O‘zbekiston chempionati (1 liga)

22 Fevral 2022
Ko`rilganlar: 1713

2022 yil 24 martdan 2 aprelgacha erkaklar va ayollar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini (1 liga) o‘tkazish rejalashtirilgan. Chempionat Toshkent shahrida Xalqaro shaxmat Akademiyasi binosida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ishtirokchilari o‘yin zaliga tibbiy himoya niqobisiz kiritilmaydi!

Musobaqada ishtirok etish uchun mandat komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi shart:

a) hududiy turizm va sport boshqarmalari va hududiy federatsiyalar tomonidan tasdiqlangan talabnomalar (4-ilovasiga binoan);

b) talabnomada tibbiyot muassasasining vrachi tomonidan har bir sportchining musobaqada ishtirok etishiga ruxsati (imzo va muhri bilan tasdiqlangan holda);

c) sportchining tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomasi (asli ko‘rsatiladi);

d) 16 yoshga to‘lgan har bir sportchining pasport nusxalari yoki AD karta (asli ko‘rsatiladi);

e) 2022 yil uchun o‘tkazilgan viloyat chempionatining kategoriyalar bo‘yicha yakuniy jadvali;

Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati birinchi ligasida ishtirok etishga quyidagilarga ruxsat etiladi:

2021 yilgi erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida kamida 6 ochko to‘plagan ishtirokchilar;

2021 yilgi erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati Oliy ligasida 7-13 o‘rinni egallagan sportchilar;

2021 yilgi Faxriylar o‘rtasida Respublika musobaqasida 1-3 o‘rinni egallagan qatnashchilar;

2021 yilgi 14,16,18 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida 1-3-o‘rinni egallagan sportchilar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 3 nafargacha sovrindor sportchilari;

FIDE reytingi 2100 dan kichik bo‘lmagan sportchilar.

Trenerlar kengashi qaroriga asosan 2021-2022 y. 10 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egallagan sportchilar; 2021-2022 y. 12 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida 1-3 o‘rinni egallagan sportchilar. 

Aks holda, ishtirokchilar chempionatda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. Barcha ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi fuqorosi va O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi a’zosi bo‘lishi shart!

 

Yakuniy jadval (pdf)

 

С 24 марта по 2 апреля 2022 года планируется проведение чемпионата Узбекистана (1 лига) по шахматам среди мужчин и женщин. Чемпионат планируется провести в городе Ташкенте в здании Международной Шахматной Академии.

Участники, не имеющие масок, в игровой зал допущены не будут!

Регистрация на чемпионат через соответствующие отделения Федерации шахмат Узбекистана при соответствии критериям участия.

Все участники должны быть гражданами Республики Узбекистан и членами Федерации шахмат Узбекистана.