FIDE hakamlarining Workshop

23 Avgust 2022
Ko`rilganlar: 153

Ushbu tadbir FIDE litsenziyasiga ega hakamlar uchun kontinental Workshop bo'lib, rus tilida bo'lib o'tadi va shaxmat atamalari esa ingliz tilidagi bo'ladi. Seminar 2022-yilning 8-10-sentabr kunlari Toshkent shahrida (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tadi.

Maqsad – Shaxmat qonunlari va FIDE musobaqalari qoidalaridagi so‘nggi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lgan va FIDE doirasida bo’lib o’tadigan tadbirlarda yuqori darajadagi ko‘pmillatli hakamlik jamoalariga mukammal darajada qo‘shila oladigan, Osiyolik litsenziyalangan hakamlar va kadrlarini tayyorlash.

Seminarni xalqaro hakam, FIDE ma’ruzachisi Ashot Vardapetyan va assistent – ​​xalqaro hakam, FIDE ma’ruzachisi Husan Turdialiyev (O‘zbekiston) olib boradi.

Workshopda ishtirok etish uchun barcha hakamlar uchun kirish to'lovi 20 AQSh dollarini (Milliy valyutada MBning kursi bo‘yicha to‘lanadi) tashkil qiladi. 

Sayohat xarajatlari Milliy federatsiyalar yoki ishtirokchilar tomonidan qoplanishi kerak.