Xalqaro grossmeyster Yan Nepomnyashiy Toshkentga kelmoqda!

автор: admin2962715 2019-04-08 просмотров: 118
 

Xalqaro grossmeyster Yan Nepomnyashiy Toshkentga kelmoqda!

13-aprel kuni dunyoga mashxur, ko’plab xalqaro turnirlar g’olibi Yan Nepomnyashiy Toshkentda mehmon bo’ladi. Tashrif davomida, Poytaxtimizdagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasida terma jamoamiz a’zolarining mahorat va tajribalarini oshirish maqsadi seans o’tkazish rejalashtirilgan.

Yan Nepomnyashiy shaxmat olamida yangi porlab chiqqan hamda kelajagi porloq shaxmatchilardan biri sanaladi. Shunga qaramay, Nepomnyashiy faoliyati davomida ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritgan va shaxmat dunyosida o’z an’analariga ega grossmeysterlar sirasiga kiradi. Yan Nepomnyashiy faoliyatidagi dastlabki yirik sovrinni 2008-yili qo’lga kiritgan. O’sha yili 18 yoshli Yan, nufuzli “Aeroflot Open”da zafar quchib, Dordmundda o’tadigan xalqaro musobaqada qatnashish huquqini qo’lga kiritdi. Dordmundda esa 2-5 o’rinlarni egalladi va shaxmat olamida yangi iqtidor porlab chiqayotgan 18 yoshli Yan Nepomnyashiy OAV va mutahasislar nazariga tushdi.

Shundan so’ng, ko’plab nufuzli musobaqalarda zafar quchgan qahramonimiz, 2017-yili Londonda o’tgan super turnirda o’zining yuqori cho’qqisiga chiqdi. Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag’lub etgan Nepomnyashiy, 8-turdan so’ng musobaqada peshqadamlik qilayotgan edi, ammo so’nggi turda Fabiano Karuanega yutqazib qo’ydi va a’lamli tarzda ikkinchi o’rinni egalladi.  Yan Nepomnyashiy FIDE reytingida ayni damda 7-o’rinni egallab turibdi.

 

Shu yili faoliyatini yakunlagan Vladimir Kramnik (14-jahon chempioni) ning o’rinbosari hamda izdoshi sifatida qaralayotgan ushbu iqtidorli grossmeysterning yurtimizga kelib, yurtimiz shaxmat mutahasislari va iqtidorli yoshlarimiz uchun mahorat darslarini o’tkazishi, O’zbekiston shaxmati rivoji yo’lida hamda yosh shaxmatchilarimizning mahoratini oshirishda muhim va dadil qadamlardan sanaladi.

 

 

Avvalroq, Jahon Kubogi sohibi Boris Gelfand ishtirokida o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazilishi haqida habar bergan edik.

 

Новость дня
3.4 zonasi - Markaziy Osiyo chempionati21-29 may kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru