Gibraltar chess festival 2019

автор: admin2962715 2019-01-31 просмотров: 263

Gibraltarda davom etayotgan xalqaro turnirda 9-tur baxslari yakuniga yetdi. Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova angliyalik shaxmatchi Povah Nigelni qora donalarda mag’lub etishning uddasidan chiqdi. Ushbu g’alaba 34ta pog’onaga ko’tarilib, 106-o’ringa chiqib olish imkonini berdi. So’nggi turda hamyurtimiz 79-pog’onani egallab turgan Bosniya va Gertsegovina vakili, xalqaro grossmeyster Kadrich Denisga qarshi dona suradi. Hamyurtimiz oq donalarda o’ynashini hisobga olgan holda, kuchli shaxmatchiga qarshi bo’lajak baxsda Gulruhbegimdan g’alaba kutib qolamiz. Ushbu g’alaba kuchli 50talikka kirish imkonini berishi mumkin.

 

 

 

Turning markaziy baxsi rossiyalik Vladislav Artemiyev va chexiyalik David Navara o’rtasida kechdi. Musobaqa favoritlaridan biri ustidan qozonilgan g’alaba Vladislav Artemiyevga turnir jadvalida peshqadamlikni qo’lga kiritishini ta’minladi.

 

Musobaqa jadvali

Новость дня
Чемпионаты Зоны 3.4 ФИДЕС 21 по 29 мая 2019 года в городе Ташкенте>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Хобби
Профессия, которой можно зарабатывать
Игра, за которой можно весело проводить время
Игра, помогающая в развитии
Затрудняюсь ответить
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru