Maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati

14 Iyul 2022
Ko`rilganlar: 312

2022-yilning 25-avgustidan 3-sentabriga qadar Kalutara shahrida (Shri-Lanka) maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Asosiy o‘yinchilarni aniqlash uchun O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, qiziqish bildirgan ishtirokchilardan 2022-yilning 25-iyuliga qadar yozma ariza yuborishlarini so‘raydi. O‘yinchilar quyidagi eng yaxshi natijalarga ko‘ra hisoblanadi: 2022 yil standarti bo‘yicha O‘zbekiston chempionatidagi o‘rin, 2021 yil standarti bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatidagi o‘rin, standart bo‘yicha xalqaro reyting.

Chempionatning asosiy o’yinchilari nizomga asosan chempionat davomida faqat bepul turar joy va ovqat bilan taʼminlanadi.

Barcha ishtirokchilar, murabbiylar va hamrohlik qiluvchi shaxslar 2022-yil 25-iyulgacha, ariza va chet elga chiqish pasportlari nusxasini taqdim etish orqali ro‘yxatdan o‘tishni yakunlashlari kerak. Shundan so‘ng ularga tashkilotchilar tomonidan to‘lovlarni o‘tkazish va mehmonxona uchun oldindan to‘lov qilish hisob-fakturalari taqdim etiladi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi ishtirokchilarni yozma ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam ko‘rsatadi, biroq turnir shartlari va shaxmatchilarning Shri-Lankada bo‘lish vaqtidagi xavfsizligi, shuningdek, oldindan to‘lov talab qilinganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy muammolar yoki parvozlarni bekor qilinganligi holatlarida javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi! Hozirda Shri-Lankada chuqur iqtisodiy inqiroz tufayli bo’lgan xalq qo‘zg‘olonidan so‘ng favqulodda holat joriy etilgan.

 

В период с 25 августа по 3 сентября 2022 года в городе Калутара (Шри-Ланка) будет проходить чемпионат Азии среди школьников по шахматам.

Для определения основных игроков Федерация шахмат Узбекистана просит заинтересованных участников отправить письменные заявки до 25 июля 2022 года. Учет игроков будет проходить по следующим наилучшим результатам: место в чемпионате Узбекистана по стандарту 2022г, место в чемпионате Узбекистана среди школьников по стандарту 2021г., международный рейтинг по стандарту.

Основным игрокам чемпионата только предоставляется бесплатное проживание и питание в сроки чемпионата согласно положению.

Всем участникам, тренерам и сопровождающим необходимо завершить регистрацию до 25 июля 2022 года, предоставив заявления и копии заграничных паспортов. После этого им будут предоставлены инвойсы от организаторов для перечисления взносов и предоплаты за гостиницу.

Федерация шахмат Узбекистана оказывает поддержку в письменной регистрации участников, но не несёт ответственность за условия проведения турнира и за безопасность шахматистов во время их пребывания в Шри-Ланке, а также за возможные финансовые проблемы в связи с требуемой предоплатой организаторам или отменой авиарейсов! В настоящее время на Шри-Ланке действует режим чрезвычайного положения после народного восстания из-за глубокого экономического кризиса.