"Aeroflot Open 2019" xalqaro musobaqasi yakunlandi

автор: admin2962715 2019-02-27 просмотров: 1359

 

Rossiya poytaxti Moskva shahrida xalqaro "Aeroflot Open 2019" musobaqasi yakuniga yetdi. Mazkur nufuzli turnirda hamyurtlarimiz ham ishtirok etishdi.

Musobaqada munosib ishtirok etgan Yoqubboyev Nodirbekni Xalqaro grossmeyster talabini bajarganligi munosabati bilan muborakbod etamiz!

 

 

A guruhi

Musobaqaning so’nggi baxsida Yoqubboyev Nodirbek Rossiya vakili Kobalia Mixailni mag’lub etdi. Abdusattorov Nodirbek esa eronlik Firouzja Alirizo bilan baxsda musobaqadagi o’zining oltinchi durangini rasmiylashtirdi. Qayd etish joiz, Abdusattorov musobaqa davomida atigi bir marotaba mag’lubiyatga uchradi. Ammo duranglar soni ko’pligi evaziga sovrinli o’rinlar uchun kurashishda yetarli ochko jamg’arishga pand berdi. Ushbu guruhda ishtirok etgan yosh shaxmatchilarimizdan Sindarov Javohir ispaniyalik shaxmatchiga qarshi baxsni o’z foydasiga hal qilib, musobaqani g’alaba bilan yakunlagan bo’lsa, Vohidov Shamsiddin so’nggi turda Hindiston vakili Arjun Kalyanga mag’lub bo’ldi.

Musobaqa yakuniga ko’ra, A guruhida hamyurtlarimizdan eng yaxshi natijani Yoqubboyev Nodirbek qayd etdi. 5.5 ochko jamg’argan shaxmatchimiz 24-o’rindan joy egalladi. Ammo shuni qayd etish kerakki, 10-24-o’rinni egallagan shaxmatchilarning barchasi 5.5 ochkoga ega va faqatgina ba’zi qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga shaxmatchilar turli o’rinlarga taqsimlandi. Grossmeysterimiz Abdusattorov Nodirbek esa 5 ochko bilan 25-o’ringa joylashdi va bu yerda teskari holatga guvoh bo’lishimiz mumkin, ya’ni hamyurtimiz 5 ochko jamg’arganlar orasida eng yaxshi natijaga ega bo’ldi – 25 dan to 47-o’ringacha joylashgan ishtirokchilar 5 ochkoga ega. Umidli shaxmatchilarimizdan yana biri Sindarov Javohir musobaqa davomida 3.5 ochko jamg’argan holda, 83-o’ringa loyiq ko’rildi. Vohidov Shamsiddin esa 2.5 ochko bilan 96-o’ringa joylashdi.

A guruhida go’liblikni Estoniya vakili Kulaosts Kaido 7 ochko bilan qo’lga kiritdi. Musobaqa davomida uni ta’qib qilib kelgan armanistonlik Martirosyan Haik M. 7 ochko jamg’arib, qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga ikkinchi o’rin bilan kifoyalandi. Uchinchi o’rin esa Hindiston vakili Sasikiran Krishnanga nasib etdi.

Musobaqa jadvali

 

B guruhi

Nufuzi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan mazkur guruh baxslarida ishtirok etgan Abdisalimov Abdimalik so’nggi turda Rossiya vakili Khanin Semenga yutqazdi. Musobaqani ko’tarinki ruhda boshlagan holda barchamizi quvontirib, yetakchilar qatorida borgan hamyurtimiz FM Abdisalimov Abdimalik turnir o’rtalari va so’ngiga kelib, ketma ket ochkolar yo’qotishi musobaqa jadvalida yuqoriroq o’ringa davogarlik qilishiga pand berdi. Shu tariqa, 4.5 ochko bilan 62-o’rinda joy oldi. Mazkur guruhda qatnashgan Saydaliyev Saidakbar oxirgi ikki turda 1.5 ochko jamg’arib, ochkolari sonini 4.5 taga yetkazib, 70-o’rinni egalladi.

Musobaqada Ukraina vakili Bogdanovich Stanislav 7.5 ochko bilan g’olib bo’ldi. Ikkinchi o’rinni armanistonlik Harutyunian Tigran K. 6.5 ochko bilan egallagan bo’lsa, uchinchi o’rin huddi shuncha ochko jamg’argan Muradli Muhammad (Ozarbayjon)ga nasib etdi.

Musobaqa jadvali

 

C guruhi

Musobaqaning so’nggi turida hanyurtimiz Rahmatullayev Konstantin Hindiston vakili Sunyuktha C M N ga qarshi so’nggi tur baxsida mag’lubiyatga uchradi. Shunday qilib, faxriy shaxmatchimiz 3.5 ochko bilan musobaqani 74-o’rinda yakunladi. Turnirda esa g’oliblikni ukrainalik shaxmatchi 7.5 ochko bilan Ilyin Timofey qo’lga kiritdi. Ikkinchi hamda uchinchi o’rinlarni mos ravishda Bayarmandakh Balgan (Mo’guliston) va Gharagyozyan Artur (Armaniston) egallashdi.

Musobaqa jadvali

 

Musobaqada ishtirok etgan yosh shaxmatchilar o'rtasidagi reytingga e'tibor qaratadigan bo'lsak, shaxmatchilarimiz munosib natija ko'rsatishganligiga guvoh bo'lamiz. Yoqubboyev Nodirbek 4-o'rinni egallagan bo'lsa, Abdusattorov Nodirbek 5-natijani qayd etdi.

 

Hamyurtlarimiz turnirdagi ishtirokini tahlil qilishda davom etar ekanmiz, musobaqada ishtirok etgan shaxmatchilarimiz hali yoshligini hisobga olgan holda "Aeroflot Open 2019" musobaqasidagi hamyurtlarimiz ishtirokini qoniqarli baholasak boladi. Ammo ularning potensiali va aqliy qobiliyati bizni ulardan kattaroq natija umid qilishimizga undaydi. Shunday ekan, ularni qo'llab quvvatlagan holda, keyingi musobaqalarda omad tilab qolamiz!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Moskvada “Aeroflot Open” festivali davom etmoqda. Kecha hamyurtlarimiz 8-tur baxslarida ishtirok etishdi.

A guruhi

Xalqaro grossmeysterimiz Abdusattorov Nodirbek musobaqaning kuchli shaxmatchilaridan biri ozarbayjonlik Safarli Eltajga qarshi dona surib, g’alabaga erishdi. Yana bir shaxmatchimiz Yoqubboyev Nodirbek ushbu turda hindistonlik kuchli shaxmatchi Sethuraman S.P.ni mag’lub etib, barchamizi quvontirdi. Afsuski, musobaqada o’z imkoniyatlari darajasidan past ishtirok etayotgan Vohidov Shamsiddin Fransiya vakili Flom Gabrielga yutqazdi. Sindarov Javohir esa xitoylik Chen Qi B bilan baxsda durangga imzo chekdi. Ushbu natijalardan so’ng hamyurtlarimiz musobaqa jadvalidagi joylari biroz bo’lsada ijobiy tomonga o’zgardi. GM Abdusattorov Nodirbek birdaniga 19 pog’onaga “sakrab”, 24-o’ringa chiqib oldi. Yoqubboyev Nodirbek ham o’z o’rnini yaxshilab 36-o’ringa ko’tarildi. Vohidov Shamsiddin 95-o’rin va Sindarov Javohir 97-pog’onani egallab turishibdi. Turnir jadvalida hozircha Estoniya vakili Kulaots Kaido yetakchilik qilmoqda.

Musobaqa jadvali

 

B guruhi

Musobaqani ko’tarinki ruhda boshlagan hamyurtimiz FM Abdisalimov Abdimalik, afsuski, 8-tur baxsida rossiyalik Papin Vasiliyning qarshiligi yenga olmadi. Biroz ustunlik beruvchi oq donalarda o’ynagan raqibiga qarshi kechgan baxsda, Abdimalik mag’lubiyatga uchradi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so’ng, Abdisalimov Abdimalik musobaqa jadvalida 35-o’rinni egallab turibdi. Mazkur guruhda ishtirok etayotgan yana bir hamyurtimiz Saydaliyev Saidakbar, rossiyalik shaxmatchi Kirillov Dmitriyni mag’lub etib, ochkolari sonini 4 taga yetkazgan holda, 78-o’ringa ko’tarilib oldi.

Musobaqa jadvali

 

C guruhi

Ushbu turda ishtirokini davom ettirayotgan faxriy shaxmatchimiz Rahmatullayev Konstantin, 8-turda rossiyalik adashi Zezyulin Konstantinni mag’lub etdi. Hamyurtimiz hozircha 3.5 ochko bilan 67-pog’onani egallab turibdi.

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Moskvada “Aeroflot Open” festivali davom etmoqda. Kecha hamyurtlarimiz 7-tur baxslarida ishtirok etishdi.

A guruhi

Ushbu guruhda ishtirok etayotgan 4 nafar shaxmatchimiz mazkur turda umumiy hisobda 1 ochko jamg’ara olishdi. Yoqubboyev Nodirbek ukrainalik kuchli grossmeysterga imkoniyatni boy bergan bo’lsa, yana bir umidli shaxmatchimiz Vohidov Shamsiddin Ozarbayjon vakili Safarli Eltajga yutqazdi. Musobaqaning yana bir ozarbayjonlik kuchli shaxmatchilaridan biri Mamedov Rauf hamyurtimiz GM Abdusattorov Nodirbek bilan bellashdi. Munosib qarshilik ko’rsatgan shaxmatchimiz yakunda kuchli shaxmatchiga qarshi baxsda durangga erishdi. Ushbu guruhdagi oxirgi vakilimiz Sindarov Javohir hindistonlik Arjun Kalyan bilan baxsda durang o’ynadi. Musobaqa jadvaliga e’tibor beradigan bo’lsak, hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijani hozircha GM Abdusattorov Nodirbek ko’rsatmoqda – 43-o’rin. Yoqubboyev Nodirbek 60-o’rinni egallab turgan bo’lsa, Vohidov Shamsiddin 87, Sindarov Javohir 97-o’rinlarni band etishgan.

Musobaqa jadvali

 

B guruhi

Nufuzi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan mazkur guruhda ishtirokini davom ettirayotgan vakilimiz FM Abdisalimov Abdimalik rossiyalik Kozionov Kirillni mag’lub etib, 4.5 ochko jamg’argan holda, 21-o’ringa ko’tarilib oldi. Yana bir shaxmatchimiz Saydaliyev Saidakbar, 7-tur yakunlariga ko’ra, 3 ochko bilan 98-o’rinni egallab turibdi. Mazkur turda Saidakbar rossiyalik Dudin Glebga oq donalarda yutqazgan edi.

Musobaqa jadvali

 

 

C guruhi

Hamyurtimiz Rahmatullayev Konstantin 7-tur baxsida Mog’uliston vakili Dulguun Altankhuyagga mag'lub bo'ldi. Vakilimiz 2.5 ochko bilan 84-o’rinda bormoqda.

Musobaqa jadvali

 

Shaxmatchilarimiz potensialini hisobga olgan holda, biz ulardan yaxshiroq natija kutishga haqlimiz. Shunday ekan, biz ularga bo’lajak baxslarda omad tilaymiz!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Moskva shahrida "Aeroflot Open" xalqaro festivali o’zining qizg’in pallasiga kirib bormoqda. Kecha musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz 6-baxlarini o’tkazishdi.

A guruhi

Xalqaro grossmeysterimiz Abdusattorov Nodirbek Ispaniya vakili Anton Guijarro Davidga mag’lub bo’ldi. Ikki shaxmatchimiz Yoqubboyev Nodirbek va Sindarov Javohir raqiblariga qarshi kechgan baxsda durangga imzo chekishdi. Ushbu guruhda quvontirgan yagona natijani Vohidov Shamsiddin taqdim eta oldi. Xitoylik shaxmatchi Chen Qi B ga qarshi kechgan uchrashuvda, hamyurtimiz oq donalarda g’alaba qozondi.

Musobaqa jadvali

 

B guruhi

Ushbu guruhda qatnashayotgan hamyurtimiz Abdisalimov Abdimalik 5-6-tur baxslarida ishtirok etdi. Turli kayfiyat taqdim etgan turlarda Abdimalik dastlab rossiyalik Gaifullin Arturga mag’lub bo’lgan bo’lsa, 6-tur baxsida AQSh vakili Cervantes Landeiro Thalia ustidan g’alaba qozondi. Mazkur guruhda yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan yana bir shaxmatchimiz Saydaliyev Saidakbar har ikkala turda hindistonlik shaxmatchilarga qarshi dona surib, har ikkala baxsda durang qayd etdi.

Musobaqa jadvali

 

C guruhi

 

Mazkur guruhda 6-tur baxslari yakuniga yetdi. Hamyurtimiz Rahmatullayev Konstantin rossiyalik shaxmatchi Smirnova Ekaterinaga qarshi baxsda mag’lubiyatga uchradi.

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Rossiya poytaxti Moskva shahrida "Aeroflot Open" xalqaro festivali davom etmoqda. Kecha hamyurtlarimiz 4-5-tur baxlarida ishtirok etishdi.

A guruhi

Xarqaro grossmeysterimiz Abdusattorov Nodirbek  rossiyalik shaxmatchilar Syugirov Sanan va Sarana Alekseyga qarshi baxslarda durangga imzo chekdi. Ushbu guruhdagi yana bir vakilimiz Yoqubboyev Nodirbek dastlab fransiyalik Flan Gabrielni mag'lub etgan bo'lsa, 5-turdan o'rin olgan hindistonlik Ganguly Suryaga qarshi baxsda durangga rozi bo'ldi. Ushbu guruhda ishtirok etayotgan umidli shaxmatchilarimizdan biri Vohidov Shamsiddin 4-5-turlaridan o'rin olgan Rossiya va Gollandiya vakillariga qarshi baxslarda durangga rozi bo'ldi. Mazkur guruhdagi so'nggi vakilimiz Sindarov Javohir Ruminiya vakili Gavrilesku Davidga mag'lub bo'ldi.

Musobaqa jadvali

 

B guruhi

Mazkur guruhda ishtirok etayotgan FM Abdisalimov Abdimalik dastlabki mag'lubiyatini aynan 4-turda Ozarbayjon vakili Muradi Muhammaddan qabul qilib oldi. Saydaliyev Saidakbar esa hindistonlik Srihari L B bilan durang o'ynadi.

Musobaqa jadvali

 

C guruhi

Ushbu guruhda qatnashayotgan hamyurtimiz Rahmatullayev Konstantin 4-5-tur baxslarini o'tkazdi. Dastlab Qozog'iston vakili Nurgaliyev Sauatga qarshi baxsda durangga imzo chekkan shaxmatchimiz, 5-tur baxsida rossiyalik Yarikov Artyomni mag'lub etdi.

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Moskvada “Aeroflot Open” festivali davom etmoqda. Kecha hamyurtlarimiz 3-tur baxslarida ishtirok etishdi.

A guruhi

Xalqaro grossmeysterimiz Abdusattorov Nodirbek musobaqadagi dastlabki g’alabasini Belorus vakili Kovalev Vladislavga qarshi baxsda rasmiylashtirdi. Qayd etish joiz, ushbu beloruslik shaxmatchi musobaqada 5-raqamda saralangan kuchli grossmeysterlardan biri hisoblanadi. A guruhida ishtirokini davom ettirayotgan yana sportchimiz Yoqubboyev Nodirbek ketma ket uchinchi uchrashuvda durang qayd etdi. Bu safar rossiyalik Murzin Volodarga qarshi baxsda sodir bo’ldi. Mazkur guruhda kutilgandanda muvaffaqiyatsiz ishtirok etayotgan vakillarimiz Sindarov Javohir va Vohidov Shamsiddin musobaqadagi dastlabki ochkolarini qo’lga kiritishdi. Har ikkala shaxmatchimiz hindistonlik grossmeysterlarga qarshi dona surishdi. O’ziga hos O’zbekiston-Hindiston to’qnashuvida durang qayd etildi.

Musobaqa jadvali

 

B guruhi

Mazkur guruhda hozircha mag’lubiyatsiz ishtirok etayotgan Abdisalimov Abdimalik 3-turda ochko yo’qotdi desak mubolag’a bo’lmaydi. O’ziga hos O’zbekiston-Hindiston to’qnashuvi davom ettirilgan turda, hamyurtimiz hind yurti vakili bilan durangga imzo chekdi. Ushbu guruhdagi yana bir vakilimiz Saydaliyev Saidakbar xitoylik Ning Kaiyuga qarshi baxsda durangga rozi bo’ldi.

Musobaqa jadvali

C guruhi

Hamyurtimiz Rahmatullayev Konstantin Rossiya vakili Yakimenko Aleksandrga mag’lub bo’ldi.

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Moskvada “Aeroflot Open” festivali davom etmoqda. Festivalning asosiy A guruhida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz 2-tur baxslarini o’tkazishdi

Abdusattorov Nodirbek Isroil vakili Nabaty Tamir bilan baxsda durangga rozi bo’ldi. Xalqaro shaxmat ustasi Yoqubboyev Nodirbek esa Hindiston vakili Arjun Kalyan bilan baxsda musobaqadagi ketma ket ikkinchi durangni qayd etdi. Afsuski, ushbu guruhdan joy olgan yana ikki vakilimiz Sindarov Javohir va Vohidov Shamsiddin turnirdagi ketma ket ikkinchi mag’lubiyatni qabul qilib olishdi.

Musobaqa jadvali

 

 

Festivalda nufuzi bo’yicha ikkinchi turuvchi B guruhi musobaqalarida qatnashayotgan vakilimiz Abdisalimov Abdimalik turnirdagi ikkinchi g’alabasini rossiyalik Ulko Jaroslavga qarshi baxsda rasmiylashtirdi. Musobaqa jadvalida hamyurtimiz hozircha yetakchilardan biri bo’lib turibdi. Quvonarlisi, mazkur guruhda ishtirok etayotgan yana bir hamyurtimiz Saydaliyev Saidakbar dastlabki turni omadsiz boshlashiga qaramasdan, ikkinchi turda Rossiya vakili Zilbert Olegni mag’lub etishning uddasidan chiqdi.

Musobaqa jadvali

C guruhida qatnashayotgan shaxmatchimiz Rahmatullayev Konstantin ukrainalik Zhurba Valerini mag’lub etdi.

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

Moskva shahrida  an’anaviy “Aeroflot Open” xalqaro turnirining A va B guruhlarida birinchi tur baxslari o’tkazildi.  

Afsuski, A guruhida qatnashayotgan 4 ta vakilimizdan 2 tasi mag’lub bo’lgan bo’lsa, qolgan 2 tasi durangga imzo chekishdi. Musobaqada vakillarimizdan eng yuqori reytingga ega Yoqubboyev Nodirbek moldovalik FIDE ustasi Schitco Ivan bilan o’yinda durang qayd etdi. Yana bir grossmeysterimiz Abdusattorov Nodirbek rossiyalik kuchli shaxmatchi Dubov Danil bilan durang o’ynadi. Yosh shaxmatchilarimiz Sindarov Javohir va Vohidov Shamsiddin, avval xabar berganimizdek, eronlik (Firuzja Alirizo) va rossiyalik (Chigayev Maksim) shaxmatchilarga qarshi kutilgan uchrashuvlarda mag’lubiyatga uchrashdi.

Musobaqa jadvali

B guruhida o’z ishtirokini boshlagan yana bir hamyurtimiz Saydaliyev Saidakbar Xitoy vakili Zhu Yilunga imkoniyatni boy berdi.

Musobaqa jadvali

Kecha Moskva shahrida,Aeroflot Open xalqaro festivali C guruhi vakillari dastlabki tur baxslarini o’tkazishdi. Musobaqada ishtirok etayotgan vakilimiz Rahmatullayev  Konstantin rossiyalik Rozanov Pavel B. ga imkoniyatni boy berdi. Keyingi turda hamyurtimiz ukrainalik shaxmatchi Zhurba Valeriga qarshi bellashadi.

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

Bugun Rosssiya poytaxti, Moskva shahrida an’anaviy Aeroflot Open xalqaro musobaqasi start oladi. Avval habar berganimizdek, ushbu nufuzli festivalda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi.

Yosh grossmeysterimiz Abdusattorov Nodirbek musobaqani rossiyalik Dubov Danilga qarshi baxs bilan boshlaydi. Yana bir yosh shaxmatchilarimizdan biri IM Sindarov Javohir Eron vakili Firouzja Alirizoga qarshi bellashadi. Xalqaro masterimiz Vohidov Shamsiddin esa Rossiya Federatsiyasi vakili Chigayev Maksimga qarshi dona suradi. A guruhidan joy olgan yana bir shaxmatchimiz Yoqubboyev Nodirbek moldovalik Schitko Ivan qarshi baxs bilan musobaqani boshlaydi.

Musobaqa jadvali

B guruhida ishtirok etadigan Saydaliyev Saidakbar va FM Abdisalimov Abdimalik bugun musobaqadagi yurishlarini boshlaydilar. Saidakbar xitoylik Zhu Yilun bilan baxs olib borsa, Abdimalik Hindiston vakili Gagare Shalmaliga qarshi dona suradi.

Musobaqa jadvali

C guruhida esa hamyurtimiz Rahmatullayev Konstantin rossiyalik Rozanov Pavel B. ga qarshi baxs bilan musobaqadagi ishtirokini boshlaydi.

Musobaqa jadvali

Eslatib o’tamiz, A guruhida reytingi 2549 dan yuqori bo’lgan shaxmatchilar ishtirok etadi. B guruhi vakillari 2299-2550 reytingga ega shaxmatchilar qatnashadi. Va nihoyat, C guruhi qatnashchilari 2300 dan kam reytingga ega shaxmatchilardan iborat

Musobaqa jadvali

Новость дня
«Ташкентская Зима» 2019В период с 26 ноября по 5 декабря в здании Международной Шахматной Академии в городе Ташкенте пройдёт традиционный рейтинговый турнир по шахматам, «Ташкентская Зима» 2019.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru