Ayollar va erkaklar o’rtasida O’zbekiston chempionati (1 liga). 7-tur natijalari

автор: admin2962715 2019-02-01 просмотров: 106

Shaxma tbo’yicha Ayollar va erkaklar o’rtasida O’zbekiston chempionati (1 liga) 7-tur o’yinlari bo’lib o’tdi.

 

Erkaklar o’rtasidagi musobaqada markaziy uchrashuv so’zsiz qashqadaryolik FM Abdisalimov Abdimalik hamda Toshkent vakili WIM Abdusattorova Bahora o’rtasida kechdi. O’ziga hos ustunlik beruvchi oq donalarda o’ynagan qashqadaryolik shaxmatchi, qiyinchilik bilan bo’lsada Bahora ustidan g’alaba qozonib, 6.5 ochko bilan yakka peshqadam bo’lib oldi. Ushbu mag’lubiyatdan so’ng, xalqaro masterimiz Abdusattorova Bahora 6-o’ringa pastladi. Yana bir markaziy uchrashuvda, Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan Rahmatullayev Almas sirdaryolik Haylayev Anvar ustidan zafar qushib, Oliy Ligaga yo’llanma beruvchi 4-o’ringa ko’tarilib oldi.

 

 

Turning barcha natijalari va musobaqa jadvali

 

8-turning markaziy to’qnashuvlari:

                                       (1-o’rin) FM Abdisalimov Abdimalik   vs     Rahmatullayev Almas (4-o’rin)

                                                        (3-o’rin) Sobirov Asilbek    vs     Qosimov Ali (2-o’rin)

                                     (6-o’rin) WIM Abdusattorova Bahora    vs     Tojiboyev Shohamir (7-o’rin)

 

Ayollar o’rtasidagi musobaqa qizg’in kurashlar ostida davom etmoqda. Turning markaziy baxsida surxondaryolik WCM Omonova Umida Qoraqalpog’istondan kelgan O’rozmuhammedova Moxim bilan durangga imzo chekib, qo’shimcha koeffitsentlarga ko’ra birinchi o’ringa ko’tarilib oldi. E’tiborga molik yana bir uchrashuvda, 3-o’rinda borayotgan Abdukarimova Hilola, o’zining yaqqol taqibchisi xalqaro shaxmat ustaligiga nomzod Yuliya Xegayga mag’lubiyatga uchrashi bo’ldi. Ushbu g’alabadan so’ng WCM Yuliya Xegay 3-o’ringa ko’tarilib oldi. Toshkentlik Abdukarimova Hilola esa 9-o’rinni band etdi.

 

Turning barcha natijalari va musobaqa jadvali

 

8-turning markaziy to’qnashuvlari:

 

                                                       O’rozmuhammedova Moxim    vs    WCM Xegay Yuliya

                                                               WCM Omonova Umida     vs      Abdullayeva Zebo

                                                                            Saparova Sitora    vs      Husainova Ozoda

 

Musobaqa rivojini saytimizda kuzatib boring!

 

     

 

 

Новость дня
O'zbekiston terma jamoasi maktab o'quvchilari o'rtasida Jahon chempionatiga yo'l oldi.17-apreldan 27-aprelga qadar Turkiyaning Antalya shahri 7 yoshdan 17 yoshgacha maktab o’quvchilari o’rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Хобби
Профессия, которой можно зарабатывать
Игра, за которой можно весело проводить время
Игра, помогающая в развитии
Затрудняюсь ответить
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru