Moscow Open – 2019

автор: admin2962715 2019-01-31 просмотров: 304

Festival asosiy turniri Erkaklar o’rtasida Rossiya Kubogi 2019” da FIDE ustamiz Fayzullayev Akmal yurtimiz sha’nini himoya qilmoqda. 5-turda hamyurtimiz Qizg’iziston vakili Taalaibekov Tagirga qarshi oq donalarda baxs olib borib, mag’lubiyatga uchradi. Ushbu mag’lubiyat Fayzullayev Akmalning musobaqa jadvalidagi holatiga salbiy ta’sir ko’rsatib, 158-o’ringa (1.5 ochko)  tushib ketishiga sabab bo’ldi. Musobaqa peshqadami Mojarov Mixail ochko yo’qotishi (durang)dan foydalangan boshqa bir rossiyalik grossmeyster Pavel Ponkratov, 4.5 ochko bilan birinchi o’ringa ko’tarilib oldi.

Musobaqa jadvali

 

 

 

Reytingi 2300 dan yuqori bo’lmaganlar o’rtasidagi musobaqada qatnashayotgan o’zbekistonlik Badalyan Shavarsh 5-tur baxslarini o’tkazdi. Oq donalarda o’ynagan hamyurtimiz Rossiya vakili Konnov Oleg qarshi kechgan baxsda durangga rozi bo’ldi. Hali mag’lubiyatga uchramagan Shavarsh uchun bu durang 3ta pog’ona (24-o’rin)ga pastlashiga sabab bo’ldi.  “Talabalar Shaxmat Ligasi Kubogi” musobaqasida (turnir jadvali) ham ishtirok etayotgan Badalyan Shavarsh, 6-turdagi g’alabisidan so’ng, 12-o’ringa (4 ochko) ko’tarilib, musobaqa jadvalidagi holatini yaxshilab oldi.

Reytingi 2300 dan yuqori bo’lmaganlar o’rtasidagi musobaqada qatnashayotgan yana bir yurtdoshimiz Baxtiyor Jumayev, 5-turda raqibi bilan durang qayd etib, 46-o’ringa pastlashiga sabab bo’ldi.

Musobaqa jadvali

 

Faxriylar o’rtasidagi  musobaqada qaynashayotgan hamyurtimiz Rahmatullayev Konstantin 5-turda Rossiya vakili Vladimir Lyaminga mag’lub bo’ldi. Ushbu mag’lubiyat hamyurtimizni 103-o’ringa tushirib yubordi.

Musobaqa jadvali

 

 

 

“RDIU maktab chempionlari kubogi” (9 yoshgacha) o'rtasidagi musobaqada har uchala yosh shaxmatchilarimiz uchun 6-tur omadli kechdi. Umidli shaxmatchilarimizdan biri Shavkatov Ozodbek 6-turda rossiyalik shaxmatchi German Romanni mag’lub etib, musobaqa jadvalida 73-o’ringa ko’tarilib oldi. Yana bir hamyurtimiz Hamidov Chingiz oq donalarda rossiyalik Andreyev Dmitriy ustidan zafar quchdi. Ushbu g’alaba 33 pog’onaga ko’tarilib, 108-o’rinni egallash imkonini berdi.

 

Ushbu yosh toifasida ishtirok etayotgan yana bir shaxmatchimiz Hamidov Elgiz esa musobaqadagi ikkinchi g’alabasini qo’lga kiritdi. Hozircha musobaqa jadvalida 152-o’rinni egallab turibdi. Musobaqada Rossiya vakili Lisenkov Svyatoslav ushbu turda durang natija qayd etishiga qaramay peshqadam bo’lib turibdi.

Musobaqa jadvali

 

 

 “RDIU maktab chempionlari kubogi” (15 yoshgacha) musobaqasida O’zbekiston sha’nini himoya qilayotgan Asrorov Alisherxon musobaqa 6-uchrashuvini o’tkazdi. Afsuski, hamyurtimiz rossiyalik shaxmatchi Kalambetov Antonga mag’lubiyatga uchradi. Musobaqa jadvalida Asrorov Alisherxon 69-o’rinni egallab turibdi.

Musobaqa jadvali

 

    

 

 

“RDIU maktab chempionlari kubogi” (9 yoshgacha) qiz bolalar o’rtasidagi musobaqada yurtimizdan Abrorova Zaynura va Abrorova Anora ishtirok etishayotganligi haqida avvalroq xabar bergan edik. Yosh shaxmatchilarimiz 6-tur o’yinlarini o’tkazishdi. Rossiyalik shaxmatchini mag’lub etish uddasidan chiqqan Zaynura 34-o’ringa ko’tarilib olgan bo’lsa, mag’lubiyatga uchrashiga qaramay, Anora 58-o’rindan 57-o’ringa ijobiy koeffitsent evaziga ko’tarildi.

Musobaqa jadvali

 

Musobaqalar rivojini saytimizda kuzatib boring!

Новость дня
«Ташкентская Осень» 2019В период с 14 по 23 октября 2019 года в здании Международной Шахматной Академии в городе Ташкенте пройдёт традиционный рейтинговый турнир «Ташкентская Осень».>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Хобби
Профессия, которой можно зарабатывать
Игра, за которой можно весело проводить время
Игра, помогающая в развитии
Затрудняюсь ответить
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru