Jahon Kubogi sohibi Boris Gelfand boshchiligida o'quv-yig'in mashg'ulotlariga qizg'in davom etmoqda.

автор: admin 2019-04-12 просмотров: 492

 

O’zbekiston terma jamoasi xalqaro grossmeyster Boris Gelfand boshchiligida o’quv-yig’in mashg’ulotlari qizg’in davom etmoqda.

Mashg'ulotlar davomida shaxmatdagi murakkab jarayonlar, kuchli grossmeysterlarni qiyin vaziyatlardan chiqib ketish uslublari, hamda o'yin jarayonidagi ko'plab vaziyatlar tahlil qilinmoqda.

Eslatib o’tamiz, mashg’ulotlarda O’zbekistonning eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etmoqda: Abdisalimov Abdimalik. Abdusattorov Nodirbek, Yoqubboyev Nodirbek, Saidaliyev Saidakbar, Sindarov Javohir, Vohidov Shamsiddin, Nigmatov Ortiq, Qurbonboyeva Sarvinoz, Sevara Baymuratova, Bahora Abdusattorova, Yoqubboyeva Nilufar, Hamroqulova Yulduz, Tohirjonova Gulruhbegim, Irina Gevorgyan, Omonova Umida, Nodirjonova Nodira.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’zbekiston terma jamoasi xalqaro grossmeyster Boris Gelfand boshchiligida o’quv-y’ig’in mashg’ulotlariga kirishishdi.

Mashg’ulotlarda Abdisalimov Abdimalik. Abdusattorov Nodirbek, Yoqubboyev Nodirbek, Saidaliyev Saidakbar, Sindarov Javohir, Vohidov Shamsiddin, Nigmatov Ortiq, Qurbonboyeva Sarvinoz, Sevara Baymuratova, Bahora Abdusattorova, Yoqubboyeva Nilufar, Hamroqulova Yulduz, Tohirjonova Gulruhbegim, Irina Gevorgyan, Omonova Umida, Nodirjonova Nodira kabi O’zbekistonning eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, Boris Gelfand faoliyati davomida  Rustam Qosimjonov, Aleksandr Grishuk, Gata Kamskiy kabi kuchli grossmeysterlarni mag’lub etib, ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritgan shaxmat olamida nomdor grossmeysterlardan biri sanaladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

12-17-aprel kunlari Toshkent shahrida xalqaro grossmeyster Boris Gelfand ishtirokida terma jamoa vakillari o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazadi. Boris Gelfand, faoliyati davomida ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritgan, shaxmat olamida nomdor grossmeysterlardan biri sanaladi.

 

 

Boris Gelfand 1968-yili Minsk (Belorus) shahrida tavallud topgan. Shaxmat saboqlarini Albert Kapengut qo’l ostida o’rgangan. Dastlabki yutuqni 1983-yili Sokolskiy xotira turnirida qo’lga kiritgan.

 

  

 

Tinimsiz mehnat samarasi o’laroq, qahramonimiz, 2007-yilga kelib o’zining haqiqiy iqtidorini namoyish eta oldi. O’sha yili o’tgan saralash turnirlarida, o’sha davrning eng kuchli shaxmatchilari - Rustam Qosimjonov va Gata Kamskiylarni mag’lub etib, Mexikoda o’tgan  jahon chempionatida Anandga qarshilik ko’rsata olgan  yagona raqibga aylandi. Ammo, musobaqa oxiriga kelib, chempiondan bir ochko orqada qolgan Gelfand, Kramnik bilan 2-3-o’rinlarni bo’lishishdi.

 

 

 

 

Boris Gelfand, 2009-yilni ham muvaffaqiyatli o’tkazgan. Jahon kubogi hamda ko’plab nufuzli xalqaro musobaqalarda zafar quchgan.  Ko’p o’tmay, 2012-yilda jahon chempionligiga da’vogarlik qilgan. 2011-yilda jahon chempionligiga da’vogarlar o’rtasida o’tgan chempionatda, Boris Gelfand, turnir davomida Shahriyor Mamedyarov, Gata Kamskiy, Aleksandr Grishuk kabi nomdor raqiblarni mag’lub etib, Vishvanatan Anand bilan jahon chempionligi uchun bahs yuritish huquqini qo’lga kiritgan. 2012 hamda 2014-yillarda Boris Gelfand Toshkentda o’tgan Gran Prilarda ishtirok etgan. 2016-yilda esa jahon yulduzlari ishtirokidagi Amir Temurning 680 yilligiga bag’ishlangan xotira turnirida ikkinchi o’rinni egallagan.

 

      

 

O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasi tashabbusi bilan yurtimiz shaxmatchilari kuchli mutahassislar qo’l ostida muntazam ravishda o’quv-yig’in mashg’ulotlari o’tkazib kelinadi.

 

 

 

Xususan, shu yilning yanvar oyida jahonning eng yaxshi murabbiylaridan biri Rustam Qosimjonov qo’l ostida terma jamoa vakillari mashg’ulotlar olib borgan. Shuningdek, O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasi ko’magida “Central Chess Club” o’quvchilari uchun Rustam Qosimjonov ishtirokida master-klass tashkil etilgan edi.

 

 

Новость дня
«Ташкентская Осень» 2019В период с 14 по 23 октября 2019 года в здании Международной Шахматной Академии в городе Ташкенте пройдёт традиционный рейтинговый турнир «Ташкентская Осень».>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru