8-18 yoshgacha o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (standart, rapid va blitz)

28 Yanvar 2022
Ko`rilganlar: 2136

2022 yil 4 fevraldan 26 fevralgacha, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining buyrug‘i asosida, 8-18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini (standart, rapid va blitz) o‘tkazish rejalashtirilgan. Chempionat Toshkent shahrida Xalqaro shaxmat Akademiyasi binosida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ishtirokchilari o‘yin zaliga tibbiy himoya niqobisiz kiritilmaydi!

Musobaqada har bir ishtirokchi partiyalarni (o‘yinlarni) yozib borishi va hakamlar hay’atiga taqdim etib borishi shart! Aks holda, ishtirokchi o‘yindan chetlatiladi.

 

Chempionatining dasturi

Yakuniy jadval (8,10,12 yoshgacha)

Yakuniy jadval (8,10,12 yoshgacha rapid)

Yakuniy jadval (8,10,12 yoshgacha blitz)

 

Yakuniy jadval (14,16,18 yoshgacha)

Yakuniy jadval (14,16,18 yoshgacha rapid)

Yakuniy jadval (14,16,18 yoshgacha blitz)

 

Musobaqada ishtirok etish uchun mandat komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi shart:

a) hududiy turizm va sport boshqarmalari va hududiy federatsiyalar tomonidan tasdiqlangan talabnomalar (4-ilovasiga binoan);

b) talabnomada tibbiyot muassasasining vrachi tomonidan har bir sportchining musobaqada ishtirok etishiga ruxsati (imzo va muhri bilan tasdiqlangan holda);

c) sportchining tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomasi (asli ko‘rsatiladi);

d) 16 yoshga to‘lgan har bir sportchining pasport nusxalari yoki AD karta (asli ko‘rsatiladi);

e) 2022 yil uchun o‘tkazilgan viloyat chempionatining kategoriyalar bo‘yicha yakuniy jadvali;

Aks holda, ishtirokchilar chempionatda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. Barcha ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi fuqorosi va O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi a’zosi bo‘lishi shart!

 

С 4 февраля по 26 февраля 2022 года согласно приказу Министерства туризма и спорта Республики Узбекистана планируется проведение чемпионата Узбекистана (стандарт, рапид и блиц) по шахматам среди мальчиков и девочек до 8-18 лет. Чемпионат планируется провести в городе Ташкенте в здании Международной Шахматной Академии.

Участники, не имеющие масок, в игровой зал допущены не будут!

Каждый участник должен записывать свои партии (игры) и сдавать бланки судьям! В противном случае участник будет дисквалифицирован.

 

Программа чемпионата