14, 16, 18 yoshgacha O’zbekiston chempionati. 3-tur

автор: admin2962715 2019-02-07 просмотров: 179

 

Rahmatullayev Almas  1 vs 0  Abduholiqov Sarvar

 

14 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqaning 3-tur baxslari bilan O'zbekiston chempionati davom ettirildi. Turning markaziy baxsida Rahmatullayev Almas (Toshkent viloyati) surxondaryolik shaxmatchi Abduholiqov Sarvarni mag’lubiyatga uchratdi. Yana bir baxsda Qashqadaryo vakili Sharipov Davron buxorolik Sunnatov Mirfayzni oq donalarda mag’lub etib, musobaqa jadvalida 3-o’ringa ko’tarilib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

Rahimova Durdona   0 vs 1  Habibullayeva Mohinur

 

14 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqada WCM Omonova Umida navbatdagi g’alabasini qo’lga kiritdi. Boshqa bir markaziy uchrashuvlardan birida samarqandlik Islomova Mohinurxon  va boshqa bir ko’hna, shaharlik Buxoro viloyati vakilasi Qilicheva Farangiz o’rtasida baxs bo’lib o’tdi. Musobaqaning yetakchilari o’rtasidagi baxsda durang qayd etildi. Ushbu vaziyatdan Habibullayeva Mohinur (Toshkent) unumli foydalandi. Qoraqalpog’iston vakilasi Rahimova Durdonani mag’lubiyatga uchratgan Mohinur musobaqa jadvalida yetakchilar qatoriga ko’tarilib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

Sardorova Robiyaxon  1 vs 0  Slapoguzova Oksana 

 

16 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqaning favoritlaridan biri WCM Yuliya Xegay (Toshkent) qashqadaryolik Ismoilova Irodani mag’lub etib turnir jadvalida yetakchilikni o’z qo’liga oldi. Yana bir yetakchilar baxsida farg’onalik Sardorova Robiyaxon Surxondaryo vakilasi Slapoguzova Oksanani mag’lub etib, musobaqa jadvalida ikkinchi o’ringa ko’tarilib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

16 yoshgacha o'g'il bolalar va 18 yoshgacha qizlar va yigitlar o'rtasidagi baxslari davom etmoqda.

 

16 yoshgacha o'g'il bolalar qur'a natijalari

18 yoshgacha yigitlar qur'a natijalari

18 yoshgacha qizlar qur'a natijalari

 

ESLATMA!

14 yoshgacha qizlar va o'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqa baxslari, hamda 16 yoshgacha qizlar o'rtasidagi baxslari boshlanish vaqti -  9.00.

 

16 yoshgacha o'g'il bolalar va 18 yoshgacha qizlar va o'g'il bolalar o'rtasidagi baxslar boshlanish vaqti -  14.00.

 

 

Новость дня
O'zbekiston terma jamoasi maktab o'quvchilari o'rtasida Jahon chempionatiga yo'l oldi.17-apreldan 27-aprelga qadar Turkiyaning Antalya shahri 7 yoshdan 17 yoshgacha maktab o’quvchilari o’rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Хобби
Профессия, которой можно зарабатывать
Игра, за которой можно весело проводить время
Игра, помогающая в развитии
Затрудняюсь ответить
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru