Nepomnyashiy vs Yoqubboyev bahsi, chempionlar taqdirlanishi, Nepomnyashiy va Gelfand o'zbek milliy choponida!

автор: admin2962715 2019-04-16 просмотров: 224

 

Toshkentdagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasida O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasi hamda “Central Chess Club” ko’magida rossiyalik taniqli grossmeyster Yan Nepomnyashiy va terma jamoamiz vakili Nodirbek Yoqubboyev o’rtasida o’rtoqlik bellashuvi tashkil qilindi.

Rapid yo’nalishida o’tkazilgan bahsning 4 partiya natijasiga ko’ra, 3.5 – 0.5 hisobida Nepomnyashiy foydasiga hal bo’ldi.

Qayd etish joiz, nufuzli musobaqalarda zafar quchgan Nepomnyashiy, 2017-yili Londonda o’tgan super turnirda o’zining yuqori cho’qqisiga chiqdi. Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag’lub etgan Nepomnyashiy, 8-turdan so’ng musobaqada peshqadamlik qilayotgan edi, ammo so’nggi turda Fabiano Karuanega yutqazib qo’ydi va a’lamli tarzda ikkinchi o’rinni egalladi.  Yan Nepomnyashiy FIDE reytingida ayni damda 7-o’rinni egallab turibdi.

 

 

Tadbir davomida Shri Lankada o'tgan o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionatida qahramon bo'lib qaytgan yosh shaxmatchilarimiz tantanali tarzda taqdirlandilar. Eslatib o'tamiz, vakillarimiz mazkur musobaqada 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritib umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallashgan edi.

 

 

 

Tadbir yakunida esa mehmondo’stlik izhor etish maqsadida  Yan Nepomnyashiy va Boris Gelfandga zar choponlar kiydirildi.

 

Новость дня
Чемпионат Центральной Азии среди юниоров 2019г.С 20 по 30 сентября 2019г. в Ташкенте>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru