“Toshkent bahori 2019". Aka-uka Rahmatullayevlar o'z guruhlarida g'olib bo'lishdi!

автор: admin2962715 2019-04-09 просмотров: 1621

 

Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro Shaxmat Akademiyasida an’anaviy “Toshkent bahori 2019” reyting musobaqasi yakuniga yetdi.

A guruhida 9 turda 8 ochko jamg’argan Toshkent viloyati vakili Rahmatullayev Almas  g’olib bo’ldi. Ikkinchi o’rinni 7 ochko bilan toshkentlik Safarov Doniyor band etgan bo’lsa, uchinchi o’rinni 13 yoshli Madaminov Muhiddin (Toshkent shahri) egalladi. 

Shuningdek, faxriylar orasida eng yaxshi natijani Yo’ldoshev Shovkat qayd etgan bo’lsa, qizlar orasida Yuliya Xegay va Robiyaxon Sardorova, 10 yoshgacha o’gil-qizlar orasida Omonov Asrorjon,  12 yoshlilar orasida Suyarov Muhammadzohid, 14 yoshlilar orasida Faxriddinxo’jayev Umarxon hamda 16 yoshlilar orasida Bahrillayev Bahrom eng yaxshi natijani namoyish etishdi.

B guruhida esa Rahmatullayevlar oilasining kichik vakili Akjol g’olib bo’ldi. Qayd etish joiz, Akjol musobaqani 8.5 ochko jamg’argan holda mag’lubiyatsiz yakunladi. Ikkinchi o’rinni qashqadaryolik Umarov Bexruz 7.5 ochko bilan band etgan bo’lsa, uchinchi o’rin esa toshkentlik Avazxonov Alixonga (7 ochko) nasib etdi.

Shuningdek, 8 yoshgacha o’g’il bolalar orasida eng yaxshi natijani Islomov Islombek, 10 yoshlilar orasida Yahyoyev Farruh, 12 yoshlilar orasida esa Beknazarov Bekmuhammad qayd etishgan bo’lishsa, qizlar orasida Hamidova Yulduzxon (8 yoshgacha),  Imomqo’ziyeva Nilufarxon (10 yoshagacha), Abdumannonova Shoxona (12 yoshgacha) va Abdumannopova Shahina (14 yoshgacha) o’z yosh toifalarida tengsiz deya e’tirof etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Toshkent bahori 2019” musobaqasining 8-turi ortda qoldi.

A guruhida hamon mag’lubiyatsiz odimlayotgan Rahmatullayev Almas peshqadamlik qilmoqda. 7-turda Rahmatullayev o’zining turnirdagi yaqqol raqobatchisi Uralov Nurullani mag’lub etib, 6.5 ochko bilan o’z o’rnini mustahkamladi. Ikkinchi o’rinda 5.5 ochko bilan Safarov Doniyor joylashgan. Mazkur turda Safarov 12 yoshli qashqadaryolik Mahmudjonov Davlatbek bilan durang o’ynadi.

B guruhida ham peshqadam o’zgarishsiz turibdi. Rahmatullayev Akjolning g’alabali seriyasi 7 ta uchrashuvga yetdi. Ikkinchi o’rinda Muhamedov Xadiyatullo 6 ochko bilan joylashgan bo’lsa, uchinchi o’rin hozircha Avazxonov Alixonda.

 

A guruhi natijalari/qur'asi

B guruhi natijalari/qur'asi

 

7-turdan o'rin olgan uchrashuvlar fotogalereyasi

 

 

  

 

  

 

  

 

  

 

  

 

  

 

  

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

A guruhi

Rahmatullayev Almas g’alabali seriyasini davom ettirib, peshqadamlikni saqlab qoldi. Qoralarda dona surgan Almas jizzaxlik Sulaymonov Rahmonqulni yengib, 5.5 ochkoga ega bo’ldi. Tajribali Uralov Nurulla esa Bahrillayev Bahromni yengdi. O’tgan turda musobaqa peshqadamiga mag’lub bo’lgan Safarov Doniyor esa oq donalarda Aliyev Alijonni yutib, 5 ochko bilan ikkinchi o’ringa chiqib oldi.

B guruhi

Mazkur guruhda esa Rahmatullayev Akjon akasi kabi musobaqada jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 6-turdan o’rin olgan bahsda Rahmatullayevlarning kichigi ketma ket oltinchi g’alabasini qo’lga kiritdi. Farg’onalik Erkinov Rustam esa qora donalarda samarqandlik Baxriddinov Samariddinni qora donalarda mag’lub etib, 5.5 ochko bilan ikkinchi o’ringa chiqib oldi. Uchinchi o’rinni esa mag’lub bo’lishiga qaramay, Avazxonov Alixon egallab turibdi.

 

A guruhi natijalari/qur'asi

B guruhi natijalari/qur'asi

 

6-turdan o'rin olgan uchrashuvlar fotogalereyasi

 

  

 

  

 

  

 

  

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

A guruhining markaziy to’qnashuvda Rahmatullayev Almas Safarov Doniyorni mag’lub etib, 4.5 ochko bilan peshqadamlikni o’z qo’liga oldi. Mahmudjonov Davlatbek (Qashqadaryo) jizzaxlik Sulaymonov Rahmonqul o’zaro bahsda durang qayd etishdi va ochkolarini 4 taga yetkazishdi.

 

B guruhida Avazxonov Alixon hamda Raxmatullayev Akjol 5 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda. Yakuniga yetgan turda har ikkala shaxmatchi qashqadaryolik Ravshanov Bekzod va Umarov Bexruzlarni qora donalarda mag’lub etishdi

 

A guruhi natijalari/qur'asi

B guruhi natijalari/qur'asi

 

5-turdan o'rin olgan uchrashuvlar fotogalereyasi

 

 

 

 

 

     

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

A guruhida Safarov Doniyor ketma ket to’rtinchi g’alabasini qo’lga kiritib, 4 ochko bilan musobaqa jadvalida yakka peshqadamga aylandi. Ikkinchi o’rinda borayotgan Rahmatullayev Almas toshkentlik Egamberdiyev Asadni qora donalarda taslim etdi. Musobaqadaning tajribali ishtirokchilaridan biri Uralov Nurulla esa yosh kurashuvchan Sharipov Davronni sinovdan o’tkazdi. Murosasiz kechgan bahsda Uralov g’alaba qozondi.

 

A guruhi qur'asi

 

 

B guruhida Avazxonov Alixon 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, ammo 4 tadan ochkoga ega Ravshanov Bekzod va Rahmatullayevlarning kichigi Akjol peshqadamni taqib qilishda davom etishmoqda.

 

B guruhi qur'asi

 

 

  

 

  

 

  

 

  

 

  

 

 

 

 

 

 

 

Toshkentdagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasida an’anaviy “Toshkent bahori” reyting turniri davom etmoqda. 2-tur bahslari poyoniga yetdi.

Turning markaziy uchrashuvi Bobomurodova  Maftuna va Safarov Doniyor o’rtasida kechdi. Qiziqarli kechgan bahsda Safarov qora donalarda raqibasini mag’lub etib, musobaqa jadvalida yetakchilikni o’z qo’liga oldi. E’tibor loyiq boshqa uchrashuvlarda Bahrillayev Bahrom Madaminov Muhiddinni taslim etgan bo’lsa, toshkentlik Yuliya Xegay Salayev Azizni mag’lub etib musobaqadagi ikkinchi g’alabasini qo’lga kiritdi.

A guruhi qur'asi

 

 

B guruhida toshkentlik Avazxonov Alixon Samarqand vakili Ne’matov Toxirni taslim etib, musobaqa jadvalida 3 ochko bilan birinchi o’ringa chiqib oldi.

B guruhi qur'asi

 

    

 

   

 

   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkentdagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasida an’anaviy “Toshkent bahori” reyting turniri davom etmoqda. 2-tur bahslari poyoniga yetdi.

Turning markaziy uchrashuvlaridan birida Shokirov Usmon Rahmatullayev Almas bilan durang o’ynadi. Yana bir bahsda tajribali Uralov Nurulla qoraqalpog’istonlik Sapayev Begzod qarshiligini yenga olmadi va yakunda durangga rozi bo’ldi. Madaminov Muhiddin esa qora donalarda Rustamov Humoyunni yengdi. Har bir musobaqani yuqori darajada o’tkazadigan Farg’ona vakilasi Sardorova Robiyaxon kutilmaganda qashqadaryolik Umirov Uchqunga mag’lub bo’ldi.

 

A guruhi qur’asi

 

 

13 yoshgacha  shaxmatchilar ishtirok etayotgan B guruhida toshkentlik Muxamedov Hadiyatullo ikkinchi g’alabasini qo’lga kiritdi. Shuningdek, Nabiyev Saidumar, Avazxonov Alixon, Po’latov Ibrohim g’alaba qozonib, ochkolar sonini 2 taga yetkazdi.

 

B guruhi qur’asi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bugun Xalqaro Shaxmat Akademiyasida an’anaviy “Toshkent bahori” musobaqasi start oldi.

Mamlakatda shaxmatni yanada rivojlantirish, yoshlarni va havaskor va malakali shaxmatchilarni musobaqalarga jalb qilish maqsadida O'zbekiston Shaxmat Federatsiyasi, “Central Chess Club” MChJ hamda “O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi hamkorligida joriy yil 3-apreldan 12-aprelga qadar poytaxtimizdagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasida “Toshkent bahori 2019” reyting musobaqasi bo'lib o'tadi.  2013-yildan buyon an'anaviy tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada respublikaning barcha hududlaridan 150 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etmoqda.

 

 

 

Yangi nomlarni kashf qilishda muhim o’rin tutadigan ushbu musobaqaning 1-turdan o’rin olgan bahslar yakuniga yetdi. Natijalarga e’tibor beradigan bo’lsak, tur oldidan favorit hisoblangan ishtirokchilar bahslarni o’z foydalariga hal qilishdi.

 

A guruhi 1-tur natijalari

B guruhi 1-tur natijalari

 

 

 

 

Musobaqaga oid ko'proq suratlar bizning Instagramdagi rasmiy sahifamizda - uz_chess_official

B guruhi qur'asiB guruhi qur'asi

Новость дня
«Ташкентская Осень» 2019В период с 14 по 23 октября 2019 года в здании Международной Шахматной Академии в городе Ташкенте пройдёт традиционный рейтинговый турнир «Ташкентская Осень».>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru