Dubai Open Chess Tournament 2019 musobaqasi yakunlandi. Abdusattorovda 2-o'rin!

автор: admin2962715 2019-04-10 просмотров: 875

 

 

 

“Dubai Open 2019” musobaqasida Nodirbek Abdusattorov 2-o’rinni egalladi.

1-10 aprel kunlari BAAning Dubai shahrida nufuzli xalqaro turnir bo’lib o’tdi. 50 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi mazkur nufuzli musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 7 ochko bilan ikkinchi o’rinni egalladi.  7 ochko bilan musobaqa g’olibiga aylangan rossiyalik GM Matlakov Maximdan hamyurtimiz faqatgina qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga ortda qoldi.

Musobaqada qatnashgan vakillarimizdan ikkinchi eng yaxshi natijani Sindarov Javohir qayd etdi. 6 ochko jamg’argan yosh shaxmatchimiz 19-o’rinni band etdi. Bundan tashqari, Gulruhbegim Toxirjonova 26-o’rin (6 ochko) hamda Vohidov Shamsiddin 31-o’rinlarni egallashdi.

 

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Birlashgan Arab Amirliklarida nufuzli “Dubai Open 2019” turniri davom etmoqda. 8-turda hamyurtlarimiz bir qator muhim g’alabalarni qo’lga kiritishdi. Abdusattorov g’alaba qozondi va ikkinchi o’ringa ko’tarildi.

Yetakchilar qatorida borayotgan Abdusattorov Nodirbek misrlik kuchli grossmeyster GM Adly Ahmedni qora donalarda yengib, 6.5 ochko bilan ikkinchi o’ringa ko’tarilib oldi. Birinchi o’rindagi GM Matlakov Maxim 6.5 ochko bilan hamyurtimizni faqatgina qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga ortda qoldirmoqda. So’nggi turda Abdusattorov gruziyalik GM Mchedlishvili Mikheil (6 ochko, 10-o’rin) ga qarshi oqlarda dona suradi.

Yosh umidlarimizdan biri Vohidov Shamsiddin hindistonlik CM Bharath Subramaniyam H. mag’lub etdi. Ushbu natijadan so’ng, 5.5 ochko bilan 18-o’rinda bormoqda. So’nggi turda hamyurtimiz Misr vakili GM Adly Ahmedga qarshi bahs yuritadi.

8-turda Gulruhbegim Toxirjonova filippinlik raqibini yengdi. Ushbu natija ayol grossmeysterimizga 5 ochko bilan 40-o’ringa ko’tarilish imkonini berdi. So’nggi turda Toxirjonovaning raqibi hindistonlik IM Praveen Kumar C. boladi.

Sindarov Javohir kuchli grossmeyster GM Mchedlishvili Mikheil (Gruziya)ga mag’lub bo’ldi. Sindarov 5 ochko jamg’argan holda 27-o’rinni egallab turibdi.

 

 

Barcha uchrashuvlar

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Abdusattorov Nodirbek uch o’yinlik g’alabasiz seriya barham berdi. 7-turdan o’rin olgan uchrashuvda hindistonlik IM                Raghunandan Kaumandur Sriharini mag’lub etib, musobaqa jadvalidagi o’rnini yaxshilab oldi. Ushbu natijadan so’ng, Abdusattorov 5.5 ochko bilan 6-o’rinda bormoqda va musobaqa peshqadami GM Matlakov Maxim (Rossiya) dan yarim ochkoga ortda qolmoqda.

Sindarov Javohir esa ketma ket ikkinchi g’alabasini qo’lga kiritdi. Mazkur turda Hindiston vakili GM Laxman R.R. bilan bahs yuritgan hamyurtimiz g’alaba qozonib, 5 ochko bilan 16-o’ringa chiqdi.

Vohidov Shamsiddin uch o’yinlik muvaffaqiyatsizlikdan so’ng, marokashlik raqibini yengib, muhim ochkoni qo’lga kiritdi.

Musobaqadagi yagona ayol grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova Janubiy Afrika Respublika vakili FM Essa Naseem Ahmed durang qayd etdi.

 

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Abdusattorov Nodirbek turkiyalik Sanal Vahap bilan qora donalarda durang o’ynab ochkolarini 4.5 taga yetkazib oldi. Musobaqa jadvalida hamyurtlarimiz orasida eng yuqori 10-o’rinni egallab turibdi.

Yosh iqtidorli shaxmatchimiz GM Sindarov Javohir norvegiyalik Ranaldi Lucasni qora donalarda mag’lub etgan bo’lsa, Vohidov Shamsiddin  Sethuraman S.P. (Hindiston)ga yutqazib qo’ydi. Musobaqa jadvalida Sindarov 23-o’rinda (4 ochko), Vohidov 47-o’rinda (3.5 ochko). Gulruhbegim Tohirjonova qozog’istonlik Ansat Aldiyar mag’lub etib, 3.5 ochko bilan 54-o’ringa chiqib oldi.

 

 

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

Dubai Open Chess Tournament 2019. 5-tur yakunlandi.

Peshqadamlar ta’qib qilishda davom etayotgan hamyurtimiz Abdusattorov Nodirbek musobaqaning eng kuchli shaxmatchisi Le Quang Liem (Vyetnam) bilan bahs yuritdi. Qiziqarli kechgan bahsda vakilimiz nomdor raqibiga munosib qarshilik ko’rsatib, durangga erishdi. Ushbu durang Abdusattorov uchun musobaqadagi ketma ket ikkinchisi bo’lib, 4 ochko bilan birinchi o’rindan yarim ochkoga ortda qolgan holda 8-pog’onani band etib turibdi.

Mazkur turda hamyurtlarimizda ochiqchasiga omad yuz o’girdi. Vohidov Shamsiddin va Gulruhbegim Tohirjonova musobaqadagi ikkinchi, Sindarov Javohir esa birinchi mag’lubiyatini tan olishdi. 

 

Barcha uchrashuvlar

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Dubai Open Chess Tournament 2019. 4-tur yakunlandi.

 

Yosh iqtidorli shaxmatchilarimizda biri GM Sindarov Javokhir hindistonlik raqibini yengib, musobaqada 3-chi ochkosiga bo’ldi. Dubayda yurtimizning eng umidli shaxmatchilari IM Vokhidov Shamsiddin hamda GM Abdusattorov Nodirbek ishtirokida o’ziga hos o’zbek derbisi shohidi bo’lishdi. Yuqori darajada o’tgan uchrashuvda tomonlar do’stona durangga imzo chekishdi. WGM Tokhirjonova Gulrukhbegim hindistonlik kuchli grossmeyster Sethuraman S.P. ga imkoniyatni boy berdi.

 

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Dubai Open Chess Tournament 2019. 3-tur yakunlandi.

Hamyurtlarimiz 3-tur bahslarini o’tkazishdi. IM Vokhidov Shamsiddin turkiyalik kuchli grossmeyster GM Yilmaz Mustafani mag’lub etib, musobaqadagi uchinchi g’alabasini rasmiylashtirdi. GM Abdusattorov Nodirbek Hindiston vakili WIM Divya Deshmukh mag’lub etgan bo’lsa, ayol grossmeysterimiz WGM Tokhirjonova Gulrukhbegim jazoirlik ishtirokchi bilan durang qayd etdi. Sindarov Javohir ukrainalik kuchli grossmeysterga qarshi kechgan qiziqarli bahsda, hamyurtimiz qora donalarda taslim bo'ldi.

 

Barcha uchrashuvlar

Musobaqa jadvali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-tur

Birlashgan Arab Amirliklarida an’anaviy “Dubay Open 2019” xalqaro musobaqasining 2-tur bahslari o’tkazildi. Hamyurtlarimiz ushbu turda ham raqiblarini yengishdi. Sindarov Javohir, Vohidov Shamsiddin va Tohirjonova Gulruhbegim hindistonlik raqiblarini taslim etishgan bo’lishsa, Abdusattorov Nodirbek Shvedsiya vakili FM Hedman Erikni qora donalarda mag’lub etdi.

 

2-tur natijalari

musobaqa jadvali

 

1-tur

Birlashgan Arab Amirliklarida an’anaviy “Dubay Open 2019” xalqaro musobaqasining 1-tur bahslari o’tkazildi.

Hamyurtlarimiz Hindiston hamda jazoirlik raqiblarini mag’lub etib, musobaqani muvaffaqiyatli boshlashdi.

 

1-tur natijalari va 2-tur qur'asi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bugun, 1-apreldan Birlashgan Arab Amirliklarida an’anaviy “Dubay Open 2019” xalqaro musobaqasi start oladi. Yildan yilga nufuzi oshib borayotgan mazkur turnir 1999-yildan beri o’tkazilib kelinmoqda. Dunyoning kuchli shaxmatchilarini o’zida jamlagan ushbu musobaqada yurtimiz sha’nini quyidagi iqtidorli shaxmatchilarimiz himoya qiladi:

 

GM Abdusattorov Nodirbek            2560

GM Sindarov Javokhir                     2505

IM Vokhidov Shamsiddin                2494

WGM Tokhirjonova Gulrukhbegim 2434

 

 

Turnir 11-aprelga qadar davom etadi. Musobaqa sovrin jamg’armasi 50 000 AQSh dollari.

 

Musobaqa rasmiy sayti

Barcha uchrashuvlar

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

Musobaqa jadvali

Barcha uchrashuvlar

Musobaqa jadvali

Новость дня
Чемпионат Азии среди школьников 2019С 19 по 29 июня в городе Ташкенте>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru