2023 yil 31 yanvardan 11 fevralgacha, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 01/58-A/F sonli buyrug‘i asosida, 8-12 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini (standart, rapid va blitz) o‘tkazish rejalashtirilgan. Chempionat Toshkent shahrida Xalqaro shaxmat Akademiyasi binosida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Musobaqada har bir ishtirokchi partiyalarni (o‘yinlarni) yozib borishi va hakamlar hay’atiga taqdim etib borishi shart! Aks holda, ishtirokchi o‘yindan chetlatiladi.
Musobaqada ishtirok etish uchun mandat komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi shart:
a) hududiy sportrni rivojlantirish boshqarmalari va hududiy federatsiyalar tomonidan tasdiqlangan talabnomalar (4-ilovasiga binoan);
b) talabnomada tibbiyot muassasasining vrachi tomonidan har bir sportchining musobaqada ishtirok etishiga ruxsati (imzo va muhri bilan tasdiqlangan holda);
c) sportchining tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomasi (asli ko‘rsatiladi);
d) 16 yoshga to‘lgan har bir sportchining pasport nusxalari yoki AD karta (asli ko‘rsatiladi);
e) 2023 yil uchun o‘tkazilgan viloyat chempionatining kategoriyalar bo‘yicha yakuniy jadvali;
Aks holda, ishtirokchilar chempionatda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. Barcha ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi fuqorosi va O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi a’zosi bo‘lishi shart!