"Moscow Open – 2019". Hamyurtlarimiz ishtiroki

автор: admin2962715 2019-02-04 просмотров: 44

Moskva shahrida bir hafta davom etgan “Moscow Open – 2019” turniri yakuniga yetdi. Turli xil formatlarda o’tgan musobaqada o’zbekistonlik shaxmatchilar ham o’z kuchlarini sinab ko’rdilar. 

 

 

“Erkaklar o’rtasida Rossiya Kubogi 2019”da qatnashgan shaxmat ustamiz Fayzullayev Akmal turnirni 185-o’rinda yakunladi.

Musobaqa jadvali

 

 

Reytingi 2300 dan yuqori bo’lmaganlar o’rtasidagi musobaqada qatnashayotgan o’zbekistonlik Badalyan Shavarsh, musobaqani yaxshi boshlashiga qaramay, so’nggi turlardagi durang natijalar uni 59-o’rin bilan kifoyalanishga majbur qildi. Ushbu musobaqa ishtirok etgan yana bir shaxmatchimiz Bahtiyor Jumayev 28-o’rinni band etdi.

Musobaqa jadvali

 

Yana bir turnir  “Talabalar Shaxmat Ligasi Kubogi” musobaqasi davomida yetakchilar qatorida borgan Shavarsh, so’nggi 3 turda faqatgiga 1 ochko jamg’ara oldi xolos. Umumiy hisobda 9-turda ishtirok etgan hamyurtimiz 5 ochko bilan 24-o’rinni egalladi.

Musobaqa jadvali

 

 

Faxriylar o’rtasidagi  musobaqada yurtimiz sha’nini himoya qilgan hamyurtimiz Rahmatullayev Konstantin turnir jadvalida 4 ochko jamg’argan holda 105-o’rinni band etdi.

Musobaqa jadvali

 

 

“RDIU maktab chempionlari kubogi” (9 yoshgacha) o'rtasidagi musobaqada ishtirok etgan yosh shaxmatchimiz Shavkatov Ozodbek 4,5 ochko jamg’argan holda kamtarin 98-o’rinni egalladi. Shuiningdek, ushbu yosh toifasidagi musobaqada Hamidov Chingiz (125-o’rin), hamda Hamidov Elgiz (153-o’rin) ishtirok etdi.

Musobaqa jadvali

 

 

 “RDIU maktab chempionlari kubogi” (15 yoshgacha) musobaqasida yurtimiz nomidan Asrorov Alisherxon musobaqa davomida bir g’alaba, uchta durang,to’rtta mag’lubiyat natijasini qayd etib, 78-o’rinni egalladi.

Musobaqa jadvali

 

   

 

“RDIU maktab chempionlari kubogi” (9 yoshgacha) qiz bolalar o’rtasidagi musobaqada yosh shaxmatchilarimiz Abrorova Zaynura va Abrorova Anora ishtirok etishdi. Afsuski, so’nggi turlarda ketma ket mag’lubiyatga uchragan Zaynura 50-o’rinni band etgan bo’lsa, Anora aksincha, so’nggi turda rossiyalik shaxmatchi Gaynutdinova Daliya ustida zafar quchib 54-o’ringa ko’tarilib oldi

Musobaqa jadvali

 

 

Новость дня
Чемпионат Узбекистана среди юниоров (юноши и девушки) до 14,16,18 летСоревнование проводится в городе Ташкент с 4 февраля (день приезда) по 13 февраля (последний тур и отъезд) 2019 года.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Хобби
Профессия, которой можно зарабатывать
Игра, за которой можно весело проводить время
Игра, помогающая в развитии
Затрудняюсь ответить
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru