Maktab o'quvchilari o'rtasida Jahon chempionati. Hamyurtlarimizda 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza! Chempionlarimiz tantanali ravishda kutib olindi!

автор: admin2962715 2019-04-28 просмотров: 1655

Chempionlarimiz tantanali ravishda kutib olindi!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Turkiyada maktab o’quvchilari o’rtasida jahon chempionatida hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 bronzaga sazovor bo'lishdi. 

 

9 yoshgacha bolalar o'rtasida ishtirok etgan Humoyun Bemuratov o'z guruhida birinchi o'rinni naqd qildi.

15 yoshgacha o'g'il bolalar bahsida turnirdagi yagona grossmeyster hamyurtimiz Javohir Sindarovga so'nggi turda kerakli natijani qo'lga kiritish uchun durang kifoya edi va yosh shaxmatchimiz mazkur vazifani sovuqqonlik bilan bajardi. Qora donalarda o'ynagan Sindarov mog'ulistonlik shaxmatchi bilan durang qayd etdi.

Yana bir oltinni 17 yoshgacha yigitlar musobaqasida Nodirbek Yoqubboyev qo'lga kiritdi. Grossmeyster unvoni berilishini kutayotgan Yoqubboyev mazkur turda ozarbayjonlik shaxmatchi ustidan zafar quchdi. Mazkur yosh toifasida Yoqubboyevga raqobat ko'rsatgan yana bir hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov ikkinchi o'rinni egallab kumush medaliga sazovor bo'ldi.

O’zbekiston terma jamoasiga bronza medalni Umida Omonova taqdim etdi. 13 yoshgacha qizlar o’rtasida qatnashgan hamyurtimiz 6.5 ochko jamg’ardi va uchinchi o’rinni egalladi. 

 

 

7 yoshgacha bolalar bahsida Allaberganov Akbar 5.5 ochko jamg’arib, 9-o’rinni egallagan bo’lsa, mazkur yosh toifasida Abrorova Zaynura 4 ochko bilan 16-o’rindan joy oldi.

11 yoshgacha bolalar o’rtasida qatnashgan Bahrillayev Bahrom 6 ochko jamg’ardi va 10-o’rinni band etdi. Mazkur yosh toifasida qatnashgan Afruza Hamdamovaga biroz omad yetishmadi. 6.5 ochko jamg’argan vakilimiz uchinchi o’rin egallagan Qozog’iston vakilidan faqatgina qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga ortda qoldi va 4-o’rinni egalladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Turkiyada maktab o’quvchilari o’rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Xabaringiz bor mazkur nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. 8-tur bahslari yakuniga yetdi.

 

7 yoshgacha bolalar o’rtasida Allaberganov Akbar ozarbayjonlik raqibini yengdi. Mazkur g’alaba hamyurtimiz uchun musobaqada to’rtinchisi bo’ldi va 4.5 ochko bilan 15-o’ringa chiqib oldi. Ushbu yosh toifasida qizlar bahsida Abrorova Zaynura Shri Lanka vakili mag’lub etib, 4 ochko bilan 15-o’ringa joylashdi.

9 yoshgacha bolalar musobaqasida iqtidorli vakilimiz Humoyun Begmuratov 7.5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Mazkur turda hamyurtimiz mezbon shaxmatchi bilan durangga imzo chekdi.

11 yoshgacha bolalar bahsida Bahrillayev Bahrom 5.5 ochko bilan 10-o’rinda bormoqda. Ushbu turda vakilimiz Qozog’iston vakilini oq donalarda yutdi. Qiz o’rtasidagi musobaqada esa Afruza Hamdamova ketma ket ikkinchi uchrashuvda mag’lubiyatga uchradi. Bu safar hamyurtimiz gruziyalik shaxmatchi oldida ojiz qoldi. Hozircha 5.5 ochko jamg’argan Hamdamova peshqadamdan 1 ochkoga ortda qolgan holda 4-o’rinni egallab turibdi.

 

 

13 yoshgacha qizlar bahsida Umida Omonova turkiyalik shaxmatchini yengib, 5.5 ochko bilan 5-pog’onaga joylashdi. Hamyurtimiz peshqadamdan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

15 yoshgacha og’il bolalar musobaqasida grossmeysterimiz Javohir Sindarov Qozog’iston vakilini mag’lub etib, 6.5 ochko bilan birinchi o’rinni qaytarib oldi.

17 yoshgacha yigitlar bahsida muxlislar navbatdagi o’zbek derbisi guvohi bo’lishdi. Shamsiddin Vohidov Ali Qosimovni qora donalarda mag’lub etdi. Musobaqa peshqadami hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev Shri Lanka vakilini taslim etib, jadvaldagi o’rnini mustahkamladi. Hozirda Yoqubboyevda 7.5 ochko, Vohidov esa 7 ochko bilan 2-o’rinda, uchinchi o’rindagi mezbon shaxmatchi esa 6.5 ochkoga ega.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Turkiyada maktab o’quvchilari o’rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Xabaringiz bor mazkur nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. 7-tur bahslari yakuniga yetdi.

 

7 yoshgacha bolalar o’rtasida Allaberganov Akbar musobaqadagi uchinchi g’alabasini qo’lga kiritdi. Turkiya vakilini mag’lub etgan hamyurtimiz 3.5 ochkoga ega bo’ldi va hozircha 21-o’rinda bormoqda. Ushbu yosh toifasida qizlar bahsida Abrorova Zaynura qirg’izistonlik raqibasini yengdi. Hamyurtimiz 3 ochko bilan 16-o’rinda bormoqda.

9 yoshgacha bolalar o’rtasida Humoyun Begmuratov o’z guruhida raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda 7 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Mazkur turda yosh shaxmatchimiz Qozog’iston vakilini yengdi.

 

 

11 yoshgacha bolalar bahsida Bahrillayev Bahrom Shri Lanka vakili bilan durang o’ynadi. 4.5 ochkoga ega vakilimiz 14-pog’onadan joy olgan. Ushbu yosh toifasida qizlar o’rtasida esa Afruza Hamdamova kutilmaganda Mog’uliston vakiliga mag’lub bo’ldi va 5.5 ochko bilan uchinchi o’ringa tushib qoldi. Peshqadamdan faqatgina qo’shimcha ko’rsatkichlar bo’yicha ortda qolmoqda.

13 yoshgacha qizlar bahsida ham kutilmagan natija qayd etildi. Musobaqa favoriti hisoblangan hamyurtimiz Umida Omonova Mog’uliston vakiliga taslim bo’ldi. Omonova peshqadamdan 1 ochkoga ortda qolgan holda 4.5 ochko bilan 6 o’rinda bormoqda.

15 yoshgacha o’smir bolalar o’rtasida hamyurtimiz GM Javohir Sindarov asosiy taqibchisi ozarbayjonlik raqibiga mag’lub bo’ldi va birinchi o’rinni bo’shatib berdi. 5.5 ochkoga vakilimiz peshqadamdan qo’shimcha ko’rsatkichlar bo’yicha ortda qolmoqda.

17 yoshgacha yigitlar o’rtasida Nodirbek Yoqubboyev 6.5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o’rinni yana bir vakilimiz Shamsiddin Vohidov 6 ochko egallab turibdi. Mazkur turda ular turkiya va Ozarbayjon vakillarini mag’lub etishdi. Yana bir hamyurtimiz Ali Qosimov mezbon shaxmatchini yengib, 4.5 ochko bilan 4-o’ringa chiqib oldi.

 

Qur'a natijalari

 

 

 

 

 

 

Turkiyada maktab o’quvchilari o’rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Xabaringiz bor mazkur nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. 6-tur bahslari yakuniga yetdi.

 

7 yoshgacha yurtimiz sha’nini himoya qilayatgan Allaberganov Akbar (bolalar o’rtasida) va Abrorova Zaynura (qizlar o’rtasida) mazkur turda mag’lub bo’lishdi.

9 yoshgacha bolalar o’rtasida Humoyun Begmuratov eronlik raqibini mag’lub etib, g’alabali seriyasini davom ettirdi. Mazkur g’alaba Begmuratov uchun ketma ket oltinchisi bo’ldi va 6 ochko bilan yaqin taqibchisini 1 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadam bo’lib turibdi.

 

 

11 yoshgacha bolalar o’rtasida Bahrillayev Bahrom turkiyalik shaxmatchini mag’lub etdi. 4 ochkoga ega Bahrillayev 17-o’rinda bormoqda. Ushbu yosh toifasida qizlar musobaqasida Hamdamova Afruza ishtirok etmoqda. Hozirda 5.5 ochkoga ega hamyurtimiz musobaqada peshqadami bo’lib turibdi. Mazkur turda Hamdamova qora donalarda mezbon shaxmatchini taslim etdi.

13 yoshgacha qizlar bahsida Umida Omonova ushbu turda qozog’istonlik raqibasi ustidan g’alaba qozonib, 4.5 ochko bilan ikkinchi o’ringa ko’tarilib oldi. Peshqadamlik qilayotgan turkiyalik shaxmatchi 5.5 ochkoga ega.

15 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasida GM Javohir Sindarov Hindiston vakilini mag’lub etdi. 5.5 ochkoga ega hamyurtimiz yaqin taqibchisini 1 ochkoga ortda qoldirgan holda yakka peshqadamlik qilmoqda.

17 yoshgacha yigitlar o’rtasida esa Nodirbek Yoqubboyev 5.5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o’rinda Shamsiddin Vohidov 5 ochko bilan bormoqda. Mazkur turda Yoqubboyev qozog’istonlikni, Vohidov esa mezbon shaxmatchini mag’lub etdi.

Ushbu yosh toifasida yana bir hamyurtimiz Ali Qosimov ham ishtirok etmoqda. Shri Lanka vakilini mag’lub etgan hamyurtimiz 3.5 ochko bilan 6-o’rindan joy olgan.

 

Qur'a natijalari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Turkiyada maktab o’quvchilari o’rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Xabaringiz bor mazkur nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. 5-tur bahslari yakuniga yetdi.

 

7 yoshgacha bolalar o’rtasida Allaberganov Akbar mo’g’ulistonlik raqibini mag’lub etdi. Ushbu yosh toifasida qizlar bahsida Abrorova Zaynura mo’g’ulistonlik shaxmatchiga mag’lub bo’ldi.

9 yoshgacha bolalar o’rtasida Humoyun Begmuratov ketma ket beshinchi g’alabasini qo’lga kiritdi va musobaqa jadvalida peshqadam bo’lib turibdi. 11 yoshgacha bolalar o’rtasida ishtirok etayotgan Bahrillayev Bahrom hindistonlik shaxmachi bilan durang o’ynadi. Ushbu natijadan so’ng, vakilimiz 3 ochko bilan 24-o’rinni egallab turibdi.

11 yoshgacha qizlar o’rtasida Afruza Hamdamova eng yaqin taqibchisi Qozog’iston vakili bilan durang o’ynadi va 4.5 ochko bilan peshqadamlikni o’zida saqlab qoldi. 13 yoshgacha qizlar bahsida esa Omonova Umida turkiyalik shaxmatchiga mag’lub bo’ldi va 3.5 ochko bilan 4-o’ringa tushib qoldi.

 

 

15 yoshgacha o’g’il bolalar bahsida ishtirok etayotgan grossmeysterimiz Javohir Sindarov mezbon shaxmatchining qarshiligini yenga olmadi va durangga rozi bo’ldi. Shunga qaramay, hamyurtimiz musobaqa jadvalida 4.5 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda.

 

 

17 yoshgacha yigitlar o’rtasida vakillarimiz Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov musobaqa jadvalini boshqarib borishmoqda. Mazkur turda Yoqubboyev turkiyalik FIDE master bilan qora donalarda durang o’ynadi. Vohidov esa qozog’istonlik shaxmatchini mag’lub etdi. Nodirbek 4.5 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo’lsa, 4 ochkoga ega Shamsiddin ikkinchi o’rinda bormoqda. Ushbu yosh toifasida ishtirok etayotgan Ali Qosimov esa 2.5 ochkoga ega va 11-pog’onani egallab turibdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Turkiyada maktab o’quvchilari o’rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Xabaringiz bor mazkur nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. 4-tur bahslari yakuniga yetdi.

7 yoshgacha bolalar bahsida Allaberganov Akbar mog’ulistonlik shaxmatchi bilan durang o’ynadi. Musobaqadagi ochkolar 1.5 taga yetdi va jadvalda hozircha 28-o’rinda bormoqda.  Ushbu yosh toifasida qizlar o’rtasida ishtirok etayotgan Abrorova Zaynura Qozog’iston vakiliga mag’lub bo’ldi. Hozirda vakilimiz 2 ochko bilan 12-o’rinni egallab turibdi.

9 yoshgacha bolalar bahsida iqtidorli vakilimiz Humoyun Begmuratov 4 ochko  bilan peshqadamlar safida bormoqda. Mazkur turda u qozog’istonlik raqini mag’lub etdi.

 

 

11 yoshgacha bolalar musobaqasida Bahrillayev Bahrom turnirdagi ikkinchi g’alabisini qo’lga kiritdi va 2.5 ochko bilan 17-pog’onaga ko’tarilib oldi. Ushbu yosh toifasida qizlar bahsida hamyurtimiz Afruza Hamdamova, turnirdagi o’zining favorit nomini to’liq amalda ko’rsatmoqda. Barcha 4 uchrashuvda g’alaba qozongan vakilimiz jadvalda yakka  peshqadamlik qilmoqda.

13 yoshgacha qizlar o’rtasida yurtimiz sha’nini Omonova Umida munosib himoya qilmoqda. Ortda qolgan 4 tur natijasiga ko’ra vakilimiz 3.5 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 4-turda Omonova mog’ulistonik shaxmatchi bilan durangga imzo chekdi.

 

 

15 yoshgacha o’g’il bolalar o’rtasida qatnashayotgan yagona grossmeyster Javohir Sindarov g’alabali yurishini davom ettirmoqda. Mazkur turda hamyurtimiz mezbon shaxmatchini mag’lub etdi va ochkolari 4 taga yetdi.

17 yoshgacha yigitlar o’rtasidagi musobaqada 3 ta vakilimiz ishtirok etayotganidan habaringiz bor.  4 turda muxlislar mana ikkinchi marotaba o’zbek derbisiga guvoh bo’lishdi.

 

 

Musobaqa favoriti sifatida e’tirof etilgan Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov o’rtasidagi bahsda Nodirbekning qo’li baland keldi. Qayd etish joiz, Yoqubboyev 2-turda ham o’z hamyurti Ali Qosimovni mag’lub etgan edi. Musobaqa jadvalida Yoqubboyev 4 ochko bilan yakka peshqadam bo’lib turibdi, ikkinchi pog’onada Shamsiddin Vohidov 3 ochko bilan band etgan. Mazkur turda Qozog’iston vakilini mag’lub etgan Ali Qosimov esa 2.5 ochko bilan 6-o’ringa chiqib oldi.

 

Qur'a natijalari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Turkiyada maktab o’quvchilari o’rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Xabaringiz bor mazkur nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. 2-tur bahslari yakuniga yetdi.

7 yoshgacha qizlar o’rtasida Abrorova Zaynura turkiyalik raqibidan ustun keldi. Ushbu yosh toifasida bolalar o’rtasida vatanimiz sha’nini himoya qilayotgan Akbar Allaberganov mezbon shaxmatchiga mag’lub bo’ldi.

Humoyun Begmuratov (9 yoshgacha) Rossiya vakilini yenggan bo’lsa, 11 yoshgacha qizlar o’rtasida Afruza Hamdamova qora donalarda turkiyalik kuchli raqibni yutgan bo’lsa, Bahrillayev Bahrom (11 yoshgacha bolalar) rossiyalik Grishin Petrga mag’lub bo’ldi.

 

 

Umida Omonova 13 yoshgacha qizlar o’rtasida Buyuk Ecrinni (Turkiya) taslim etib, ikkinchi g’alabasini rasmiylashtirdi. 15 yoshgacha bolalar o’rtasida yagona grossmeyster hamyurtimiz Sindarov Javohir kutilganidek, g’alaba qozondi va ikkinchi ochkosini qo’lga kiritdi.

 

 

17 yoshgacha yigitlar o’rtasida markaziy uchrashuv hamyurtlarimiz IM Yoqubboyev Nodirbek va FM Qosimov Ali o’rtasida kechdi. O’ziga hos o’zbek derbisida Nodirning qo’li baland keldi. Ushbu yosh toifasida yana bir vakilimiz IM Vohidov Shamsiddin qora donalarda turkiyalik kuchli raqini yengdi.

 

Qur'a natijalari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Hamyurtlarimiz Jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi.

Akbar Allaberganov (7 yoshgacha) va Humoyun Begmuratov hindistonlik raqiblarini mag’lub etishgan bo’lishsa, musobaqada o’z yosh toifalarida favoritlar deya e’tirof etilayotgan Nodirbek Yoqubboyev (17 yoshgacha), Shamsiddin Vohidov (17 yoshgacha), Umida Omonova (13 yoshgacha) va Afruza Hamdamova (11 yoshgacha) mezbon shaxmatchilarni taslim etishdi. Zaynura Abrorova (7 yoshgacha) va grossmeysterimiz Javohir Sindarov (15 yoshgacha) mog’ul yurti vakillarini yengishdi. 17 yoshgacha yigitlar o’rtasida yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan yana bir vakilimiz Ali Qosimov ozarbayjonlik raqibini yutib, O’zbekiston terma jamoasini yuz foizlik natija qayd etishiga o’z hissasini qo’shdi. 11 yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasida Bahrillayev Bahrom terma jamoamiz vakillari orasida dastlabki g'alabani qo'lga kiritdi! Partiyaning 28-yurishida vakilimiz qozog'istonlik raqibini mot qilishga erishdi. 

 

Qur'a natijalari

 

 

 

 

 

 

 

 

17-apreldan 27-aprelga qadar Turkiyaning Antalya shahri 7 yoshdan 17 yoshgacha maktab o’quvchilari o’rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

O’zbekiston terma jamoasi 10 kishilik tarkib bilan Turkiyaga yo’l oldi.

Jahon chempionatida yurtimiz sha’nini quyidagi shaxmatchilarimiz himoya qiladi:

Allaberganov Akbar 7 yoshgacha, Begmuratov Humoyun 9 yoshgacha, Bahrillayev Bahrom 11 yoshgacha, Sindarov Javohir 15 yoshgacha, Yoqubboyev Nodirbek  17 yoshgacha, Vohidov Shamsiddin 17 yoshgacha, Qosimov Ali 17 yoshgacha, Abrorova Zaynura 7 yoshgacha, Hamdamova Afruza 11 yoshgacha, Omonova Umida 13 yoshgacha.

 

1-tur qur'asi

Новость дня
Чемпионат Центральной Азии среди юниоров 2019г.С 20 по 30 сентября 2019г. в Ташкенте>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru