14,16,18 yoshgacha O’zbekiston chempionati. 1-tur

автор: admin2962715 2019-02-05 просмотров: 764

 

Bugun, 5-fevral kuni Toshkent shahri Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o’smirlar sport maktabi huzuridagi binoda 14,16,18 yoshgacha O’zbekiston chempionati start oldi.

 

14 yoshgacha bolalar o’rtasidagi musobaqada kutilmagan natijalar qayd etilmadi. Yugori reytingga ega va favorit hisoblangan deyarli barcha shaxmatchilar ushbu turda g’alaba qozonishdi.

1-turning boshqa natijalari va turnir jadvali

 

 

14 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqa favoritlaridan biri surxondaryolik Umida Omonova kutilganidek jizzaxlik shaxmatchi Alaxonova Zuhrani mag’lubiyatga uchratdi.

1-turning boshqa natijalari va turnir jadvali

 

 

16 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqada ham kutilmagan natijalar sodir etilmadi. Qayd etish joiz, yaqindagina nihoyasiga yetgan 1-liga musobaqalarida biroz omad yetishmay, Buxgolts koeffitsienti bo’yicha Oliy ligadan quruq qolgan toshkentlik WCM Yuliya Xegay musobaqani Ismatova Nafisa (Samarqand viloyati) ustidan g’ozonilgan g’alaba bilan boshladi.

1-turning boshqa natijalari va turnir jadvali

 

 

16 yoshgacha o'q'il bolalar o’rtasidagi musobaqada 1-tur yakunlandi. Kutilmagan natijalardan yuqori reytingga ega xorazmlik Atayev Kamronbekning Shafikov Ruslan (Toshkent) qarshiligini yenga olmagani bo’ldi. Ruslan oq donalarda o’yin olib borib, kuchliroq hisoblangan raqibi bilan durang o’ynab, ochko olishga erishdi.

1-turning boshqa natijalari va turnir jadvali

 

18 yoshgacha o'q'il bolalar o’rtasidagi musobaqaning birinchi raqamli shaxmatchisi qashqadaryolik FM Abdisalimov Abdimalik kutilganidek musobaqani g’alaba bilan boshladi. 1 liganing amaldagi g’olibiga birinchi turda Navoiy viloyati vakili ro’baro keldi. Oq donalarda baxs olib borgan Abdimalik Toshboltayev Jurabek (Navoiy viloyati)ni mag’lub etdi.

1-turning boshqa natijalari va turnir jadvali

 

18 yoshgachaqizbolalaro’rtasidagimusobaqaning 1-tur baxlari yakuniga yetdi. Musobaqaning eng yuqori reyting egasi Saparova Sitora (Navoiy viloyati) kutilmaganda andijonlik shaxmatchi Abdug’ofurova Feruzaga mag’lubiyatga uchradi.

 

1-turning boshqa natijalari va turnir jadvali

 

ESLATMA!

14 yoshgacha qizlar va o'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqa baxslari, hamda 16 yoshgacha qizlar o'rtasidagi baxslari boshlanish vaqti -  9.00.

16 yoshgacha o'g'il bolalar va 18 yoshgacha qizlar va o'g'il bolalar o'rtasidagi baxslar boshlanish vaqti -  14.00.

Новость дня
Toshkent bahori 20193-apreldan 12-aprelga qadar Toshkent shahrida an’anaviy “Toshkent bahori 2019” reyting musobaqasi bo’lib o’tadi.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru