Xalqaro Shaxmat Akademiyasida Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan XIII TASHKENT OPEN yakunlandi.

автор: admin2962715 2019-03-19 просмотров: 2249

Toshkent shahridagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasi (sobiq Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar shaxmat maktabi)da O’zbekiston birinchi grossmeysteri – Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan 13chi TASHKENT OPEN xalqaro musobaqasi yakuniga yetdi.

 

A guruhi g’olib va sovrindorlari

1. Fedorov Alexei (Belorus)

2. Vokhidov Shamsiddin (O’zbekiston)

3. Fier Alexandr (Braziliya)

 

 

«Ayollar orasida eng yaxshi natija»

1. Kurbonboeva Sarvinoz (Узбекистан)

2. Yakubbaeva Nilufar (Узбекистан)

3. Saparova Sitora (Узбекистан)

 

 

 «20 yoshgacha yigitlar orasida eng yaxshi natija»

1. Kazakovskiy Valeriy (Belorus)

2. Abdisalimov Abdimalik (O’zbekiston)

3. Nigmatov Ortik (O’zbekiston)

 

 

Номинация «Faxriylar orasida eng yaxshi natija»

1. Mishuchkov Nikolai (Rossiya)

2. Turaev Hairilla (O’zbekiston)

 

 

«20 yoshgacha qizlar orasida eng yaxshi natija»

Omonova Umida (O’zbekiston)

 

Musobaqa yakuniy jadvali

 

B guruhi

 

 

1. Abduraimov Server (O’zbekiston)

2. Muzafarov Avazbek (O’zbekiston)

3. Shernazarov Temur (O’zbekiston)

 

Ayollar orasida eng yaxshi natija

Bobomurodova Maftuna (O’zbekiston)

 

 

«14 yoshgacha bolalar orasida eng yaxshi natija»

Sharipov Davron (O’zbekiston)

 

Musobaqa yakuniy jadvali

 

 

Musobaqa yakunlariga ko’ra, quyidagi ishtirokchilar xalqaro unvon talablarini bajarishdi:  Vohidov Shamsiddin (O’zbekiston) - xalqaro grossmeyster, Yoqubboyeva Nilufar (O’zbekiston) - xalqaro ayol grossmeysteri, Danielyan Vahe (Armaniston) – xalqaro grossmeyster, Saparova Sitora (O’zbekiston) – xalqaro ayol masteri talablari bajarildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro Shaxmat Akademiyasida davom etayotgan Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan XIII TASHKENT OPEN xalqaro musobaqasi qizg’in pallasiga kirib bormoqda. Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan XIII TASHKENT OPEN xalqaro musobaqasining har bir turi qiziqarli o’tmoqda. Qur’a natijalari bizga har turda guruh yetakchilari to’qnashuvini taqdim etmoqda.

 

 

A guruhi. 8-tur

Turning markaziy uchrashuvlaridan birida beloruslik yengilmas shaxmatchi GM Fedorov Alexei, o’zining mag’lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.  Mazkur turda u Armaniston vakili FM Danielyan Vahe ni yengdi.

 

 

Saydaliev Saidakbar, ishonchli o’yinlari bilan yurtimiz shaxmat ixlosmandlarini quvontirishda davom etmoqda. Ushbu turda hamyurtimiz musobaqaning kuchli grossmeysterlaridan biri GM   Fier Alexandr (Braziliya) ni mag’lub etib, so’nggi tur oldidan turnirda g’oliblikka asosiy da’vogarlardan biri bo’lib oldi.

 

 

Musobaqaning birinchi raqamli ishtirokchisi GM Grigoryan Karen H. (Armaniston) o’zbekistonlik yosh iqtidorli shaxmatchi IM  Vokhidov Shamsiddin ga qarshi bahsda durang qayd etdi. Yana bir hamyurtimiz FM Abdisalimov Abdimalik, afsuski, beloruslik grossmeyster IM  Kazakovskiy Valeriy ga mag’lub bo’ldi. Shu tariqa, Abdimalik musobaqada g’olib chiqish imkoniyatini yo’qotgan bo’lsada, sovrinli o’rinlar uchun kurashish imkoniyati hamon saqlanib turibdi.

 

 

Ertaga, so’nggi 9- turda, hamyurtimiz  Saydaliev Saidakbar, hamda Belorus vakili GM Fedorov Alexei o’rtasida chempionlik bahsi o’tkaziladi. Qo’shimcha ko’rsatkichlarga e’tibor beradigan bo’lsak, hamyurtimizni faqatgina g’alaba qanoatlantiradi.

 

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

9-tur qur’asi

 

 

B guruhi. 8-tur

Egamberdiev Asad va Ibrokhimov Mukhammadali o’rtasidagi turning markaziy bahsida durang qayd etildi. Yana bir qiziqarli uchrashuvda  Samandarov Sherzod Atakhanov Sanjar ni mag’lub etgan bo’lsa, musobaqa yetakchilaridan biri Abduraimov Server Kholmamatov Islombek ni taslim etdi.

 

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

9-tur qur’asi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro Shaxmat Akademiyasida davom etayotgan Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan XIII TASHKENT OPEN xalqaro musobaqasi qizg’in pallasiga kirib bormoqda. Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan XIII TASHKENT OPEN xalqaro musobaqasining har bir turi qiziqarli o’tmoqda. Qur’a natijalari bizga har turda guruh yetakchilari to’qnashuvini taqdim etmoqda.

 

 

A guruhi

O’tgan turda IM Vokhidov Shamsiddin ni yengib, musobaqa jadvalida yakka peshqadamga aylangan Braziliya vakili GM Fier Alexandr, yaqin taqibchisi beloruslik GM Fedorov Alexei bilan bahs yuritdi. Biroz ustunlik beruvchi oq donalarda o’ynaganiga qaramay, Lotin Amerikasi vakili yakunda mag’lub bo’ldi.

 

 

Asta sekinlik bilan peshqadamlarga yaqinlashib kelayotgan tojikistonlik mahoratli shaxmatchi IM Khusenkhojaev Muhammad, musobaqada birinchi raqamda saralangan GM Grigoryan Karen H. (Armaniston) bilan durangga erishdi. O’zbek shaxmati ixlosmandlari e’tibor markazida hamyurtimiz Saydaliev Saidakbar ning rossiyalik GM Ivanov Sergey ga qarshi kechgan uchrashuvi bo’ldi. Qora donalarda bahs yuritgan hamyurtimiz yakunda muhim g’alabani qo’lga kiritdi.

 

 

Yana bir umidli shaxmatchimiz IM Vokhidov Shamsiddin hamyurtimiz GM Barsov Alexei ni yengib, yetakchilar qatoriga qo’shildi. Musobaqani ishonchli boshlab, yetakchilar qatorida borgan eronlik grossmeyster GM Pourramezanali Amirreza, ketma ket uchinchi bahsda mag’lubiyatga uchradi. Hamyurtimiz FM Abdisalimov Abdimalik ga yengilgan Fors shaxmatchisining musobaqadagi g’alabasiz seriyasi to’rtta o’yinga yetdi.

 

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

8-tur qur’asi

 

 

B guruhi

Musobaqa jadvalida peshqadamlar qatorida borgan Sharipov Davron, turnirda dastlabki mag’lubiyatini qabul qilib oldi. Mazkur qoqilish Sharipov Davron ni jadvalda kuchli o’ntalikdan ravona bo’lishiga sabab bo’ldi. Musobaqani barqaror o’tkazayotgan Ibrokhimov Mukhammadali navbatdagi g’alabasini Bakhrillaev Bakhrom ga qarshi bahsda rasmiylashtirdi.

 

 

Qozog’istonlik Orazayev Nurel hamyurtimiz Abduraimov Server ga oq donalarda mag’lub bo’ldi.  Abdurakhimov Botir esa Atakhanov Sanjar ga yengildi. O’zbekistonlik shaxmatchi Samandarov Sherzod 14 yoshgacha O’zbekiston vitse chempioni Bobomurodova Maftuna ni mag’lubiyatga uchratdi.

 

 

Musobaqa jadvalida Ibrokhimov Mukhammadali 6.5 ochko bilan peshqadam bo’lib turibdi. Ikkinchi o’rinda huddi shuncha ochko jamg’argan Egamberdiev Asad borayotgan bo’lsa, kuchli uchlik 6 ochko bilan Atakhanov Sanjar yakunlab turibdi.

 

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

8-tur qur’asi

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro Shaxmat Akademiyasida davom etayotgan Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan XIII TASHKENT OPEN xalqaro musobaqasi qizg’in pallasiga kirib bormoqda. Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan XIII TASHKENT OPEN xalqaro musobaqasining har bir turi qiziqarli o’tmoqda. Qur’a natijalari bizga har turda guruh yetakchilari to’qnashuvini taqdim etmoqda.

 

 

A guruhi. 6-tur

Nafaqat turning, balki musobaqaning markaziy uchrashuvi deya e’tirof etilgan hamyurtimiz IM Vokhidov Shamsiddin va braziliyalik GM Fier Alexandr o’rtasidagi bahs yakunlandi. Musobaqa bezagiga aylangan uchrashuvda hamyurtimiz, afsuski, turnirdagi dastlabki maglubiyat alamini totib ko’rdi.

 

 

Yetakchilarni taqib qilayotgan FIDE ustasi, FM Tillyaev Ulugbek (O’zbekiston), musoqaning birinchi raqamli shaxmatchisi, armanistonlik GM Grigoryan Karen H. bilan bellashdi. Kuchli raqibga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz durangga imzo chekdi.

Turnirni mag’lubiyatsiz davom ettirayotgan Belorus shaxmatchisi GM Fedorov Alexei, hamyurti IM Kazakovskiy Valeriy ga qarshi dona surdi. O’ziga xos Belorus derbisida do’stona durang qayd etildi.

 

 

Mutaxasislarimiz e’tibor markazida o’zbek shaxmati kelajagi sifatida qaralayotgan WCM Omonova Umida ning FIDE ustasi FM Rustamov Alisher ga qarshi uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda durang qayd etildi. So’nggi ikki turdan beri g’alaba qozona olmayotgan eronlik GM Pourramezanali Amirreza hamyurtimiz GM Barsov Alexei bilan bahsda, o’zi uchun noxush seriyani davom ettirdi. Grossmeysterimiz qora donalarda kuchli raqibini mag’lubiyatga uchratdi.

 

 

Mazkur turdan so’ng Braziliya vakili GM Fier Alexandr 5.5 ochko bilan yakka peshqadamlikni qo’lga oldi. Keyingi o’rinlarda bir yo’la 10 ta shaxmatchi 4.5 ochko jamg’argan holda, qo’shimcha ko’rsatkichlarga ko’ra o’rinlarni egallab turishibdi.

 

onlayn partiyalar

Musobaqa jadvali

Barcha uchrachuvlar

7-tur qur’asi

 

 

B guruhi. 6-tur

 Musobaqa jadvalida 4.5 ochkodan jamg’argan 4 guruh yetakchisi o’zaro bahs yuritishdi. Shernazarov Temur oq donalarda Egamberdiev Asad ga qarshi dona surib, mag’lubiyatga uchradi. Yana bir uchrashuvda Khaydarov Komiljon esa Ibrokhimov Mukhammadali ga yengildi.

 

 

Musobaqada birinchi raqamda saralangan Sharipov Davron, musobaqa sensatsiyasiga aylanishi kutilayotgan Bobomurodov Mahmud ni taslim etgan bo’lsa, yosh iqtidorli shaxmatchilarimizdan biri WCM Khamdamova Afruza, musobaqani ishonchli o’tkazayotgan Bakhrillaev Bakhrom ga mag’lub bo’ldi.

 

 

O’z yosh toifasida yurtimizning yetakchi shaxmatchilaridan hisoblangan Khusainova Ozoda mag’lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Oq donada bahs yuritgan Ozoda CM Avazkhonov Alikhon taslim etdi.

 

Musobaqa jadvali

Barcha uchrachuvlar

7-tur qur’asi

 

 

 

 

 

 

 

 

A guruhi. 5-tur

A guruhining eng markaziy uchrashuvi so’zsiz IM Vokhidov Shamsiddin (O’zbekiston) va GM Pourramezanali Amirreza (Eron) o’rtasida kechdi. Musobaqa yakka peshqadamini aniqlab beradigan mazkur bahsda, hamyurtimiz oq donada raqibini mag’lub etdi. Guruh peshqadamligiga da’vogarlik qilayotgan yana bir shaxmatchimiz IM Yakubboev Nodirbek ikkinchi o’rinda borayotgan GM Fier Alexandr (Braziliya) ga imkoniyatni boy berdi.

 

 

Armanistonlik GM Grigoryan Karen H. ukrainalik xalqaro master IM Sitnikov Anton yengib, uchinchi o’ringa chiqib oldi. Umidli yosh shaxmatchimiz WCM Omonova Umida tajribali FM Fayzullaev Akmal ga imkoniyatni boy berdi.

 

 

Yana bir umid bildirayotgan shaxmatchimiz FM Abdisalimov Abdimalik Rossiya vakili GM Ivanov Sergey ga yutqazgan bo’lsa, ozarbayjonlik grossmeyster GM Mirzoev Azer Tojikiston vakili IM Khusenkhojaev Muhammad ga imkoniyatni boy berdi. Musobaqa jadvalida braziliyalik GM Fier Alexandr 4.5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Huddi shuncha ochko jamg’argan hamyurtimiz  IM Vokhidov Shamsiddin  qo’shimcha ko’rsatkichlarga ko’ra ikkinchi o’ringa joylashgan.

 

onlayn partiyalar

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

6-tur qur’asi

 

 

B guruhi. 5-tur

Markaziy bahsda Ibrokhimov Mukhammadali va Shernazarov Temur o’zaro bellashishdi. Mag’lubiyatsiz odimlayotgan har ikkala shaxmatchi durangga rozi bo’lishdi. 12 yoshgacha O’zbekiston chempionatida o’zini ko’rsatgan Bakhrillaev Bakhrom qora donalarda Bobokhodjaev Bobur bilan durangga imzo chekdi.

 

 

Yana bir qiziqarli kechgan bahsda Abduraimov Server Samandarov Sherzod bilan qora donalarda musobaqadagi ikkinchi durangini rasmiylashtirdi. Samarqandlik WCM Khamdamova Afruza turnir yetakchilaridan biri Ibodullaev Murodulloga qarshi dona surdi. Qiziqarli o’tgan bahsda musobaqaning ikkinchi raqamli o’yinchisi Ibodulla, ko’hna shahar vakilasiga imkoniyatni boy berdi.

 

 

Qizg’izistonlik Sulaimanov Tilekmatali hamyurtimiz Khaydarov Komiljonga yengilgan bo’lsa, o’zbekistonlik Abdukhakimov Akbarali, birinchi turdagi mag’lubiyatdan so’ng ketma ket to’rtinchi g’alabisini Sayfullaev Shokhjahonga qarshi bahsda qo’lga kiritdi.

 

 

Musobaqa jadvalida 4.5 ochkoga ega to’rt nafar shaxmatchi orasida faqatgina qo’shimcha ko’rsatkichlarga ko’ra Ibrokhimov Mukhammadali yetakchilik qilmoqda. Keying turda ushbu to’rt o’yinchi o’zaro bellashishini hisobga olsak, musobaqa jadvalida yakka peshqadam paydo bo’lishi tahmin qilishimiz mumkin.

 

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

6-tur qur’asi

 

 

 

 

 

 

 

A guruhi

Toshkentda davom etayotgan Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan xalqaro musobaqaning 4-tur bahslari o’tkazildi. Mazkur turda shaxmat ixlosmandlari musobaqa jadvali yetakchilarining o’zaro to’qnashuvlariga guvoh bo’lishdi. Musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan ikki shaxmatchi  GM Pourramezanali Amirreza (Eron) va GM Fier Alexandr (Braziliya) o’zaro bahs yuritishdi. Qiziqarli kechgan bahsda tomonlar murosaga kelishdi. Mazkur natija ularga 3.5 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam sifatida qolish imkonini berdi.

 

 

Ikki yetakchining ochko yoqotishidan IM Yakubboev Nodirbek unumli foydalana olmadi. Beloruslik IM Kazakovskiy Valeriy ga qarshi oq donalarda bahs yuritgan hamyurtimiz yakunda durangga rozi bo’ldi. Yana bir qiziqarli uchrashuvda ozarbayjonlik GM Mirzoev Azer  musobaqaning birinchi raqamli shaxmatchisi  GM Grigoryan Karen H. bilan durangga imzo chekdi.

Yetakchilar qatoriga intilayotgan yosh umidli shaxmatchimiz IM Vokhidov Shamsiddin haqiqiy matonat ko’rsatgan holda armanistonlik FM Danielyan Vahe ni qora donalarda mag’lub etishning uddasidan chiqdi. Ushbu natijadan so’ng Shamsiddin 3-o’ringa ko’tarilib oldi.

 

 

Qozog’istonlik CM Urazayev Arystanbek rossiyalik grossmeyster GM Ivanov Sergey bilan bahs yuritib durangga erishdi.  Faxrli shaxmatchimiz IM Egin Vladimir afg’onistonlik CM Kanz Ahmad Safy ga qarshi kechgan bahsda o’zining musobaqadagi ikkinchi g’alabasini rasmiylashtirdi.

 

 

onlayn partiyalar

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

5-tur qur’asi

B guruhi

Mazkur guruhda yetakchilik qilayotgan ishtirokchilar ham o’zaro kuch sinashishdi. Ibodullaev Murodullo Ibrokhimov Mukhammadali ga mag’lub bo’lgan bo’lsa, hamyurtimiz Suleymanov Mirabbas Qirg’izistonning iqtidorli shaxmatchisi Sulaimanov Tilekmatali ga qarshi o’tgan bahsda, o’zining musobaqadagi ketma ket to’rtinchi g’alabasini qo’lga kiritdi.

 

 

O’zbekistonning 8 yoshgacha bo’lgan qizlar o’rtasida tengsiz shaxmatchimiz Jumaeva Malika hamyurti Khursandova Ozoda ga kutilmaganda imkoniyatni boy berdi. Rahmatullayevlarning kichigi Akjol o’zbekistonlik Khakimov Anvarni oq donalarda taslim etdi. Qozog’iston vakilasi Chu Viktoriya O’zbekiston vitse chempioni (16 yoshagacha) Sardorova Robiyakhon ga mag’lub bo’ldi. Musobaqa jadvalida 4 tadan ochkoga ega Shernazarov Temur va Ibrokhimov Mukhammadali peshqadam bo’lib turishibdi.

 

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

5-tur qur’asi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

A guruhi. 3-tur

Turning markaziy uchrashuvlaridan birida armanistonlik grossmeyster GM Grigoryan Karen H. Qozog’iston vakili  CM Urazayev Arystanbek ga qarshi kechgan bahsda durangga imzo chekdi.  Musobaqa favoritlari qatoriga hech shubxasiz qo’shsa bo’ladigan yosh iqtidorli shaxmatchimiz IM Yakubboev Nodirbek rossiyalik grossmeyster GM Ivanov Sergey bilan durang o’ynadi.

 

 

O’z vaqtida Magnus Karlsenni “hafa” qilgan  IM Vokhidov Shamsiddin va Belorus shaxmatchisi GM Fedorov Alexei o’rtasidagi bahsda ham durang qayd etildi. O’zbekistonning o’z yosh toifasidagi (18 yoshgacha) chempioni FM Abdisalimov Abdimalik iqtidorli shaxmatchilardan biri WIM Baymuratova Sevara ni qora donalarda mag’lub etdi.

 

 

Rossiyalik IM Mishuchkov Nikolai M. O’zbekiston vitse chempioni (14 yoshgacha) Madaminov Mukhiddin ga qarshi kechgan bahsda durangga rozi bo’ldi. Eron vakili GM Pourramezanali Amirreza shaxmatchimiz  IM Nigmatov Ortik ustidan zafar quchgan bo’lsa, yana bir yurtimizning o’z yosh toifasida tengsiz hisoblangan WCM Omonova Umida hamyurti  Dustov Lochin ni mag’lubiyatga uchratdi.

 

 

onlayn partiyalar

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

4-tur qur’asi

 

 

B guruhi. 3-tur

O’zbekistonlik shaxmat ixlosmandlarining e’tibor markazida so’zsiz 14 yoshgacha O’zbekiston vitse chempioni Bobomurodova Maftuna va 10 yoshgacha O’zbekistonning amaldagi chempioni WCM Khamdamova Afruza o’rtasidagi uchrashuv bo’ldi. Qiziqarli kechgan bahsda durang qayd etildi.

 

 

Yana bir mahoratli yosh shaxmatchilarimizdan biri Khabibullaeva Mokhinur Mukhamedov Khadiyatullo ga qarshi kechgan bahsda mag’lubiyat alamini totib ko’rishga majbur bo’ldi. Turning markaziy to’qnashuvida ikki o’zbekistonlik Sharipov Davron Kimsanboyev Axadxon o’rtasida kechgan uchrashuvda ishtirokchilar durangga rozi bo’lishdi.

 

 

O’zbekistonda o’z toifasi bo’yicha tengsiz hisoblangan Nomozova Holida boshqa bir hamyurtimiz Abdullaev Khabibulox ga kutilmaganda yutqazib qo’ydi. Qozog’iston vakilasi Chu Viktoriya hamyurtimiz Kilicheva Sarvinoz ni oq donalarda taslim etdi.

 

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

4-tur qur’asi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’zbekiston birinchi grossmeysteri – Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan XIIITASHKENT OPEN xalqaro turnirining 2-tur baxslari yakuniga yetdi. Qayd etish joiz, mazkur turda musobaqaning boshlang’ich reytingida yuqorida turgan shaxmatchilar o’zaro baxs yuritishdi.

A guruhi

Musobaqaning markaziy uchrashuvlaridan birida hamyurtimiz 1 Liga hamda 18 yoshgacha O’zbekiston chempionati g’olibi FM Abdisalimov Abdimalik musobaqaning birinchi raqamli shaxmatchisi armanistonlik GM Grigoryan Karen H. ga qarshi kechgan baxsda oq donalarda mag’lub bo’ldi.

 

 

O’zbekiston terma jamoasi a’zosi IM Yoqubboyev Nodirbek  boshqa bir hamyurtimiz Fayzullayev Akmalni taslim etgan bo’lsa, yana bir o’zbek shaxmatining yorqin vakillari WGM Qurbonboyeva Sarvinoz va IM Vohidov Shamsiddin o’zaro to’qnashuvida qora donalarda o’ynagan Shamsiddinning qo’li baland keldi.

 

 

Yana bir e’tiborga molik uchrashuvda GM Mirzoev Azer (Ozarbayjon) Armaniston vakili FM Danielyan Vahe bilan durangga imzo chekdi. Ispaniya sharafini himoya qilayotgan GM Korneev Oleg qozog’istonlik FM Nogerbek Kazybekga qarshi kechgan baxsda durangga rozi bo’ldi. Uzoq Braziliyadan Okean oshib kelgan GM Fier Alexandr  hamyurtimiz Turaev Hairillani mag’lubiyatga uchratdi.

 

 

Musobaqaning yetakchi shaxmatchilaridan biri eronlik GM Pourramezanali Amirreza Rossiya vakili IM Mishuchkov Nikolai M.  oq donalarda mag’lub etdi. Yosh umidli shaxmatchilarimizdan biri Rakhmatullayev Almas qora donalardan o’yin olib boribhaqiqiy matonat ko’rsatgan holda rossiyalik grossmeyster Papin Vasily ni durangga rozi qildi.

 

onlayn partiyalar

 

 

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

3-tur qur’asi

 

 

B guruhi

 

 

Musobaqaning birinchi raqamli shaxmatchisi yurtdoshimiz Sharipov Davron o’z hamyurti Ismoilov Saidaloga qarshi baxsda turnirdagi ketma ket ikkinchi g’alabasini qo’lga kiritdi. Yana bir qiziqarli kechgan baxsda qozog’istonlik Orazayev Nurel hamyurtimiz Rabbimova Dilnura bilan baxsda durangga rozi bo’ldi.

 

 

O’zbek shaxmatining umidlarida biri WCM Xamdamova Afruza Afg’oniston vakili Shamsul Haq Durani ni mag’lub etib ochkolarini 2 taga yetkazib oldi. Qozog’iston valiki Solomatin Sergey hamyurtimiz Gurgibaev Arzikul ni mag’lub etib, musobaqadagi ikkinchi g’alabasini rasmiylashtirdi.

 

 

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

3-tur qur’asi

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent shahridagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasi (sobiq Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar shaxmat maktabi)da O’zbekiston birinchi grossmeysteri – Georgiy Agzamov xotirasiga bag’ishlangan 13chi TASHKENT OPEN xalqaro musobaqasi start oldi.

 

 

Musobaqa ochilish marosimi O’zbekiston respublikasi madhiyasi jarangi ostida tantanali tarzda o’tdi.

 

 

Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqada yurtimiz sha’nini nafaqat O’zbekistonning balki dunyo shaxmatida o’z nomiga ega bo’lgan vakillarimiz ishtirok etishmoqda. Ular orasida Nigmanov Ortiq, Fayzullayev Akmal, Yoqubboyev Nodirbek, Abdisalimov Abdimalik, ayol grossmeysterimiz Qurbonboyeva Sarvinoz hamda  jahon chempioni Magnus Karlsenni mag’lub etgan Vohidov Shamsiddin va  ko’plab yosh iqtidorli shaxmatchilarimiz dona surishmoqda.

 

A guruhi. 1-tur 

 

GM   Grigoryan Karen H.       2571          1 - 0             FM    Kasimov Ali                      2167

WIM Nadirjanova Nodira       2167           0 - 1            IM     Yakubboev Nodirbek        2569

GM   Korneev Oleg               2559           1 - 0                     Agzamov Viachesiav        2162

FM    Rustamov Alisher         2153           0 - 1            GM   Fedorov Alexei                 2552

GM   Fier Alexandr                2551           1 - 0                     Tashkhodzhaev Akram     2148

WIM Baymuratova Sevara    2131           0 - 1            GM   Pourramezanali Amirreza 2519 

GM   Ivanov Sergey              2509           1 - 0                     Sabirov Asilbek                 2126

WIMAbdusattorova Bakhora 2102           ½ - ½          GM   Papin Vasily                      2496

IM     Vokhidov Shamsiddin   2494           1 - 0                     Tojiboev Shokhamir          2101 

Rakhmatullaev Almas           2091           ½ - ½           GM   Kotanjian Tigran               2482

WCM Omonova Umida        1987             0 - 1            IM     Sitnikov Anton                 2409

 

Barcha natijalar va qur'a

 

 

 

B guruhi

Sharipov Davron                    1798       1 - 0                   Kuziev Miraziz              1347

Abdusamadova Yulduzkhon 1342        0 - 1                  Ibodullaev Murodullo      1795  

Narzikulov Giyosjon              1775        1 - 0                   Bolat Inayat                   1338         

Makarkin Artemiy                  1329        0 - 1                   Tashbulov Normamat    1774

Nomozova Holida                 1764        1 - 0                   Kurbanova Feruza        1320         

Jumaeva Malika                    1315        0 - 1         AIM  Madolimov Dilshod         1763

Zakharov Anatoliy                 1763        1 - 0                  Nematov Tokhir               1308         

Nazarmukhamedov Alisher  1290        0 - 1                  Abduraimov Server         1755  

 

Barcha natijalar va qur'a

 

 

 

 

 

 

Новость дня
Toshkent bahori 20193-apreldan 12-aprelga qadar Toshkent shahrida an’anaviy “Toshkent bahori 2019” reyting musobaqasi bo’lib o’tadi.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru