O'zbekiston chempionati Oliy Liga 2019

автор: admin 2019-05-12 просмотров: 255

 

Joriy yilning 3-maydan 14-mayga qadar Toshkent shahrida ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionatining Oliy Liga bahslari o’tkaziladi. Ayollar o'rtasidagi musobaqa qatnashchilarining ro'yxatga olish muddati 3-may soat 12:00 ga qadar, soat 12:00 da esa qur'a tashlanadi.

Erkaklar o'rtasida esa musobaqa 1-iyuldan 14-iyulga qadar bo'lib o'tadi

Chempionat davra tizimida o’tkazilganligi sababli ishtirokchilar soniga qarab yakunlanish muddati oldinga surilishi mumkin.

Shu sababli barcha ishtirokchilardan 25-aprelga qadar O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasiga ishtirok etish haqida yozma ravishda tasdiqlashini so’raymiz!

Erkaklar o’rtasida O’zbekiston chempionatida (Oliy liga) ishtirok etish huquqiga ega shaxmatchilar:

  • 2018-yili o’tkazilgan chempionatda 1-6-o’rinlarni egallagan ishtirokchilar;
  • 2019-yili 1 Liga bahslarida 1-4-o’rinni qo’lga kiritgan ishtirokchilar;
  • O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasi Ijroqo’m qaroriga ko’ra 2-4 ta ishtirokchi.

Mazkur chempionatda 1-6-o’rinlarni egallagan ishtirokchilar 2020-yili Oliy Ligada qatnashish huquqini qo’lga kiritishadi. Musobaqa sovrin jamg'armasi 25 000 000 so'm.

 

Ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionatida (Oliy liga) ishtirok etish huquqiga ega shaxmatchilar:

  • 2018-yili o’tkazilgan chempionatda 1-6-o’rinlarni egallagan ishtirokchilar;
  • 2019-yili 1 Liga bahslarida 1-4-o’rinni qo’lga kiritgan ishtirokchilar;
  • O’zbekiston Shaxmat Federatsiyasi Ijroqo’m qaroriga ko’ra 2 ta ishtirokchi.

Mazkur chempionatda 1-6-o’rinlarni egallagan ishtirokchilar 2020-yili Oliy Ligada qatnashish huquqini qo’lga kiritishadi. Musobaqa sovrin jamg'armasi 10 000 000 so'm.

 

qur'a (ayollar)

Новость дня
3.4 zonasi - Markaziy Osiyo chempionati21-29 may kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.>>
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru