Bolalar o'rtasida jahon va Osiyo chempionatlari

30 Iyun 2022
Ko`rilganlar: 357

2022-yilning 5-17-sentabr kunlari Ruminiyada 14,16,18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Turnir Nizomi

Murabbiylar kengashi qaroriga ko'ra, ushbu jahon chempionatlarining asosiy o'yinchilari 2022 yilgi standartlar bo'yicha tegishli yoshdagi O'zbekiston chempioni hisoblanadi.

Qo‘shimcha ishtirokchilar sifatida standart, rapid va blits-2022 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘nta o‘rinni egallagan shaxmatchilar hamda xalqaro unvonga ega bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etishlari mumkin.

Barcha ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish turnir nizomi shartlariga muvofiq to’lovlar toʻlanganidan keyin 2022-yil 15-iyulgacha amalga oshiriladi.

 

2022-yilning 15-28-sentabr kunlari Gruziyada 8,10,12 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Turnir Nizomi

Murabbiylar kengashi qaroriga ko'ra, , 2022 yilgi O'zbekiston chempionatining tegishli yoshdagi standart bo'yicha chempionlari ushbu jahon chempionatlarining asosiy o'yinchilari hisoblanadi.

Qo‘shimcha ishtirokchilar sifatida standart, rapid va blits-2022 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘nta o‘rinni egallagan shaxmatchilar hamda xalqaro reytingga ega bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etishlari mumkin.

Barcha ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish nizom shartlariga muvofiq 2022-yil 20-iyulgacha badal to‘langanidan keyin amalga oshiriladi.

 

2022 yilning 13-22 oktyabr kunlari Indoneziyada 8,10,12,14,16,18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Murabbiylar kengashi qaroriga ko'ra, 2022 yilgi O'zbekiston chempionatining tegishli yoshdagi standart bo'yicha kumush medal sohiblari ushbu Osiyo chempionatlarining asosiy o'yinchilari sifatida aniqlandi.

Qo‘shimcha ishtirokchilar sifatida standart, rapid va blits-2022 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘nta o‘rinni egallagan shaxmatchilar hamda xalqaro unvonga ega bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etishlari mumkin.