27th Fajr Cup International Chess Festival

автор: admin2962715 2019-02-07 просмотров: 369

 

Eron poytaxti Tehron shahrida bir haftadan oshiq vaqt davom etgan an’anaviy 27th Fajr Cup xalqaro musobaqasi yakuniga yetdi. Avval habar berganimizdek, reytingi 2000 dan yuqori bo’lmagan shaxmatchilar o’rtasidagi musobaqa hamyurtimiz Doniyor Safarov ishtirok etdi.

 

 

Musobaqaning so’ngi kunida 10-11 tur baxslari o’tkazildi. Har ikkala turda hamyurtimizga eronlik shaxmatchilar ro’baro keldi. Dastlab shaxmat ustaligiga nomzod Muhammadi Puyaga qarshi baxsda mag’lub bo’lgan Doniyor, so’nggi tur uchrashuvida Mastizoda Said bilan oq donalarda o’yin olib borib mag’lubiyatga uchrata oldi. Shu tariqa, Doniyor Safarov musobaqada 8 ochko jamg’argan holda, 22-o’rinni egalladi. Musobaqa jadvalining yuqori qismini (1-10 o’rinlar) egallagan ishtirokchilarning barchasi Eron vakillariga nasib etdi. Ma’lumot uchun, birinchi o’rinni 9.5 ochko bilan Abedini Murtazo egallab, g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Musobaqa jadvali

 
 
 
 

 

 

Eronda davom etayotgan an’anaviy 27th Fajr Cup International Chess Festival musobaqasining 8-9 tur baxslari o’tkazildi. Reytingi 2000 dan yuqori bo’lmagan ishtirokchilar o'rtasidagi musobaqada qatnashayotgan hamyurtimiz Doniyor Safarov ushbu kun doirasidagi baxslarni muvaffaqiyatli o’tkazdi. Dastlab eronlik shaxmatchi Tavazo Amirpasani qora donalarda mag’lubiyatga uchratgan yurtdoshimiz, keyingi uchrashuvni ham Eron vakili Masumi Muhammadga qarshi dona surib, g’alaba qozondi.

 

Musobaqa jadvali

 

 

 

Eron poytaxti Tehron shahrida davom etayotgan an’anaviy 27th Fajr Cup International Chess Festival musobaqasi o’zining qizg’in pallasiga kirib bormoqda.

Kecha reytingi 2000 dan yuqori bo’lmagan ishtirokchilar o’rtasidagi musobaqada hamyurtimiz Doniyor Safarov 6-7 tur baxslarini o’tkazdi. Dastlab Eron vakili Barzgari Muhammadga qarshi uchrashuvda durangga imzo chekkan Doniyor, keyingi turda yana bir eronlik shaxmatchi Fardbehbahani Behnamni mag’lubiyatga uchratdi. Mazkur natijalardan so’ng, Doniyor Safarov 5 ochko jamg’argan holda musobaqa jadvalida 52-o’rinni egallab turibdi.

Keyingi turda yurtdoshimiz Tavazo Amirparsa (Eron)ga qarshi qora donalarda baxs olib boradi.

Eslatib o’tamiz, musobaqalarda o’zbekistonlik xalqaro hakam

Turdialiyev Xusan Xudayqulovich bosh hakam vazifasini bajarmoqda.

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

Kecha Eronda davom etayotgan an’anaviy 27th Fajr Cup International Chess Festival turnirining navbatdagi tur baxslari bo’lib o’tdi. Hamyurtimiz Doniyor Safarov ishtiroki bilan e’tiborimizi tortgan mazkur musobaqaning 4-5 tur uchrashuvlari o’tkazildi. Quvonarlisi, 4-tur baxsida, yurtdoshimiz eronlik shaxmatchi Shams Muhammad Matin bilan durangga imzo chekkan bo’lsa, 5-turda esa boshqa bir Eron vakili Mahdizoda Muhammadni mag’lubiyatga uchratdi. Musobaqa jadvalida Doniyor hozircha 70-o’rinni egallab turibdi. Keyingi turda hamyurtimiz eronlik Barzgari Muhammadga qarshi dona suradi.

Eslatib o’tamiz, musobaqalarda o’zbekistonlik xalqaro hakam

Turdialiyev Xusan Xudayqulovich bosh hakam vazifasini bajarmoqda.

Musobaqa jadvali

 

 

 

Eron poytaxti Tehron shahrida an’anaviy shaxmat festivali davom etmoqda. 

Reytingi 2000 dan yuqori bo’lmagan ishtirokchilar o’rtasidagi musobaqada qatnashayotgan hamyurtimiz Doniyor Safarov, 3-tur baxslaridan o’rin olgan uchrashuvda Eron vakili Jamolzoda Mortezaga qarshi dona surib mag’lubiyatga uchradi.

 

Qayd etish joiz, Doniyor 2-turda boshqa bir eronlik shaxmatchi Rahmoni Pedramni mag’lubiyatga uchratgan edi. Ushbu natijalardan so’ng Doniyor Safarov musobaqa jadvalida 69-o’rinda bormoqda.

Musobaqa jadvali

 

 

 

Eslatib o’tamiz, musobaqalarda o’zbekistonlik xalqaro hakam Turdialiyev Xusan Xudayqulovich bosh hakam vazifasini bajarmoqda.

Новость дня
Maktab o'quvchilari o'rtasida Jahon chempionati. Yoqubboyev va Begmuratov o'z guruhlarida peshqadam! 5-tur natijalari17-apreldan 27-aprelga qadar Turkiyaning Antalya shahri 7 yoshdan 17 yoshgacha maktab o’quvchilari o’rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru