3rd Sharjah Masters International Chess Championship yakuniga yetdi.

автор: admin132 2019-03-31 просмотров: 1408

 

Birlashgan Arab Amirliklarida nufuzli xalqaro 3rd Sharjah Masters International Chess Championship musobaqasida hamyurtlarimiz so’nggi  9-tur bahslarini o’tkazishdi.

 

 

Yoqubboyev Nodirbek yakuniy jadvalda 6-o’rinni egalladi. So’nggi turda rossiyalik kuchli shaxmatchi Fedoseyev Vladimirni mag’lub etgan Yoqubboyev musobaqada 7 ochko jamg’arishga erishdi. Qayd etish joiz, g’oliblikni qo’lga kiritgan rossiyalik GM Inarkiyev Ernestodan (7 ochko) faqatgina qo’shimcha ko’rsatgichlar evaziga hamyurtimizni ortda qoldirdi.

 

 

Argentina vakili GM Pichot Alan bilan during qayd etgan GM Sindarov Javohir 6.5 ochko bilan 9-o’rinni band etgan bo'lsa, 16 yoshgacha o'smirlar orasida eng yaxshi ikkinchi natijani qayd etdi.

6 tadan ochko jamg’argan Abdusattorov Nodirbek hamda Sapayev Maqsad 27 va 35-o’rinlarni egallashdi.

Yana bir iqtidorli shaxmatchimiz Vohidov Shamsiddin 5.5 ochko bilan 37-o’rinni egallagan bo’lsa, Nigmatov Ortiq 62-o’rin, Tohirjonova Gulruhbegim 63-o’rin, Abdurahmonov Muhammadali 109-o’rin, Abdullayev Rasulbek esa 140-o’rinlarni band etishdi.

 

 

Musobaqaning bosh sovrini 7 ochko jamg’argan rossiyalik Inarkiyev Ernestoga nasib etdi. Ikkinchi o’rin Xitoy vakili Wang Hao (7 ochko) egallagan bo’lsa, uchinchi o’rinni ukrainalik grossmeyster Krivoruchko Yuriy (7 ochko) band etdi.

 

Musobaqa yakuniy jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan nufuzli xalqaro 3rd Sharjah Masters International Chess Championship musobaqasida hamyurtlarimiz 8-tur bahslarida ishtirok etishdi. O’tkazilgan turning natijalariga ko’ra, shaxmatchilarimiz sovrinli o’rinlar uchun imkoniyatlari saqlanib turibdi.

 

 

Turning markaziy uchrashuvlaridan birida, afsuski, hamyurtimiz Vohidov Shamsiddin mag’lub bo’ldi. Uning raqibi musobaqaning birinchi raqamli ishtirokchisi xitoylik Wang Hao qora donalarda yosh shaxmatchimizni taslim etishning uddasidan chiqdi. Abdusattorov Nodirbek Armaniston vakili GM Sargissian Gabriel bilan durangga imzo chekkan bo’lsa, yana bir hamyurtimiz Nigmatov Ortiq esa argentinalik grossmeyster Pichot Alanga mag’lub bo’ldi.

 

 

Sindarov Javohir hamda Yoqubboyev Nodirbek ukrainaliik va hindistonlik raqiblarini mag’lub etib, 6 ochko jamg’argan holda sovrinli o’rinlar uchun kurashishda so’nggi tur oldidan imkoniyatlarini yaxshilab olishdi.

 

 

Sapayev Maqsad asta sekin musobaqa jadvalida yuqorilab kelmoqda. Mazkur turda tunislik Zaibi Amirni yutgan Maqsad 5 ochko bilan 49-o’ringa chiqib oldi. Musobaqada yurtimizdan ishtirok etayotgan yagona ayol grossmeysterimiz Tohirjonova Gulruhbegim hind yurti vakili bilan durangga imzo chekdi.

 

 

 

Abdurahmonov Muhammadali va Abdullayev Rasulbek esa hindistonlik raqiblar oldida ojiz qolishdi.

 

 

Bugun musobaqaning so’nggi tur bahslarining markaziy uchrashuvlarida shaxmatchilarimiz ishtirok etadi. Yoqqubboyev Nodirbek Rossiya vakili Fedoseyev Vladimir bilan qora donalarda bahs yuritadi. Yetakchilar qatoriga qo’shilib olgan iqtidorli shaxmatchimiz Sindarov Javohir argentinalik GM Pichot Alan bilan bellashadi.  

Hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

 

Musobaqa jadvali

9-tur qur'asi

 

 

 

 

 

 

Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan nufuzli xalqaro 3rd Sharjah Masters International Chess Championship musobaqasida hamyurtlarimiz 7-tur bahslarida ishtirok etishdi.

 

 

Vohidov Shamsiddin eronlik kuchli grossmeyster bilan durang o’ynadi. Yoqubboyev Nodirbek esa qora donalarda ukrainalik Krivoruchko Yuriy bilan bahs yuritib, mag’lub bo’ldi. Yana bir yosh shaxmatchimiz Abdusattorov Nodirbek esa Argentina vakili Mareco Sandro bilan durangga imzo chekdi.

 

 

Sindarov Javohir hamda Nigmatov Ortiq hindistonlik shaxmatchilarni yengib, ochkolar sonini 5 taga yetkazgan holda, musobaqa jadvalida kuchli 20 talikka yaqinlashib olishdi. Ayol grossmeysterimiz Tohirjonova Gulruhbegim hind o’lkasi vakiliga qora donalarda yutqazdi.

 

 

Musobaqani biroz sust boshlagan Abdurahmonov Muhammadali va Sapayev Maqsad turnirdagi to’rtinchi g’alabalarini qo’lga kiritishdi. Mazkur muvaffaqiyatdan so’ng, Sapayev 4 ochko bilan 63-o’rin, Abdurahmonov esa 68-o’ringa ko’tarilib olishdi.  Abdullayev Rasulbek o’zidan yuqori reytingga ega hindistonlik shaxmatchini qora donalarda mag’lub etib, o’ziga hos kichik qahramonlik ko’rsatgan holda o’zbek shaxmat muxlislarini hursand etdi. Mazkur natijadan so’ng, Abdullayev 3 ochko bilan 123-o’rinni egallab turibdi.

 

 

Rossiya vakili Inarkiev Erneston ushbu turdagi yaqin ta’qibchisi xitoylik GM Wang Hao bilan durang qayd etishiga qaramay, hamon 6 ochko bilan peshqadamlikni o’zida saqlab turibdi. 5.5 ochkoga ega Vohidov Shamsiddin 7-o’rinda borayotgan bo’lsa, 5 tadan ochko jamg’argan Yoqubboyev 19-o’rin, Abdusattorov 21-o’rin, Sindarov 23-o’rin, Nigmatov 31-o’rinlarni band etishgan.

 

 

 

8-turning markaziy uchrashuvlaridan birida hamyurtimiz Vohidov Shamsiddin, musobaqa oldidan birinchi raqamda saralangan Wang Hao (Xitoy) bilan oq donalarda bahs yuritadi.

 

 

Muhim bahslar oldidan hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

Musobaqa jadvali

8-tur qur’asi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan nufuzli xalqaro 3rd Sharjah Masters International Chess Championship musobaqasida hamyurtlarimiz 6-tur bahslarida ishtirok etishdi.

 

 

Yetakchi shaxmatchimiz Yoqubboyev Nodirbek muhim g’alabani qo’lga kiritdi. Hamyurtimiz musobaqa favoritlaridan biri vyetnamlik GM Le Quang Liemni oq donalardan mag’lub etib, 5 ochko bilan 5-o’ringa ko’tarilib oldi. IM Vokhidov Shamsiddin esa Misr vakiliga qarshi kechgan muhim bahsda qora donalarda g’alaba qozonib, 5 ochko jamg’argan holda 4-o’ringa chiqib oldi.

 

 

Yana bir yosh shaxmatchimiz GM Abdusattorov Nodirbek musobaqa oldidan ikkinchi o’rinda saralangan rossiyalik kuchli grossmeyster bilan qora donalarda bellashib, durangga erishdi. Hamyurtimiz 4.5 ochko bilan 16-o’rinda joylashgan. Xalqaro masterimiz Sindarov Javohir armanistonlik kuchli grossmeyster GM Sargissian Gabriel bilan durang o’ynagan bo’lsa, WGM Toxirjonova Gulruhbegim hindistonlik raqibi bilan murosaga keldi.

 

 

 Abdullayev Rasulbek esa musobaqadagi ilk g’alabasini Eron vakiliga qarshi bahsda rasmiylashtirdi. Nigmatov Ortiq qora donalarda hindistonlik raqibini yengdi.

 

 

Mazkur tur O’zbekiston vakillari uchun yo’qotishsiz o’tmadi. Sapayev Maqsad va Abdurahmonov Muhammadali hind o’lkasi vakillariga mag’lub bo’lishdi.

 

 

Musobaqa jadvalida rossiyalik GM Inarkiev Ernesto 5.5 ochko bilan peshqadam bo’lib turibdi. Ikkinchi o’rinda Xitoy vakili GM Wang Hao 5 ochko bilan bormoqda. 7-turda ushbu shaxmatchilar o’zaro bellashishini hisobga oladigan bo’lsak, Vohidov hamda Yoqubboyev peshqadamga aylanish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo’lishadi. Buning uchun ulardan g'alaba qozonish talab etiladi.

Hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

 

Musobaqa jadvali

7-tur qur’asi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan nufuzli xalqaro 3rd Sharjah Masters International Chess Championship musobaqasida hamyurtlarimiz 5-tur bahslarida ishtirok etishdi.

Yosh shaxmatchilarimiz Yoqubboyev Nodirbek, Vohidov Shamsiddin va Abdusattorov Nodirbek hindistonlik shaxmatchilarni mag’lub etib, mag’lubiyatsiz odimini davom ettirishdi.

 

 

Musobaqada ishtirok etayotgan ayol grossmeysterimiz Tohirjonova Gulruhbegim hindistonlik kuchli grossmeyster Nihal Sarinni qarshiligini yenga olmay, turnirdagi ikkinchi mag’lubiyatini qabul qilib oldi.Ketma ket ikki g’alabadan so’ng hamyurtimiz Nigmatov Ortiq, kutilmaganda oq donalarda Suriya vakili Koniahli Malekga qarshi bahsda mag’lubiyatga uchradi.

 

 

 

Yana bir yosh shaxmatchimiz Sindarov Javohir qora donalarda Hind yurti vakilini mag’lub etgan holda 3.5 ochko bilan 36-o’ringa ko’tarilib oldi. Abdurahmonov Muhammadali esa Marokash vakilini taslim etib, musobaqadagi uchinchi g’alabasini rasmiylashtirdi. Musobaqani biroz omadsiz boshlagan yurtdoshimiz Sapayev Maqsad, turnirda ketma ket ikkinchi g’alabasi Hindiston vakiliga qarshi bahsda qora donalarda qo’lga kiritdi. Ushbu natijadan so’ng 3 ochko bilan 65 o’ringa ko’tarilib oldi. Abdullayev Rasulbek mazkurda ham mag’lub bo’ldi.

 

 

Musobaqa jadvalida hamon rossiyalik grossmeyster Inarkiyev Ernesto 4.5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Yarim ochkoga ortda qolayotgan Vohidov Shamsiddin 12-o’rinni egallab turibdi. Bundan tashqari, 4 ochko ega Abdusattorov Nodirbek 17-o’rin, Yoqubboyev Nodirbek 20-o’rinlarni band etishgan.

 

 

3 ochko jamg’argan Tohirjonova Gulruhbegim hozircha 47-o’rin va shuncha ochkoga ega shaxmatchilarimiz Abdurahmonov Muhammadali 52-o’rin, Nigmatov Ortiq 57-o’rin, Sapayev Maqsad 65-o’rinlarni egallab turishibdi.

 

Musobaqa jadvali

6-tur qur'asi

 

 

 

 

 

 

 

Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan nufuzli xalqaro 3rd Sharjah Masters International Chess Championship musobaqasida hamyurtlarimiz 4-tur bahslarini yakunlashdi.

 

 

Mazkur turda yetakchi shaxmatchilarimiz Yoqubboyev Nodirbek, Vohidov Shamsiddin, Abdusattorov Nodirbek durang qayd etishdi. Sindarov Javohir eronlik kuchli grossmeyster Firouzja Alirezaga oq donalarda imkoniyatni boy berdi.

 

 

Musobaqada ishtirok etayotgan ayol grossmeysterimiz Tohirjonova Gulruhbegim qora donalar hindistonlik raqibini yengib, ochkolarini 3 taga yetkazib oldi. Undan tashqari, IM Nigmatov Ortik, Sapayev Maksad, Abdurahmonov Muhammadali raqiblarini mag’lub etib, muhlislarni hushnud etishdi. Yana bir hamyurtimiz Abdullayev Rasulbek esa Hindiston vakilasiga mag’lub bo’lib, musobaqadagi g’alabasiz seriyasini davom ettirdi.

 

 

Musobaqa jadvalida Vohidov Shamsiddin 19-o’rin, Tohirjonova Gulruhbegim 24-o’rin, Yoqubboyev Nodirbek 25-o’rin, Abdusattorov Nodirbek 29-o’rinlarni egallab turishibdi.

 

 

To’liq musobaqa jadvali

5-tur qur’asi 

 

 

 

 

 

Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan nufuzli xalqaro 3rd Sharjah Masters International Chess Championship musobaqasida hamyurtlarimiz 3-tur bahslarini yakunlashdi.

 

 

Vohidov Shamsiddin hamda Yoqubboyev Nodirbek musobaqadagi dastlabki duranglarini qayd etishdi. Shamsiddin eronlik grossmeyster Idani Pouya bilan murosaga kelgan bo’lsa, Nodirbek Hindiston vakili IM Iniyan P. ga qarshi bahsda qora donalarda durangga erishdi. Nodirbeklarning ikkinchisi Abdusattorov esa hind shaxmat ustasi Nitin S. ni yengib, ochkolari sonini 2.5 taga yetkazib oldi.

 

 

Yosh shaxmatchilarimiz IM Sindarov Javohir hamda IM Nigmatov Ortiq Hindiston vakillarini mag’lub etishdi. Mazkur turda Tohirjonova Gulruhbegim ham o’zbek shaxmat ixlosmandlarini hushnud etdi. Ayol grossmeysterimiz tunislik CM Bouzidi Ahmed ni oq donalarda taslim etdi.

 

 

Qora donalarda ushbu turda o’yin o’tkazgan Sapaev Maksad va Abdurakhmonov Mukhammadali hindistonlik shaxmatchilarga mag’lub bo’lishdi.

 

 

Musobaqa jadvaliga e’tibor beradigan bo’lsak, hamyurtlarimizdan hozircha eng yuqori natijani Vohidov Shamsiddin qayd etmoqda. 2.5 ochko jamg’argan Shamsiddin 14-o’rinda bormoqda. Huddi shuncha ochkoga ega Yoqubboyev Nodirbek 21-o’ringa joylashgan. Mazkur shaxmatchilarimiz yetakchilardan bor yo’g’i yarim ochkoga ortda qolishmoqda.

 

Musobaqa jadvali

4-tur qur'asi

 

 
 
 
 
 
Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan nufuzli xalqaro 3rd Sharjah Masters International Chess Championship musobaqasining  2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
 
 
Musobaqada ishtirok etayotgan umidli shaxmatchimiz Yoqubboyev Nodirbek Qozog'iston vakili Assaubayeva Bibisaraga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.  Jahon chempioni Magnus Karlsenni "xafa" qilgani bilan dunyo shaxmati ahlining xotirasida qolgan hamyurtimiz Vohidov Shamsiddin, hindistonlik raqibini qora donalarda mag'lubiyatga uchratdi.
 
 
 Sapayev Maqsad va Abdurahmonov Muhammadali mezbon shaxmatchilarni taslim etishgan bo'lsa, yosh grossmeysterimiz Abdusattorov Nodirbek Hind vakili Muhammad Dilshodni qora donalarda mag'lub etdi.
 
 
Hamyurtlarimiz Abdullayev Rasulbek va Nigmatov Ortiq hindistonlik shaxmatchilarga mag'lub bo'lishdi. Musobaqada ishtirok etayotgan yagona ayol grossmeysterimiz Tohirjonova Gulruxbegim rossiyalik kuchli grossmeyster Inarkiyev Ernestoga qarshi kechgan bahsda taslim bo'ldi. Turnirda ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz orasida yagona durangni Sindarov Javohir taqdim etdi. Hindiston vakili Sharma Dineshga qarshi qora donalarda o'yin o'tkazgan yosh shaxmatchimiz yakunda durangga rozi bo'ldi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Birlashgan Arab Amirliklarida nufuzli xalqaro 3rd Sharjah Masters International Chess Championship musobaqasining  1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
 
 
Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz o'z bahslarini yakunlashdi. Quvonarlisi, aksariyat shaxmatchilarimiz turnirni g'alaba bilan boshlashdi. Tohirjonova Gulruhbegim, Vohidov Shamsiddin, Sindarov Javohir hindistonlik shaxmatchilardan ustun kelishgan bo'lishsa, Abdusattorov Nodirbek hind shaxmatchisi bilan murosaga keldi. Yana bir o'zbek-hind to'qnashuvida Abdullayev Rasulbek durang qayd etdi. Yoqubboyev Nodirbek mezbon ishtirokchi Sulton Ibrohimni qora donalarda mag'lub etgan bo'lsa, Nigmatov Ortiq Eron vakilini Muhammad Rizoni taslim etdi. Hamyurtlarimiz Sapayev Maqsad va Abdurahmonov Muhammadali mos ravishda rossiyalik va eronlik grossmeysterlarga mag'lub bolishdi.
 
 
 
 

 

 

 

Birlashgan Arab Amirligida 21-martdan 31-martga qadar nufuzli xalqaro 3rd Sharjah Masters International Chess Championship musobaqasi bo’lib o’tadi.

 

 

Sharja amirligi mezbonlik qiladigan mazkur an’anaviy musobaqa uchinchi bor o’tkaziladi. Ushbu turnirda dunyoning 34 mamlakatidan kelgan 173 ta ishtirokchi qatnashadi. Ular orasida 35 ta xalqaro grossmeyster va 37 ta xalqaro master o’zaro kuch sinashishadi. Musobaqaning umumiy sovrin jamg’armasi 60 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

 

 

Musobaqada yurtimiz sha’nini IM Yoqubboyev Nodirbek (2569), GM Abdusattorov Nodirbek (2560), IM Javohir Sindarov (2505), IM Vohidov Shamsiddin (2494), IM Nigmatov Ortiq (2478), WGM Toxirjonova Gulruhbegim (2434), Sapayev Maksad (2214), Abdurahmonov Muhammadali (2205), Abdullayev Rasulbek (1611).

 

 

Barcha natijalar va qur’a

Musobaqaning rasmiy sayti

Новость дня
Чемпионат Центральной Азии среди юниоров 2019г.С 20 по 30 сентября 2019г. в Ташкенте>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru