3.4 zonasi - Markaziy Osiyo chempionati

автор: admin 2019-05-13 просмотров: 663

Toshkentdagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasida 21-29 may kunlari FIDEning 3.4 zonasi (Markaziy Osiyo) mamlakatlari chempionati bo’lib o’tadi.

Musobaqa 9 turda iborat shveytsar tizimi bo’yicha o’tkaziladi. Turnir davomida bir marotaba bir kunda ikkita tur o’tkaziladi. 29-may soat 9:00 da so’nggi tur ham musobaqaning yopilish marosimi bo’lib o’tadi.

 

Erkaklar o’rtasida ikkita eng yaxshi natija qayd etgan ishtirokchi Jahon Kubogida qatnashish huquqini qo’lga kiritsa, ayollar musobaqasida esa g’oliblikni qo’lga kiritgan shaxmatchiga ayollar o’rtasida Jahon Kubogida ishtirok etish huquqi beriladi.

 

O’zbekiston fuqarolari eng kam ish haqining bir barobari miqdorida (tashkiliy to’lov) va ishtirok etish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo’yicha 150 AQSh dollariga teng miqdorda milliy valyutada to’lov qilishlari zarur. Batumida o’tgan Shaxmat Olimpiadasida ishtirok etgan terma jamoa vakillari hamda O’zbekiston terma jamoasi grossmeysterlari uchun esa to’lov O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo’yicha 75 AQSh dollarini tashkil qiladi.

 

O’zbekiston chempionati Oliy Ligasining ayollar o’rtasidagi g’olibi musobaqada to’lovsiz ishtirok etadi.

 

Barcha Federatsiya ishtirokchilarining xalqaro FIDE reytingi erkaklar uchun 2100 va undan yuqori va ayollarning reytingi esa 1900 dan kam bo’lmasligi lozim.

 

O’zbekistonlik ishtirokchilar 2019-yilning 15-mayiga qadar to’lovlarni amalga oshirib, ro’yxatdan o’tishlari kerak.

 

Musobaqa nizomi

Новость дня
Календарь
<< >>

Наш опрос
Шахматы для вас это?
Севимли машғулот
Пул топиш мумкин бўлган касб
Қизикарли ўйин
Ривожланишга ёрдам берувчи ўйин
Жавоб бериш кийин
 


Copyright 2017 http://uzchess.uz All rights reserved.
Рейтинг@Mail.ru