Yan Nepomnyashiy yosh shaxmatchilarimizga shaxmat saboqlarini berdi!

автор: admin2962715 2019-04-15 просмотров: 127

 

Xalqaro Shaxmat Akademiyasida O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasi hamda “Central Chess Club” ko’magida yosh shaxmatchilarimiz uchun Yan Nepomnyashiy ishtirokida master-klass tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida Nepomnyashiy amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi 6 soat davom etgan mashxur partiyasi atroflicha tahlil qilindi. Yosh shaxmatchilarimiz o’zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shuni alohida ta’kidlash joiz, Nepomnyashiy katta ishtiyoq bilan har bir savolga javob qaytardi.

 

 

- Bu mening yurtingizga birinchi tashrifim. Men bu yerda bo’lib turganindan bag’oyat mamnunman, vaholanki ayni damda vaqtim juda tig’iz. O’zbekiston haqida yetarlicha ma’lumotga egaman, o’zbek shaxmatchilarining muvaffaqiyati, xususan jahon chempioni Rustam Qosimjonovni yaxshi bilaman. Bolalar bilan ishlash va ular bilan muloqot qilish juda ham yoqdi. Umid qilamanki, ularga ham mazkur uchrashuv qiziqarli va foydali bo’ldi, - deya ta’kidlab o’tdi Yan Nepomnyashiy.

 

 

Новость дня
3.4 zonasi - Markaziy Osiyo chempionati21-29 may kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru