14, 16, 18 yoshgacha O’zbekiston chempionati. Musobaqa yakunlari

автор: admin2962715 2019-02-07 просмотров: 2295

14,16,18 yoshgacha O'zbekiston chempionatining yakuniy tahliliy sharxi

 

14 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqada Qashqadaryo vakili Sharipov Davron g’alaba qozondi. Musobaqaning so’nggi 4 turini yuqori darajada o’tkazgan Davron, 8 ochko jamg’argan holda, bosh sovringa ega chiqdi. Ikkinchi o’rinni Madaminov Muhiddin (Toshkent) egalladi. Qayd etish joiz, turnir davomida yetakchilik qilgan Toshkent shahri vakili oxirgi turlarda yo’qotilgan ochkolar unga pand berdi. Uchinchi o’rin esa Rahmatullayev Almasga nasib etdi. Turnirni ishonchli boshlagan Almas, musobaqa o’rtalariga kelib, ko’p ochkolar yo’qotishni boshladi. Hattoki 7,8-o’rinlarga ham sho’ng’iganiga shohid bo'ldik. Ammo so’nggi tur oldidan 6-o’rinni egallab turgan Rahamtullayev Almas, 9-turda o’zining musobaqa jadvalidagi to’g’ridan to’g’ri raqibini mag’lubiyatga uchratishni uddasidan chiqdi. Shu tariqa, musobaqa g’olibligiga asosiy davogar deb hisoblangan Rahmatullayev Almas uchinchi o’rin bilan kifoyalandi.

Musobaqaning yakuniy jadvali

 

 

14 yoshgacha qizlar o’rtasida O’zbekiston chempionatida barcha muhlis va mutaxassislar tahmin qilganidek, WCM Omonova Umida (Surxondaryo) g’alaba qozondi. Ikkinchi o’rin toshkentlik Bobomurodova Maftuna egalladi. Uchinchi o’rin musobaqani mag’lubiyatsiz yakunlagan buxorolik Xatamova Sevinchga nasib etdi. Turnirda durang qayd etishni xush ko’rgan Sevinch, so’nggi turda Qashqadaryo vakili Qurbonova Feruzani taslim qilish uddasidan chiqdi.

Musobaqaning yakuniy jadvali

 

 

16 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqada so’ngi tur oldidan peshqadam bo’lib turgan Isomov Umar (Qashqadaryo), oxirgi turda Shermuhammadov Samandar (Toshkent viloyati)ga yutqazib, chempionlikdan mosuvo bo’ldi. Musobaqa peshqadamining qoqilishidan Navoiy viloyati vakili Yo’ldoshev Mehriddin unumli foydalandi. Samarqandlik Hasanov Bexzodni mag’lubiyatga uchratgan Mehriddin, 7.5 ochko jamg’argan holda chempionlikni qo’lga kiritdi. Ikkinchi o’rinni Shermuhammadov Samandar (Toshkent viloyati) egallagan bo’lsa, uchinchi o’rin Isomov Umarga nasib etdi.

Musobaqaning yakuniy jadvali

 

 

16 yoshgacha qizlar o’rtasidagi chempionat davomida birinchi o’rinni hech kimga bermay kelgan Tursunova Aziza (Surxondaryo), ketma ket g'alabalardan so'ng, musobaqa jadvalida yaqin taqibchilaridan ilgarilab ketdi. So’nggi turda, Azizaga chempionlik uchun durang natija kifoya edi va u ushbu minimum vazifani sovuqqonlik bilan bajardi. 8 ochko jamg’argan Tursunova Aziza o’z yosh toifasida O’zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo’ldi. Ikkinchi o’rin farg’onalik Sardorova Robiyaxonga nasib etgan bo’lsa, uchinchi o'rinni Toshkent shahri vakili WCM Yuliya Xegayga band etdi. Qiziqarli tomoni, musobaqa davomida yetakchilik qilgan ushbu uchlik, so’nggi turda o’zlari egallab turgan o’rinni saqlab qolish uchun ularni durang natija ham qoniqtirardi va ular  o’zlari uchun go’yoki belgilangan vazifani bajarib, musobaqa sovrindorlariga aylanishdi.

Musobaqaning yakuniy jadvali

 

 

18 yoshgacha yigitlar o’rtasidagi musobaqa oldidan favorit hisoblangan FM Abdisalimov Abdimalik (Qashqadaryo), muxlislar va mutaxassislar ishonchini oqladi. Turnirni mag’lubiyatsiz o’tkazgan Abdimalik, yakunda chempionlikni tantana qildi. So’nggi turlarni muvaffaqiyatsiz o’tkazishiga qaramay, FM Vohidov Daler, yakunda ikkinchi o’rinni band etishga erishdi. Uchinchi o’rin Ochilov Abdug’aniga nasib etdi.

Musobaqaning yakuniy jadvali

 

 

So’zsiz, turli yosh toifalari bo’yicha o’tkazilgan O’zbekiston chempionatining bezagi – 18 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqa bo’ldi. Uchrashuvlar murosasiz kurashlar ostida kechganligini musobaqa jadvalidagi zich joylashuvdan bilib olish qiyin emas. Albatta,  bunday turnirlarda barqarorlikni namoyish etgan ishtirokchi muvaffaqiyatga erishadi. Ushbu noyob sifatni Qashqadaryo vakilasi Nomozova Holida namoyish eta oldi. Musobaqa davomida 7 ochko jamg’argan Holida, faqatgina koeffitsentlar bo’yicha huddi shuncha ochko jamg’argan Saparova Sitorani ortda qoldirdi. Shu tariqa, musobaqada eng yuqori reytingga ega bo’lgan Navoiy viloyati vakilasi Saparova Sitora ikkinchi o’rin bilan kifoyalandi. Uchinchi o’rin Husainova Ozoda (Toshkent viloyati)ga nasib etdi.

Musobaqaning yakuniy jadvali

 

TAQDIRLASH MAROSIMI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8-TUR SHARXI

 

Madaminov Muhiddin  0 vs 1  Samandarov Sherzod

 

14 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasida o’tayotgan musobaqaning  8-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Toshkent shahri vakili Madaminov Muhiddin kutilmaganda Samandarov Sherzodga qarshi uchrashuvda oq donalarda o’yin olib borib mag’lubiyatga uchradi. Ushbu vaziyatdan qashqadaryolik Sharipov Davron unumli foydalandi. Raqibi Sharipov Shahriyor (Xorazm viloyati)ni mag’lub etgan Davron, 7 ochko bilan musobaqa jadvalida cho’qqiga chiqib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

Bobomurodova Maftuna   0.5 vs 0.5    Xatamova Sevinch

 

Abdujalilova Zamiraxon  1 vs 0  Murodullayeva Shahrizoda

 

14 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqaning yetakchisi WCM Omonova Umida (Surxondaryo) Bashritdinova Ruhshonani ma’g’lub etib, navbatdagi g’alabasini qo’lga kiritdi. Yana bir qiziqarli kechishi kutilgan Bobomurodova Maftuna (Toshkent) va Xatamova Sevinch (Buxoro viloyati) o’rtasidagi baxsda durang natija qayd etildi. Navoiy viloyati vakilasi Rabbimova Dilnura farg’onalik Abdubannonova Barchinoyni mag’lub etib uchinchi o’ringa chiqib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

Ismoilova Iroda  0 vs 1  Sardorova Robiyaxon

 

16 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqaning 8-tur uchrashuvlari o’tkazildi. Musobaqa yakka peshqadami surxondaryolik Tursunova Aziza muddatidan avval musobaqa g’olibligini qo’lga kiritish imkonini qo’ldan boy berdi. Mazkur turda Slapoguzova Oksana (Surxondaryo)ga qarshi o’ziga xos viloyat derbisida Tursunova Aziza oq donalarda o’yin olib borib, raqibasi qarshiligini yenga olmay, durangga rozi bo’ldi. Ikkinchi o’rinni egallab turgan Sardorova Robiyaxon qashqadaryolik Ismoilova Irodani qora donalarda yengib, Tursunova Azizaning musobaqa chempionligini qo’lga kiritishini nazariy jihatdan kechiktirdi. Uchinchi o’rinni besh turdan beri o’zida saqlab turgan Yuliya Xegay (Toshkent), Abdullayeva Sevinch (Sirdaryo)ni yengib bu turda ham o’z joyiga sodiq qoldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 
16 yoshgacha o’gil bolalar o’rtasida kechayotgan O’zbekiston chempionatining 8-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Toshkent viloyati vakili Shermuhammadov Samandar musobaqa peshqadami toshkentlik Boltayev Sardorni qora donalarda mardonavorlarcha g’alaba qozonib, so’nggi tur oldidan musobaqaning intrigasini yanada kuchaytirdi. Ushbu vaziyatdan unumli foydalangan Isomov Umar (Qashqadaryo) o’ziga xos Qashqadaryo derbisida Ibodullayev Jo’rabek (Qashqadaryo)ni yengib birinchi o’ringa ko’tarilib oldi.
 
 
18 yoshgacha yigitlar o’rtasidagi musobaqada yetakchilik qilayotgan FM Abdisalimov Abdimalik (Qashqadaryo) 8-tur baxsini ham o’z foydasiga hal qildi. Surxondaryolik shaxmatchini mag’lub etgan Abdimalik musobaqadagi 7.5 ochkosini qo’lga kiritib, so’nggi tur oldidan barchasini o’z qoliga oldi. Bunga sabab, Abdisalimovni taqib qilib kelayotgan FM Vohidov Dalerning ochko yo’qotishi bo’ldi. Samarqandlik Muzaffarov Avazbekga qarshi qora donalarda o’yin o’tkazgan Daler, qiyin uchrashuvda durangga rozi bo’ldi.
 
18 yoshgacha qizlar o’rtasida musobaqa murosasiz o’tishda davom etmoqda. Musobaqa yetakchilari Nomozova Holida (Qashqadaryo) va Saparova Sitora (Navoiy viloyati), hamda Malikova Marjona (Samarqand) va Husainova Ozoda (Toshkent viloyati) o’rtasidagi baxslarda durang qayd etildi. Shu tariqa, musobaqa so’nggi turi oldidan mazkur natijalar intrigani kuchaytirdi. So’nggi 9-turda muhlis va mutaxassislar qiziqarli baxslarning guvohi bo’lishadi. 6tadan ochkoga ega, birinchi va ikkinchi o’rinlarni egallab turgan Nomozova Holida va Malikova Marjona o’zaro o’yin olib borishadi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

7-TUR SHARXI

 

 

14 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqada toshkentlik shaxmatchi Madaminov Muhiddin turnir jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda. 7-turda Muhiddin boshqa bir Toshkent shahri vakili Muhamedov Hadiyatullo bilan o’ziga xos Toshkent derbisida oq donalarda baxs olib borib g’alabaga erishdi. Yana bir qiziqarli uchrashuvda, musobaqa oldidan favorit hisoblangan Rahmatullayev Almas (Toshkent viloyati), musobaqani yaxshi suratda davom ettirayotgan qashqadaryolik Sharipov Davronga qarshi qora donalarda baxs olib borib mag’lubiyatga uchradi. Ushbu natijadan so’ng, Almas 4,5 ochko bilan 8-o’ringa tushib qoldi, Sharipov Davron esa 6 ochko jamg’argan holda ikkinchi o’rinni egallab turibdi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

Sharipov Davron  1 vs 0  Rahmatullayev Almas 

 

14 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqaning favorit hisoblangan ikki shaxmatchisi WCM Omonova Umida (Surxondaryo) va Bobomurodova Maftuna (Toshkent) muhlislar va mutaxasislar ishonchini oqlashmoqda. Har ikkala shaxmatchi 6tadan ochko jamg’argan holda musobaqa jadvalida boshqa raqiblaridan asta sekin uzoqlashmoqdalar. 7-turda Bobomurodova Maftuna farg’onalik Abdubannonova Barchinoyni qora donalarda mag’lub etgan bo’lsa, Omonova Umida Farg’ona viloyati vakilasi Abdulatipova Zarnigorni yengdi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

Omonova Umida 1 vs 0 Abdulatipova Zarnigor

 

Abdubannonova Barchinoy  0 vs 1  Bobomurodova Maftuna

 

16 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqaning 7-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Tursunova Aziza (Surxondaryo)  musobaqada ketma ket yettinchi g’alabasini qo’lga kiritdi. Turning yana bir qiziqarli uchrashuvi Sardorova Robiyaxon (Farg’ona viloyati) va toshkentlik WCM Yuliya Xegay o’rtasida kechdi. Murosasiz o’tgan baxsda raqiblar durangga rozi bo’lishdi.  Musobaqa jadvalida Tursunova Aziza 7 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o’rinda Sardorova Robiyaxon (5.5 ochko), uchinchi o’rinni esa hozircha WCM Yuliya Xegay (5 ochko) egallab turibdi.  

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

Sardorova Robiyaxon  0.5 vs 0.5  Yuliya Xegay

 

16 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqa 7-tur baxslari o’tkazildi. Turnirning ikki yetakchisi Isomov Umar (Qashqadaryo) va Yo’ldoshev Mehriddin (Navoiy viloyati) o’rtasidagi baxsda durang qayd etildi. Ushbu natija toshkentlik Boltayev Sardorga qo’l keldi, musobaqaning eng yuqori reyting egasi FM Qosimov Alini mag’lub etishni uddasidan chiqqan Boltayev Sardor musobaqa jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

18 yoshgacha yigitlar o’rtasidagi musobaqaning ikki yetakchisi g’alaba qozonib, turnir jadvalida raqiblardan uzoqlashishda davom etishmoqda. FM Abdisalimov Abdimalik samarqandlik Yoqubov Shohjahonni yenggan bo’lsa, FM Vohidov Daler (Samarqand) Ochilov Abdug’anini mag’lub etdi. Har ikkala yetakchida 6.5 tadan ochko, Abdimalik birinchi o’rinda, Daler esa ikkinchi o’rinda joylashgan. Musobaqa g’olibi ushbu ikki shaxmatchi o’rtasida aniqlanadi desak mubolag’a bo’lmaydi. O’zaro o’yinda durang qayd etilganini hisobga oladigan bo’lsak, ochkolar turnir oxiriga qadar teng bo’ladigan bo’lsa, qo’shimcha koeffitsentlarga murojaat qilishimiz ehtimoli yo’q emas. Bu borada ustunlik hozircha FM Abdisalimov Abdimalikda. Uchinchi o’rinda borayotgan Surxondaryo vakili Abdurahmonov Muhammadali esa 5 ochko jamg’argan.  

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

18 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqa murosasiz va teng kurashlarda o’tishda davom etmoqda. Turning markaziy uchrashuvlardan birida, musobaqa peshqadami Abduholiqova Ra’no (Surxondaryo) ikkinchi o’rinda borayotgan qashqadaryolik Nomozova Holida o’rtasida kechdi. Oq donalarda o’yin olib borishiga qaramasdan Surxondaryo vakili mag’lubiyatga uchradi. Mazkur natija Ra’noni to’rtinchi o’ringa tushib qolishiga sabab bo’ldi. Ajablanarli tomoni, ushbu turdagi muvaffaqqiyatga qaramasdan, Nomozova Holida 5.5 ochko jamg’argan holda ikkinchi o’rindan uchinchi o’ringa pastladi. Bunga sabab, Holidaning turnir jadvalidagi asosiy raqobatchilari, Malikova Marjona (Samarqand) va Saparova Sitora (Navoiy viloyati)larning ushbu turda o’z raqiblarini mag’lub etib, ochkolari sonini 5.5 taga yetkazganligi bo’ldi. 8-turda aynan ushbu shaxmatchilar Nomozova Holida va Saparova Sitora o’rtasidagi baxs shiddatli o’tishini taxmin qilishimiz mumkin.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

6-TUR SHARXI

 

14 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqada yetakchilar g’alaba qozondi. Musobaqa peshqadami Madaminov Muhiddin (Toshkent) surxondaryolik Abduholiqov Sarvarni mag’lub etgan bo’lsa, Qashqadaryo vakili Sharipov Davron samarqandlik Tangirov Saidbekni taslim qildi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

14 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqaning ikki yetakchisi o’rtasidagi baxsda durang qayd etildi. Toshkentlik Bobomurodova Maftuna oq donalarda WCM Omonova Umidani mag’lub eta olmadi. Musobaqaning sensatsiyalaridan biri bo’lib turgan  Abdumannopova Barchinoy (Farg’ona viloyati) toshkentlik Habibullayeva Mohinurni taslim etib, uchinchi pog’onaga ko’tarilib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 
 

16 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqada yetakchilik qilayotgan Tursunova Aziza (Surxondaryo) ketma ket oltinchi g’alabasini qo’lga kiritdi. O’tgan turda kutlmaganda mag’lubiyatga uchragan Sardorova Robiyaxon (Farg’ona viloyati), ushbu turda samarqandlik raqibasi Alimova Sevinchni mag’lubiyatga uchratib, musobaqa jadvalida o’z o’rnini mustahkamlab oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 16 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqa jadvalida birinchi va ikkichi o’rinda borayotgan Yo’ldoshev Mehriddin (Navoiy viloyati) va Boltayev Sardor (Toshkent) o’zaro baxs olib borishdi. Biroz ustunlik beruvchi oq donalarda o’ynagan Mehriddin toshkentlik raqibini taslim qila olmay, durangga rozi bo’ldi. Bundan unumli foydalangan qashqadaryolik Isomov Umar Saidov Rasul (Qoraqalpog’iston)ni mag’lubiyatga uchratib, musobaqa jadvalida yetakchilarga yaqinlashib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 
 

18 yoshgacha yigitlar o’rtasidagi musobaqaning favoriti FM Abdisalimov Abdimalik (Qashqadaryo) sirdaryolik shaxmatchi Ochilov Abdug’anini ma’g’lubiyatga uchratib, ochkolar sonini 5,5 taga yetkazib oldi. ikkinchi o’rinda borayotgan FM Vohidov Daler ham o’z raqibi jizzaxlik Sulaymonov Rahmonqulni taslib etib, Abdimalikni musobaqa jadvalida uzoqlashishiga yo’l qo’ymadi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 18 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqaning markaziy uchrashuvida toshkentlik Salimova Asal va Abduholiqova Ra’no (Surxondaryo) durang natija qayd etildi. Ochko yo’qotishiga qaramay, sunxondaryolik shaxmatchi musobaqa jadvalida yetakchilikni o’zida saqlab qoldi. Ketma ket ikkinchi g’alabisini qo’lga kiritgan Nomozova Holida (Qashqadaryo) turnir jadvalida ikkinchi pog’onaga ko’tarildi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5-TUR SHARXI

 

14 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqaning 5-tur baxslari yakuniga yetdi. Musobaqa yetakchilaridan biri qashqadaryolik Sharipov Davron Toshkent shahri vakili Madaminov Muhiddinga mag’lub bo’ldi. Yana bir uchrashuvda, turnirda  eng yuqori reytingga ega ishtirokchi Rahmatullayev Almas, o’zining eng yaqin taqibchisi buxorolik Sunnatov Mirfayzga mag’lubiyatga uchradi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

14 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqaning favoritlaridan biri WCM Omonova Umida, kutilganidek, Rabbimova Dilnurani mag’lubiyatga uchratdi. Turning boshqa markaziy uchrashuvida Bobomurodova Maftuna (Toshkent) Habibullayeva Mohinurni taslim qildi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

16 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqaning 5-turida farg’onalik Sardorova Robiyaxon Tursunova Aziza (Surxondaryo)ga qarshi baxsda o’zining dastlabki mag’lubiyatini qayd etdi. O’z navbatida Aziza esa g’alabali odimini davom ettirib, musobaqa jadvalida 5 ochko bilan yakka peshqadam bo’lib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

16 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqaning Isomov Umar (Qashqadaryo) va Boltayev Sardor (Toshkent) o’rtasida kechgan turning markaziy uchrashuvida durang qayd etildi. Boshqa e’tiborga molik uchrashuvda Navoiy viloyati vakili Yo’ldoshev Mehriddin namanganlik shaxmatchi Yunusov Ahadbekni mag’lub etdi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

18 yoshgacha yigitlar  o’rtasidagi musobaqaning markaziy uchrashuvida durang qayd etildi. Musobaqaning reyting bo’yicha birinchi raqamli shaxmatchisi FM Abdisalimov Abdimalik (Qashqadaryo) oq donalarda o’yinni boshlashiga qaramay, FM Vohidov Daler qarshiligini yenga olmadi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

18 yoshgacha qizlar o’rtasidagi O’zbekiston chempionatining 5-tur baxslari bo’lib o’tdi. Turnir jadvalida birinchi o’rinda borayotgan Abduholiqova Ra’no (Surxondaryo) Husainova Ozodani mag’lubiyatga uchratib yetakchilikni o’z qo’lida ushlab qoldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

4-TUR SHARXI

 

Halimjonov Fayzullo   0 vs 1   Sharipov Davron

 

14 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqada yetakchilik qilib kelayotgan Rahmatullayev Almas 4-turga kelib ochko yo’qotti. Qora donalarda o’yin olib borgan Almas toshkentlik shaxmatchi Madaminov Muhiddin bilan durangga imzo chekdi. Ushbu vaziyatdan unumli foydalangan Qashqadayo vakili Sharipov Davron buxorolik raqibi Halimjonov Fayzulloni mag’lub etib, 4 ochko jamg’argan holda, musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo’lib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

Rabbimova Dilnura   1 vs 0   Islomova Mohinurxon

 

 

14 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqaning ikki yetakchisi Habibullayeva Mohinur (Toshkent) va Omonova Umida (Surxondaryo)lar o’rtasidagi uchrashuvda g’olib aniqlanmadi. Toshkentlik shaxmatchi Bobomurodova Maftuna buxorolik raqibi Qilicheva Farangizni mag’lub etib, 3.5 ochko jamg’argan holda yetakchilarga yaqinlashib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

Abdullayeva Sevinch   0 vs 1   Sardorova Robiyaxon

 

16 yoshgacha qizlar o’rtasidagi chempionatning 4-tur baxslari yakuniga yetdi. Turning o’ziga xos sensatsiyasi aynan shu yosh toifasidagi musobaqada qayd etildi. Musobaqaning birinchi raqamli shaxmatchisi WCM Yuliya Xegay kutilmaganda Tursunova Aziza (Surxondaryo) ga mag’lub bo’ldi. Ushbu g’alabadan so’ng surxondaryolik shaxmatchi musobaqa jadvalida ikkinchi pog’onaga ko’tarilib oldi. Birinchi o’rinni g’alabali odimini davom ettirayotgan farg’onalik Sardorova Robiyaxon egallab turibdi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

16 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqada Toshkent shahri vakili Boltayev Sardor peshqadamlikni o’z qo’liga oldi. Musobaqa jadvalidagi o’zining raqobatchisi Yunusov Ahadbekni mag’lubiyatga uchratgan Sardor, ochkolari sonini 4taga yetkazib turnir jadvalida yakka peshqadam bo’lib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

18 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi O’zbekiston chempionatida esa peshqadamlikni hamon Abdusalimov Abdimalik (Qashqadaryo) o’zida saqlab turibdi. 4-turda Abdimalik toshkentlik shaxmatchi Olimjonov Sarvarbekni qora donalarda mag’lubiyatga uchratib ochkolarini 4taga yetkazib oldi. Huddi shuncha ochko bilan FM Vohidov Daler ikkinchi o’rinda bormoqda. Mag’lubiyatsiz odimlayotgan Daler ushbu turdi Surxondaryo vakili Abdurahmonov Muhammadalini qora donalarda taslim qilishni uddasidan chiqdi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

18 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqa har doimgidan ko’ra qiziqarli va teng kurashlar ostida davom etmoqda. Shunga guvoh bo’lmoqdamizki, hech qaysi baxsning g’olibini oldindan aytib berish qiyinchilik tug’dirmoqda.  Albatta bunday musobaqalarda ishtirokchilarni favorit va autsayderga ajratishdan ma’no yo’q. Musobaqa jadvalida birinchi pog’onada borayotgan Abduholiqova Ra’no (Surxondaryo) ushbu turda samarqandlik shaxmatchi Malikova Marjona bilan durang qayt etib, ochko yo’qotishiga qaramay, peshqadamlikni saqlab qoldi. 3.5 ochko jamg’argan Ra’no, musobaqada eng yuqori reytingga ega, ikkinchi o’rinda borayotgan Saparova Sitorani atigi 0.5 ochkoga ortta qoldirmoqda.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

 

 

 

ESLATMA!

 

14 yoshgacha qizlar va o'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqa baxslari, hamda 16 yoshgacha qizlar o'rtasidagi baxslari boshlanish vaqti -  9.00.

 

16 yoshgacha o'g'il bolalar va 18 yoshgacha qizlar va o'g'il bolalar o'rtasidagi baxslar boshlanish vaqti -  14.00.

 

 

 

 

3-TUR NATIJALARI

 

Rahmatullayev Almas  1 vs 0  Abduholiqov Sarvar

 

14 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqaning 3-tur baxslari bilan O'zbekiston chempionati davom ettirildi. Turning markaziy baxsida Rahmatullayev Almas (Toshkent viloyati) surxondaryolik shaxmatchi Abduholiqov Sarvarni mag’lubiyatga uchratdi. Yana bir baxsda Qashqadaryo vakili Sharipov Davron buxorolik Sunnatov Mirfayzni oq donalarda mag’lub etib, musobaqa jadvalida 3-o’ringa ko’tarilib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

Rahimova Durdona   0 vs 1  Habibullayeva Mohinur

 

14 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqada WCM Omonova Umida navbatdagi g’alabasini qo’lga kiritdi. Boshqa bir markaziy uchrashuvlardan birida samarqandlik Islomova Mohinurxon  va boshqa bir ko’hna, shaharlik Buxoro viloyati vakilasi Qilicheva Farangiz o’rtasida baxs bo’lib o’tdi. Musobaqaning yetakchilari o’rtasidagi baxsda durang qayd etildi. Ushbu vaziyatdan Habibullayeva Mohinur (Toshkent) unumli foydalandi. Qoraqalpog’iston vakilasi Rahimova Durdonani mag’lubiyatga uchratgan Mohinur musobaqa jadvalida yetakchilar qatoriga ko’tarilib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

Sardorova Robiyaxon  1 vs 0  Slapoguzova Oksana 

 

16 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqaning favoritlaridan biri WCM Yuliya Xegay (Toshkent) qashqadaryolik Ismoilova Irodani mag’lub etib turnir jadvalida yetakchilikni o’z qo’liga oldi. Yana bir yetakchilar baxsida farg’onalik Sardorova Robiyaxon Surxondaryo vakilasi Slapoguzova Oksanani mag’lub etib, musobaqa jadvalida ikkinchi o’ringa ko’tarilib oldi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

16 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqada kutilmagan natija qayd etildi. TurnirfavoritlaridanbirishaxmatustasiQosimovAli (Samarqandviloyati) oq donalarda Hasanov Bexzod (Samarqand viloyati)ga qarshi baxsda raqibininig qarshilini yenga olmadi. O’ziga xos Samarqand derbisida har ikkala shaxmatchi murosa ko’chasini tanlashdi. Yetakchining qoqilishidan namanganlik shaxmatchi Yunusov Ahadbek va Toshkent shahri vakili Boltayev Sardor unumli foydalanib qolishdi. Har ikkila shaxmatchi o’z raqiblarini mag’lub etib, birinchi hamda ikkinchi o’rinlarga ko’tarilib olishdi.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

18 yoshgacha yigitlar o’rtasidagi musobaqaning mazkur turida barcha favoritlar kutilgan g’alabalarni qo’lga kiritishdi. Musobaqa jadvalida yuz foizlik natija bilan FM Abdisalimov Abdimalik (Qashaqadaryo) yetakchilik qilmoqda.

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

 

 

18 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqada turnir oldidan favorit hisoblangan yuqori reytingga ega shaxmatchilar ko’plab qiyinchiliklarga duchor bo’lishmoqda. Bu esa musobaqani yanayam musorasiz o’tishini ta’minlamoqda. Xususan, yaqinda yakuniga yetgan 1 liga qahramonlaridan biri Husainova Ozoda (Toshkent viloyati) ushbu turda qora donalarda o’yin olib borib, qashqadaryolik Nomozova Holida bilan durangga rozi bo’ldi. Ammo takidlash joiz, Nomozova Holida musobaqaning reyting bo’yicha ikkinchi raqamli shaxmatchisi hisoblanadi. Musobaqa jadvalida g’alabali seriyasini davom ettirayotgan surxondaryolik Abduholiqova Ra’no yetakchilik qilmoqda. Yakuniga yetgan turda Ra’no jizzaxlik shaxmatchi Nurmatova Kamolani mag’lubiyatga uchratdi. 

Musobaqa jadvali va qur'a natijalari

 

ESLATMA!

14 yoshgacha qizlar va o'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqa baxslari, hamda 16 yoshgacha qizlar o'rtasidagi baxslari boshlanish vaqti -  9.00.

 

16 yoshgacha o'g'il bolalar va 18 yoshgacha qizlar va o'g'il bolalar o'rtasidagi baxslar boshlanish vaqti -  14.00.

Новость дня
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru