Toshkent bahori 2019

автор: admin132 2019-03-01 просмотров: 1338

 

Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro Shaxmat Akademiyasida an’anaviy “Toshkent bahori 2019” reyting musobaqasi yakuniga yetdi.

A guruhida 9 turda 8 ochko jamg’argan Toshkent viloyati vakili Rahmatullayev Almas  g’olib bo’ldi. Ikkinchi o’rinni 7 ochko bilan toshkentlik Safarov Doniyor band etgan bo’lsa, uchinchi o’rinni 13 yoshli Madaminov Muhiddin (Toshkent shahri) egalladi. 

Shuningdek, faxriylar orasida eng yaxshi natijani Yo’ldoshev Shovkat qayd etgan bo’lsa, qizlar orasida Yuliya Xegay va Robiyaxon Sardorova, 10 yoshgacha o’gil-qizlar orasida Omonov Asrorjon,  12 yoshlilar orasida Suyarov Muhammadzohid, 14 yoshlilar orasida Faxriddinxo’jayev Umarxon hamda 16 yoshlilar orasida Bahrillayev Bahrom eng yaxshi natijani namoyish etishdi.

B guruhida esa Rahmatullayevlar oilasining kichik vakili Akjol g’olib bo’ldi. Qayd etish joiz, Akjol musobaqani 8.5 ochko jamg’argan holda mag’lubiyatsiz yakunladi. Ikkinchi o’rinni qashqadaryolik Umarov Bexruz 7.5 ochko bilan band etgan bo’lsa, uchinchi o’rin esa toshkentlik Avazxonov Alixonga (7 ochko) nasib etdi.

Shuningdek, 8 yoshgacha o’g’il bolalar orasida eng yaxshi natijani Islomov Islombek, 10 yoshlilar orasida Yahyoyev Farruh, 12 yoshlilar orasida esa Beknazarov Bekmuhammad qayd etishgan bo’lishsa, qizlar orasida Hamidova Yulduzxon (8 yoshgacha),  Imomqo’ziyeva Nilufarxon (10 yoshagacha), Abdumannonova Shoxona (12 yoshgacha) va Abdumannopova Shahina (14 yoshgacha) o’z yosh toifalarida tengsiz deya e’tirof etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

A GURUHI QUR'A NATIJALARI

B GURUHI QUR'A NATIJALARI

 

3-apreldan 12-aprelga qadar Toshkent shahrida an’anaviy “Toshkent bahori 2019” reyting musobaqasi bo’lib o’tadi.

 

Musobaqani o’tkazish va uni tashkil qilish O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasi hamda “Central Chess Club” MChJ tomonidan amalga oshiriladi.

Musobaqa Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabida bo’lib o’tadi.

Turnir elektron soatlarda shveytsar tizimi bo’yicha o’tkaziladi. 9 tur davom etadigan musobaqa 2 guruhga bo’lingan holda tashkil qilinadi - A va B:

A guruhi asosiy guruh bo’lib, xalqaro reytingga ega shaxmatchilar ishtirok etadi.

B guruhida 2006-yilda tug’ilgan bolalar qatnashadi.

Ro’yxatga olishning so’nggi kuni - 3-aprel, 10:00 dan 17:00 gacha (tushlik vaqti - 13:00-14:00). Ro’yxatdan o’tkazilish uchun O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasi hisob raqamiga o’tkazilgan to’lov kvitansiyasini taqdim etish talab etiladi.

 

Markaziy Shaxmat Klubi

Hisob raqami

2020 8000 7009 0295 3001

ИНН 305 632 887

Bank nomi

«DAVR BANK» ХАТБ

МФО 00981

 

Batafsil ma'lumot ushbu nizomda

 

 

Musobaqa taqvimi 

 

3 aprel

10:00-17:00

Ro’yhatga olish

4-aprel

 

13:50

Ochilish marosimi

14:00

1-tur

5-aprel

14:00

2-tur

6-aprel

14:00

3-tur

7-aprel

 

9:00

4-tur

14:00

5-tur

8-aprel

14:00

6-tur

9-aprel

14:00

7-tur

10-aprel

14:00

8-tur

11-aprel

10:00

 

9-tur

Yopilish marosimi

12-aprel

 

9:00

Rapid bo’yicha musobaqa

 

 

Новость дня
Чемпионат мира среди кадетов по рапиду и блицу 2019.17 августа во Дворце спорта г. Минск завершился III Чемпионат мира среди кадетов по быстрым шахматам среди мальчиков и девочек до 8, 10 и 12 лет.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru