Nepomnyashiy Yoqubboyevga qarshi bo'lajak o'yin haqida: "Yutqazmaslikka harakat qilaman".

автор: admin2962715 2019-04-15 просмотров: 38

 

Ertaga, 16-aprel kuni, Toshkentdagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasida FIDE reytingida 7-pog’onani egallab turgan rossiyalik nomdor grossmeyster Yan Nepomnyashiy va yosh iqtidorli shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboyev o’rtasida tezkor shaxmat yo’nalishlarida bellashuv bo’lib o’tadi.

 

 

-  Mazkur o’rtoqlik uchrashuvi shaxmatning tezkor yo’nalishida bo’lib o’tadi. Bugun albatta bunga jiddiy tayyorgarlik ko’raman. Raqib kuchli, bejizga yuqori reytingga ega emas, ko’rinib turibdiki, yuqori mahorat va iqtidor egasi. Yutqazmaslikka harakat qilaman (kuladi), - deya to’xtalib o’tdi Yan Nepomnyashiy bo’lajak bahs oldidan.

 

Avval habar berganimizdek, 13-16 aprel kunlari jahonning kuchli grossmeysterlaridan biri Yan Nepomnyashiy Toshkentda mehmon bo’ladi. Tashrif davomida, Poytaxtimizdagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasida terma jamoamiz a’zolarining mahorat va tajribalarini oshirish maqsadida o’rtoqlik bellashuvi o’tkazish rejalashtirilgan.

 

Biroz avvalroq, Yan Nepomnyashiy yosh shaxmatchilarimizga master-klass o’tib bergani haqida habar bergan edik.

Новость дня
Чемпионаты Зоны 3.4 ФИДЕС 21 по 29 мая 2019 года в городе Ташкенте>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Хобби
Профессия, которой можно зарабатывать
Игра, за которой можно весело проводить время
Игра, помогающая в развитии
Затрудняюсь ответить
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru