8-18 yoshgacha Osiyo chempionati. 5 ta oltin, 2 kumush va 1 bronza!

автор: admin 2019-04-06 просмотров: 2139

 

8-18 yoshgacha Osiyo chempionati. O’zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronzani qo’lga kiritdi! Shri Lanka sal kam 10 kun davomida Osiyo nigohida bo’ldi. Yuqori saviyada tashkil etilgan 8-18 yoshgacha bo’lgan o’g’il-qizlar o’rtasida o’tkazilgan Osiyo chempionati  nihoyasiga yetdi.
Avval habar berganimizdek, vakillarimiz standart yo’nalishida 3 ta oltin va 1 ta kumush medallarni qo’lga kiritishdi. Oltin medallarni Humoyun Bekmuratov (10 yoshgacha bolalar), Umida Omonova (14 yoshgacha qizlar) va Abdimalik Abdisalimov (18 yoshgacha yigitlar) qo’lga kiritishdi. Kumush medalni esa 10 yoshgacha qizlar o’rtasida Afruza Hamdamova O’zbekiston terma jamoasi hisobiga qo’shib qoydi. Undan avvalroq esa rapid yo’nalishida 1 ta oltin (Abdimalik Abdisalimov), 1 ta kumush (Afruza Hamdamova) va 1 ta bronza (Umida Omonova) qo’lga kiritilgan bo’lsa, blits yo’nalishida Humoyun Bekmuratov Osiyoning mutloq chempioniga aylanib, O’zbekistonga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.
 
  
 
Chempionat tezkor shaxmat yo’nalishlari bo’yicha start oldi. Dastlab, rapid yo’nalishida Abdimalik Abdisalimov birinchi oltin medalni taqdim etgan bo’lsa, Afruza Hamdamova kumush va Umida Omonova esa bronza medallarini O’zbekiston hisobiga qo’shib qo’yishdi. Blits yo’nalishida Humoyun Bekmuratov barcha raqiblarini tor mor etib, oltin medalni qo’lga kiritdi. Asosiy musobaqa oldidan chigal-yozdi vazifasini o’tab beruvchi mazkur tezkor musobaqalarni muvaffaqiyatli yakunlagan vakillarimiz, standart yo’nalishidagi musobaqaga ishonch bilan start olishdi. Butun musobaqa davomida peshqadamlikni qo’ldan boy bermay kelgan Abdisalimov, Omonova va Bekmuratov so’nggi turga qadar musobaqa jadvalini boshqarib turishdi. 9-turda esa vakillarimizga maqsadga erishish uchun turli vazifalar qo’yildi. Ba’zilarini durang qoniqtirgan bo’lsa, ba’zilariga faqat g’alaba zarur edi. Ushbu vazifalarni yosh shaxmatchilarimiz professionallarga hos tarzda sovuqqonlik bilan bajarishdi. Omonova hamda Bekmuratov durangga imzo chekishgan bo’lishsa, Abdisalimov kuchli raqibga qarshi kechgan murakkab bahsda qiyin g’alabaga erishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bekmuratov Humoyun Osiyo chempioni! Shri Lankaning Kalutara shahrida o’smirlar o’rtasidagi chempionatning 10 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasidagi 9-tur bahslari yakuniga yetdi. Hamyurtimiz Bekmuratov Humoyun 8 ochko jamg’argan holda oltin medalga sazovor bo’ldi. 

 

10 yoshgacha bolalar 

 

18 yoshgacha yigitlar o’rtasida hamyurtimiz Abdimalik Abdisalimov oltin medalni qo’lga kiritdi! Musobaqa davomida barqaror o’yin namoyish qilgan Abdisalimov so’nggi tur bahsida Hindiston vakilini oq donalarda mag’lub etib, 7 ochko jamg’arishga erishdi. Yaqin ta’qibchisi mezbon shaxmatchini yarim ochkoga ortda qoldirgan hamyurtimiz yakunda Osiyo chempionligini qo’lga kiritdi!

 

18 yoshgacha bolalar   

 

14 yoshgacha qizlar o’rtasida ishtirok etgan hamyurtimiz Umida Omonova O’zbekiston hisobiga uchinchi oltin medalni taqdim etdi! 9 o’yindan 7 ochko jamg’argan Omonova kuchli raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo chempionligiga sazovor bo’ldi!

 

14 yoshgacha qizlar

 

 

10 yoshgacha qizlar o’rtasida hamyurtimiz Hamdamova Afruza kumush medalni qo’lga kiritdi! 9-turda Hamdamova eronlik kuchli raqibini qora donalarda yengishning uddasida chiqdi. Shu tariqa, 9 o’yinda 7 ochko jamg’argan hamyurtimiz Osiyoning vitse chempioni degan nomga sazovor bo’ldi!

 

 10 yoshgacha qizlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bekmuratov Humoyun (10 yoshgacha bolalar) chempionlik sari dadil qadamlar bilan ketmoqda. 8-turda hindistonlik raqibini mag’lub etgan hamyurtimiz 7.5 ochko bilan musobaqa peshqadami bo’lib turibdi. Ikkinchi o’rinda eronlik Movahed Sina 7 ochko bilan hamyurtimizni ta’qib qilmoqda. So’nggi tur oldidan Bekmuratov kamida kumush medalni naqd qilgan holda hind yurti vakili Bharadia Yashga qarshi qora donalarda bahs yuritadi. Ammo yosh iqtidorli shaxmatchimizdan faqat g’alaba va faqat oltin medalni kutib qolamiz!

 

  

 

10 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqada chempion nomi aniq. Bu Qizg’iziston vakili Sezdbekova Aizhan. Barcha ortda qolgan uchrashuvlarda g’alaba qozongan ushbu ishtirokchi muddatidan avval oltin medalni naqd qildi. Mazkur yosh toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz WCM Khamdamova Afruza kumush medal uchun kurashmoqda. 8-turdan so’ng, 6 ochko bilan ikkinchi o’rinni egallab turibdi.

Omonova Umida o’z yosh toifasida (14 yoshgacha qizlar) 6.5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 8-turda vyetnamlik kuchli raqibini yengishning uddasidan chiqdi. So’nggi turda esa hamyurtimizni haqiqiy sinov kutmoqda. Hal qiluvchi 9-turda Omonova ikkinchi o’rinda borayotgan eronlik WCM Ghomi Parnianga qarshi qora donalarda bahs yuritadi.

Abdisalimov Abdimalik (18 yoshgacha yigitlar) mana ketma ket uchinchi turdirki durang qayd etmoqda, ammo har safar musobaqa jadvalida peshqadamlik o’zida saqlab qolmoqda. 8-turda hamyurtimiz hindistonlik kuchli raqibi bilan murosaga keldi va 6 ochko bilan birinchi o’rinda qoldi. So’nggi turda, Abdisalimovni hindistonlik kuchli raqibga qarshi bahs kutmoqda. Ushbu bahsni hamyurtimiz oq donalarda o’tkazadi.

 

 

Chempionatdagi eng yosh vakilimiz (8 yoshgacha qizlar) Olimova Rukiya 4 ochko bilan 27-o’rinni egallab turibdi. 8-turda Rukiya mezbon shaxmatchini mag’lub etib, uch o’yinlik muvaffaqiyatsiz seriyaga barham berdi.

 

9-turda o’zbekistonlik shaxmatchilarni qaynoq bahslar kutmoqda! Mazkur hal qiluvchi uchrashuvlarda hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

 

8 yoshgacha bolalar           8 yoshgacha qizlar 

10 yoshgacha bolalar         10 yoshgacha qizlar

12 yoshgacha bolalar        12 yoshgacha qizlar

14 yoshgacha bolalar        14 yoshgacha qizlar

16 yoshgacha bolalar        16 yoshgacha qizlar

18 yoshgacha bolalar        18 yoshgacha qizlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bekmuratov va Omonovada g’alaba!

10 yoshgacha bolalar o’rtasidagi musobaqada hamyurtimiz Bekmuratov Humoyun peshqadamlik qilmoqda. 7-turdan o’rin olgan uchrashuvda qozog’istonlik Khazhatuly Alikhan qora donalarda mag’lub etdi. Ushbu natijadan so’ng, Bekmuratovda ochkolari 6.5 taga yetdi va yaqin taqibchisi eronlik Movahed Sinada yarim ochkoga oldinda bormoqda. Uchinchi o’rinda borayotgan hindistonlik raqibi esa 5 ochkoga ega.

Omonova Umida (14 yoshgacha qizlar) qiyin uchrashuvda Vyetnam vakilini mag’lub etdi. Ushbu natijadan so’ng, Omonova 5.5 ochko bilan ikkinchi o’ringa chiqdi va peshqadam WFM Kamalidenova Meruert (Qozog’iston) dan yarim ochkoga ortda qolmoqda.

18 yoshgacha yigitlar o’rtasidagi musobaqada hamyurtimiz Abdisalimov Abdimalik 5.5 ochko bilan peshqadam bo’lib turibdi. 7-turda qayd etilgan durang, hamyurtmizga musobaqa jadvalida karvonboshchilikni saqlab qolishga to’sqinlik qilmadi. Shunga qaramay, mezbon vakil FM Thilakarathne G M H mazkur turdagi g’alabasidan so’ng 5.5 ochko bilan hamyurtimizdan qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga ortda qolgan holda maksimal darajada jadvalda yaqinlashib oldi.

Eng yosh vakilimiz Olimova Rukiya ketma ket uchinchi mag’lubiyatini qabul qilib oldi va 3 ochko bilan 30-pog’onani egallab turibdi. 10 yoshgacha qizlar o’rtasidagi musobaqada Qirg’iziston vakili Sezdbekova Aizhan 7 ochko bilan peshqadmlik qilmoqda. Ushbu yosh toifasi yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan Hamdamova Afruza 5 ochko bilan 5 o’rinni egallab turibdi.

 

8 yoshgacha bolalar           8 yoshgacha qizlar 

10 yoshgacha bolalar         10 yoshgacha qizlar

12 yoshgacha bolalar        12 yoshgacha qizlar

14 yoshgacha bolalar        14 yoshgacha qizlar

16 yoshgacha bolalar        16 yoshgacha qizlar

18 yoshgacha bolalar        18 yoshgacha qizlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shri Lankaning Kalutara shahrida 5-6-tur bahslari o’tkazildi. Ushbu turlar hamyurtlarimiz uchun qiyin kechdi. Kuchli shaxmatchilarga qarshi bahs yuritgan yosh iqtidorli shaxmatchilarimiz raqiblar munosib qarshilik ko’rsatishdi.

8 yoshgacha qizlar o’rtasida ishtirok etayotagan Olimova Rukiya 5-6-turlar mag’lubiyatga uchradi. Begmuratov Humoyun (10 yoshgacha bolalar) hamon peshqadamlikni o’zida saqlab turibdi. 5-turda qora donalarda o’ynagan Humoyun eronlik kuchli shaxmatchidan 0.5 ochko olishga erishdi, hamda 6-turda hindistonlik raqibini mag’lub etib, 5.5 ochko bilan musobaqa jadvalidagi birinchi pog’onani o’ziga qaytarib oldi.

 

 

Hamdamova Afruza (10 yoshgacha qizlar) 5 ochko bilan jadvalda 2-o’rinni band etib turibdi. Birinchi o’rinda borayotgan Qirg’izistonlik Sezdbekova Aizhan (6 ochko) 1 ochkoga ortda qolmoqda. 7-turda Hamdamova aynan shu raqibiga qarshi oqlarda dona  suradi. G’alaba qozongan taqdirda birinchi o’ringa chiqib olish uchun yaxshi imkoniyatga ega boladi. Omonova Umida (14 yoshgacha qizlar) 4.5 ochko bilan 5-o’rinda bormoqda. O’tgan turda hamyurtimiz qozog’istonlik Balabayeva Xeniyaga qarshi qora donalarda durangga erishdi.

 

   

 

Abdisalimov Abdimalik 5-turda qozog’istonlik kuchli Nurzhanov Timurni taslim etdi. 6-turda esa musobaqada 1-saralangan mezbon shaxmatchi Thilakarathne G M H qora donalarda durang qayd etganiga qaramay hamyurtimiz musobaqa jadvalida 5 ochko bilan peshqadamlikni o’zida saqlab qoldi.

 

 

8 yoshgacha bolalar           8 yoshgacha qizlar 

10 yoshgacha bolalar         10 yoshgacha qizlar

12 yoshgacha bolalar        12 yoshgacha qizlar

14 yoshgacha bolalar        14 yoshgacha qizlar

16 yoshgacha bolalar        16 yoshgacha qizlar

18 yoshgacha bolalar        18 yoshgacha qizlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shri Lankaning Kalutara shahrida davom etayotgan yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionatining 4-tur bahslari yakuniga yetdi. 5 yosh toifasida ishtirok etayotgan vakillarimiz turni deyarli yo’qotishsiz o’tkazishdi.

 

 

CM Begmuratov Khumoyun (10 yoshgacha bolalar) ketma ket to’rtinchi g’alabasini qo’lga kiritdi. 4 ochkoga ega bo’lib turgan hamyurtimiz, eronlik Movahed Sina (4 ochko) bilan birinchi pog’onani bo’lishib turishibdi. Bunda tashqari Olimova Rukiya (8 yoshgacha qizlar), WCM Khamdamova Afruza (10 yoshgacha qizlar), FM Abdisalimov Abdimalik (18 yoshgacha yigitlar) oq donalarda bahs o’tkazib, raqiblarini yengishdi. Qayd etish joiz, Olimova Rukiya o’z yosh toifasida kuchlilardan sanaladigan eronlik Soleymani Dibani mag’lub etish uddasidan chiqdi. WCM Omonova Umida (14 yoshgacha qizlar) esa musobaqadagi ketma ket ikkinchi durangini rasmiylashtirdi.

Musobaqa jadvalida hamyurtlarimiz o’z yosh toifalarida yetakchilar qatorida borishmoqda.

 

8 yoshgacha bolalar           8 yoshgacha qizlar 

10 yoshgacha bolalar         10 yoshgacha qizlar

12 yoshgacha bolalar        12 yoshgacha qizlar

14 yoshgacha bolalar        14 yoshgacha qizlar

16 yoshgacha bolalar        16 yoshgacha qizlar

18 yoshgacha bolalar        18 yoshgacha qizlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shri Lankaning Kalutara shahrida davom etayotgan yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionatining 3-tur bahslari yakuniga yetdi.

Musobaqaning standart yo’nalishi arafasida o’tkazilgan rapid hamda blits tezkor turnirlarida O’zbekiston terma jamoasi hisobini allaqachon oltin medallar bilan boyitib qoygan CM Begmuratov Khumoyun (10 yoshgacha) va FM Abdisalimov Abdimalik (18 yoshgacha) o’z yosh toifalarida navbatdagi g’alabalarni qo’lga kiritishdi. Humoyun uchun bu ketma ket uchinchi g’alaba bo’lsa, Abdimalik ikkinchi g’alabasini rasmiylashtirib, 2.5 ochkoga ega bo’ldi. Qayd etish joiz, Abdisalimov musobaqada 3-saralangan hindistonli kuchli ishtirokchini qora donalarda yengishning uddasidan chiqdi.

10 yoshgacha qizlar o’rtasida yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan WCM Khamdamova Afruza mog’ulistonlik raqibi bilan durang qayd etgan bo’lsa, WCM Omonova Umida (14 yoshgacha) hind yurti vakili bilan murosaga keldi. Eng yosh ishtirokchimiz Olimova Rukiya esa kutilmaganda vyetnamlik raqibi oldida ojiz qoldi.

 

Turli yosh toifalarining musobaqa jadvallari 3-turdan so’ng quyidagicha ko’rinish olgan:

 

8 yoshgacha bolalar           8 yoshgacha qizlar

10 yoshgacha bolalar        10 yoshgacha qizlar

12 yoshgacha bolalar        12 yoshgacha qizlar

14 yoshgacha bolalar        14 yoshgacha qizlar

16 yoshgacha bolalar        16 yoshgacha qizlar

18 yoshgacha bolalar        18 yoshgacha qizlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shaxmatchilarimiz 2-turni ham muvaffaqiyatli o'tkazishdi.

Olimova Rukiya, CM Begmuratov Khumoyun, WCM Khamdamova Afruza va WCM Omonova Umida musobaqadagi ikkinchi g’alabalarini rasmiylashtirib, o’z guruhlarida 2 ochko bilan yetakchilar qatorida borishmoqda. FM Abdisalimov Abdimalik Indoneziya vakili bilan durangdan so’ng hozirda 1.5 ochkoga ega bo’lib turibdi.

 

 

 

 

 

 

 

8-18 yoshgacha Osiyo chempionatida yoshlarimiz musobaqani muvaffaqiyatli boshlashdi.

Barcha hamyurtlarimiz o’z yosh toifalarida g’alaba qozonishdi. Olimova Rukiya, CM Begmuratov Khumoyun, WCM Khamdamova Afruza, FM Abdisalimov Abdimalik mezbon shaxmatchilarni yengishdi.  WCM Omonova Umida esa Birlashgan Arab Amirligini vakilini oqdonalarda mag’lub etdi.

 

qur'a natijalari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8-18 yoshgacha Osiyo chempionati hamyurtlarimiz navbatdagi oltin medalni qo'lga kiritishdi!

Hozirgina yakunlangan blits musobaqasida Begmuratov Humoyun 10 yoshgacha bolalar o'rtasida tengsiz bo'ldi!

 

8 yoshgacha qizlar

Musobaqadagi eng yosh vakilimiz Olimova Rukiya yurtimiz sha’nini himoya qildi. Kechagi rapid turnirida 18-o’rinni egallagan yosh shaxmatchimiz, bugungi blits musobaqasida 5 ochko jamg’arishga erishib, kuchli shaxmatchilar orasida 6-o’rinni egalladi.

Musobaqa jadvali

 

8 yoshgacha bolalar

Qozog’istonlik Tulendinov Dinmukhammed yuz foizlik natija qayd etib, g’olib bo’ldi.

Musobaqa jadvali

 

10 yoshgacha qizlar

Kuchli tarkib bilan ishtirok etayotgan Vyetnam jamoasi ushbu yosh toifasida ham oltin medalni qo’lga kiritishdi.

Musobaqa jadvali

 

10 yoshgacha bolalar

Hamyurtimiz CM Begmuratov Humoyun 7 imkoniyatdan 7 ochko jamg’arib, O’zbekiston terma jamoasiga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.

Musobaqa jadvali

 

12 yoshgacha bolalar

Musobaqa g’olibi xitoylik Zhang Di.

Musobaqa jadvali

 

12 yoshgacha qizlar

Musobaqada 6 ochko bilan Qozog’iston vakilasi WCM Nurmanova Alua g’olib bo’ldi.

Musobaqa jadvali

 

14 yoshgacha bolalar

Musobaqa g’olibi 6.5 ochko jamg’argan CM Tran Dang Minh Quang (Vyetnam).

Musobaqa jadvali

 

14 yoshgacha qizlar

Mazkur yosh toifasida ishtirok etgan WCM Omonova Umida 5 ochko bilan 8-o’rinni band etdi. G’oliblikni Qozog’iston vakilasi 6 ochko jamg’argan WFM Kamalidenova Meruert qo’lga kiritdi.

Musobaqa jadvali

 

16 yoshgacha qizlar

Musobaqa g’olibligi Eron vakilasi Behzad Nazif Parvaga nasib etdi.

Musobaqa jadvali

 

16 yoshgacha bolalar

Musobaqa g’olibi mezbon ishtirokchi FM Thilakarathne G M H.

Musobaqa jadvali

 

18 yoshgacha yigitlar

 Yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan Abdisalimov Abdimalik 7-turdan 5 ochko jamg’arishga erishdi va faqatgina qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga 3-o’rinni egallagan hind yurti vakilidan ortda qolib, faxrli 4-o’rinni band etdi.

Musobaqa jadvali

 

18 yoshgacha qizlar

Musobaqada hindistonlik WCM Jyothsna L g’olib bo’ldi.

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

8-18 yoshgacha Osiyo chempionati. Rapid

 

Avval habar berganimizdek,  Shri Lankaning Kalutara shahrida yoshlar o’rtasida shaxmat bo’yicha Osiyo chempionati starti oldidan rapid-turnir tashkil qilindi. Asosiy musobaqalar oldidan o’ziga hos chigal-yozdi vazifasini o’tab beradigan mazkur tezkor musobaqa yakuniga yetdi. Qayd etish joiz, vakillarimiz mazkur musobaqada munosib ishtirok etishdi. 

 

8 yoshgacha bolalar

6 ochko jamg’argan Gong Kong vakili Liu Fung Ming Mathew, huddi shuncha ochkoga ega ikki eronlik raqiblarini qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga ortda qoldirib g’olib bo’ldi.

Yakuniy jadval

 

8 yoshgacha qizlar

Eng kichik yosh toifasida ishtirok etayotgan vakilimiz Olimova Rukiya so’nggi 7-turni g’alaba bilan yakunladi. Rapid-musobaqa yakuniy jadvali quyidagicha ko’rinish oldi.

Yakuniy jadval

 

10 yoshgacha bolalar

Musobaqada yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan Begmurodov Humoyun ham musobaqani g’alaba bilan yakunladi. Jami 5.5 ochko jamg’argan Humoyun 5-o’rindan joy oldi.

Yakuniy jadval

 

10 yoshgacha qizlar

6 ochko jamg’arishga erishgan yosh iqtidorli shaxmatchimiz WCM Khamdamova Afruza 2-o’rinni egalladi. G’oliblikni barcha bahslarda g’alaba qozongan qozog’istonlik Nurgaliyeva Zarina qo’lga kiritdi.

Yakuniy jadval

 

12 yoshgacha bolalar

6.5 ochko jamg’argan Hindiston vakili CM Shahil Dey musobaqada g’olib bo’ldi.

Yakuniy jadval

 

12 yoshgacha qizlar

Mo’gulistonlik WCM Khaliunaa Gankhulug 6.5 ochko bilan musobaqada g’alaba qozondi.

Yakuniy jadval

 

14 yoshgacha bolalar

Rapid musobaqasida 6.5 ochko jamg’argan  Vyetnam vakili CM Nguyen Quoc Hy g'olib bo'ldi.

Yakuniy jadval

 

14 yoshgacha qizlar

So’nggi hal qiluvchi turda mag’lub bo’lgan WCM Omonova Umida musobaqadagi g’oliblikni qo’ldan boy berib qo’ydi. Shunga qaramay, hamyurtimiz 5.5 ochko bilan 3-o’rinni egalladi. Vakilimiz qoqilishidan unumli foydalangan Qozog’iston vakilasi Balabayeva Xeniya so’nggi turda g’alaba qozonib, 6 ochko bilan musobaqa g’olibiga aylandi.

Yakuniy jadval

 

16 yoshgacha qizlar

Mazkur yosh toifasida yuz foizlik natija qayd etgan WFM Nurgali Nazerke (Qozog'iston) g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Yakuniy jadval

 

16 yoshgacha bolalar

Ushbu yosh toifasining rapid-musobaqasida Qozog’iston vakili FM Nogerbek Kazybek 6 ochko bilan g’olib boldi.

Yakuniy jadval

 

18 yoshgacha qizlar

Rapid-musobaqaning ushbu yosh toifasida Vyetnam vakilasi WCM Nguyen Hong Anh 6 ochko bilan g’alaba qozondi.

Yakuniy jadval

 

18 yoshgacha yigitlar

Ushbu rapid-turnirni kutilmagan mag’lubiyat bilan boshlagan vakilimiz Abdisalimov Abdimalik, yakunda iroda ko’rsatib, qolgan barcha uchrashuvlarda g’alaba qozondi. 6 ochko jamg’argan holda musobaqaga g’olibiga aylandi.

Yakuniy jadval

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2019-yil 1-apreldan 10-aprelga qadar Shri Lanka mamlakatida 8 yoshdan 18 yoshgacha shaxmatchilar o’rtasida Osiyo chempionati bo’lib o’tadi.

 

 

Musobaqada yurtimizning o'z yosh toifasidagi eng iqtidorli shaxmatchilari ishtirok etadi.

8 yoshgacha – Olimova Rukiya

10 yoshgacha- Hamdamova Afruza va Begmurodov Xumoyun

14 yoshgacha – Omonova Umida

18 yoshgacha – Abdisalimov Abdimalik

 

 

Musobaqaning rasmiy mehmonxonalari Vaskaduvadagi Citrus Hotel va JIE JIE Beach Hotel. Mehmonxonalar orasidagi masofa 2.5 km ni tashkil qiladi. Chempionat ushbu mehmonxonalarda bo'lib o'tadi.

 

Chempionatning rasmiy nizomi

qur'a natijalari

8 yoshgacha bolalar           8 yoshgacha qizlar 

10 yoshgacha bolalar         10 yoshgacha qizlar

12 yoshgacha bolalar        12 yoshgacha qizlar

14 yoshgacha bolalar        14 yoshgacha qizlar

16 yoshgacha bolalar        16 yoshgacha qizlar

18 yoshgacha bolalar        18 yoshgacha qizlar

8 yoshgacha bolalar           8 yoshgacha qizlar 

10 yoshgacha bolalar         10 yoshgacha qizlar

12 yoshgacha bolalar        12 yoshgacha qizlar

14 yoshgacha bolalar        14 yoshgacha qizlar

16 yoshgacha bolalar        16 yoshgacha qizlar

18 yoshgacha bolalar        18 yoshgacha qizlar

Новость дня
Чемпионат Азии среди школьников 2019С 19 по 29 июня в городе Ташкенте>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru