurtimiz sha’nini himoya qilmoqda. Hozircha 4-turdan so’ng, bittadan g’alaba va durang, ikki mag’lubiyat bilan 1.5 ochko jamg’argan holda 132-o’rinni band etib turibdi. Musobaqada xalqaro grossmeyster rossiyalik Mojarov Mixail peshqadamlik qilmoqda.

Musobaqa jadvali

 

 

Reytingi 2300 dan yuqori bo’lmaganlar o’rtasidagi musobaqada qatnashayotgan O’zbekiston vakili Badalyan Shavarsh 4-turdan so’ng mag’lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda. 3ta g’alaba va bir durangdan so’ng, 3.5 ochko bilan musobaqa jadvalida 21-o’rinni band etib turibdi. “Talabalar Shaxmat Ligasi Kubogi” musobaqasida ham ishtirok etayotgan Badalyan Shavarsh, 5-turdan so’ng 3 ochko (2ta g’alaba, 2ta durang, 1ta mag’lubiyat) jamg’argan holda 25-o’rinni egallab turibdi (musobaqa jadvali). Yana bir hamyurtimiz Jumayev Baxtiyor esa, reytingi 2300 dan yuqori bo’lmaganlar o’rtasidagi musobaqada 3 g’alaba va bir mag’lubiyatdan so’ng 26-o’rinda bormoqda. Musobaqada yuz foizlik natija qayd etib turgan Xachatryan Vahagn (Armaniston) peshqadamlik qilmoqda.

Musobaqa jadvali

 

Faxriylar o’rtasidagi kechayotgan musobaqada, hamyurtimiz Rahmatullayev Konstantin dastlabki ikki turda mag’lub bo’lib turnirni omadsiz boshlashiga qaramay, 3-4 turlarda g’alaba qozonib turnir jadvalidagi o’rnini yaxshilab oldi. Shunga qaramay, hozircha kamtar natija bilan 83-o’rinni band etib turibdi. 

Musobaqa jadvali

 

“RDIU maktab chempionlari kubogi” (9 yoshgacha) o'rtasidagi musobaqada Shavkatov Ozodbek 5-turdan so’ng 96-o’rinni (2ta g’alaba, 2ta mag’lubiyat, 1ta durang) egallab turibdi. Ushbu musobaqa ishtirok etayotgan yana bir hamyurtimiz Hamidov Chingiz esa dastlabki turlarda ketma ket 3ta mag’lubiyatdan so’ng, 4-5 turlarda zafar quchib musobaqa jadvalida 141-o’ringa ko’tarilib olishga erishdi. Musobaqada barcha turlarda g’alaba qozongan Rossiya vakili Lisenkov Svyatoslav peshqadam bo’lib turibdi.

Musobaqa jadvali

 

 “RDIU maktab chempionlari kubogi” (15 yoshgacha) musobaqasida esa yurtimizdan Asrorov Alisherxon qatnashmoqda. 5-tur yakunlariga ko’ra, 1ta g’alaba, 2ta durang va 2ta mag’lubiyatdam so’ng 2 ochko jamg’argan holda 61-o’rinni egallab turibdi.

Musobaqa jadvali

 

 

 

“RDIU maktab chempionlari kubogi” (9 yoshgacha) qiz bolalar o’rtasidagi musobaqada yurtimizdan Abrorova Zaynura va Abrorova Anora ishtirok etishmoqda. Hozirga qadar 5ta turda ishtirok etgan Zaynura bitta g’alaba, ikkita durang, ikkita mag’lubiyat qayt etgan holda, musobaqa jadvalida 39-o’rinni egallab turgan bo’lsa, Anora esa, faqatgina bitta baxsda g’alaba qayd etib 58-o’rinni band etib turibdi. Musobaqada barcha turlarda g’alaba qozongan rossiyalik Diana Preobrajenskaya yakka peshqadam bo’lib turibdi.

Musobaqa jadvali

 

Musobaqalar rivojini saytimizda kuzatib boring!

Новость дня
«Ташкентская Осень» 2019В период с 14 по 23 октября 2019 года в здании Международной Шахматной Академии в городе Ташкенте пройдёт традиционный рейтинговый турнир «Ташкентская Осень».>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru