Ayollar va erkaklar o’rtasida O’zbekiston chempionati (1 liga). 6-tur natijalari

автор: admin2962715 2019-01-31 просмотров: 749

Poytaxtimiz Toshkent shahrida davom etayotgan “Shaxmat bo’yicha Ayollar va erkaklar o’rtasida O’zbekiston chempionati (1 liga)” qizg’in pallasiga kirib bormoqda. Oliy Ligaga yo’llanma beradigan ushbu musobaqada 6-tur nihoyasiga yetdi.

 

Erkaklar o’rtasidagi musobaqada yakka peshqadamlikni qashqadaryolik FIDE ustasi Abdisalimov Abdimalik (5.5 ochko) qo’lga olgan. Ikkinchi o’rinda samarqandlik yana bir FIDE ustasi 5 ochko bilan Qosimov Ali bormoqda. Uchinchi o’rinni esa yuqori reytingga ega toshkentlik xalqaro shaxmat ustasi Abdusattorova Bahora (5 ochko) band etib turibdi.

 

7-turning markaziy to’qnashuvlari:

                                                    FM Abdisalimov (1-o’rin)    vs    WIM Abdusattorova Bahora (3-o’rin)

                                                    FM Qosimov Ali (2-o’rin)     vs    FM Karimov Ibrohim (4-o’rin)

                                           Rahmatullayev O’lmas (7-o’rin)    vs     Haylayev Anvar (5-o’rin)

Musobaqa jadvali

 

Ayollar o’rtasidagi musobaqa ham keskin kurashlar ostida o’tmoqda. 6-turning kutilmagan natijasi, musobaqa favoritlaridan hisoblangan, Xalqaro shaxmat ustaligiga nomzod, 2018-yilda O’zbekistonning eng yaxshi ayol shaxmatchisi deya e’tirof etilgan Omonova Umidaning mag’lubiyati bo’ldi. Qoraqalpog’istonlik shaxmatchi O’rozmuhammedova Moxim kuchki shaxmatchi Omonova Umidani mag’lub etib, bejizga yetakchilar qatorida bormayotganligini ko’rsatdi. Ushbu g’alabadan so’ng Moxim 5 ochko bilan birinchi o’ringa ko’tarildi. Ikkinchi o’rinda Omonova Umida (5 ochko, Surxondaryo) bormoqda. Toshkentlik Abdukarimova Hilola qo’shimcha ko’rsatkichlarga ko’ra 4.5 ochko jamg’argan holda uchinchi o’rinni egallagan. Qayd etish joiz, musobaqa jadvali o’ta zichligini kuzatar ekanmiz, baxslar juda keskin va murosasiz kurashlar ostida kechayotganligini ko’rishimiz mumkin.

 

7-turning markaziy to’qnashuvlari:

                                            O’rozmuhammedova Moxim (1-o’rin)    vs     Saparova Sitora (4-o’rin)

                                                          Doniyorova Rayxon (5-o’rin)    vs     WCM Omonova Umida (2-o’rin)

                                                           WCM Xegay Yuliya (6-o’rin)    vs     Abdukarimova Hilola (3-o’rin)

 

Musobaqa rivojini saytimizda kuzatib boring!

 

 

    

Новость дня
Аэрофлот Опен 201917-й международный шахматный фестиваль Аэрофлот Опен в городе Москва>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Хобби
Профессия, которой можно зарабатывать
Игра, за которой можно весело проводить время
Игра, помогающая в развитии
Затрудняюсь ответить
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru