2023 yilning 12-22 dekabr kunlari BAAning Al Ain shahrida 8,10,12,14,16,18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Murabbiylar kengashi qaroriga ko'ra, 2023 yilgi O'zbekiston chempionatining tegishli yoshdagi standart bo'yicha kumush medal sohiblari ushbu Osiyo chempionatlarining asosiy o'yinchilari sifatida aniqlandi.
Qo‘shimcha ishtirokchilar sifatida standart, rapid va blits-2023 bo‘yicha 8-18 yoshgacha bo`lgan o`smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘nta o‘rinni egallagan shaxmatchilar ishtirok etishlari mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish uchun 1-noyabrgacha ariza va pasport yuborish, 11-noyabrgacha tashkilotchilarga toʻlov va turar joy uchun oldindan toʻlovni toʻlash kerak.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi ishtirokchilarga viza olish uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmaydi.
Barcha ishtirokchilar to'lovdan keyin rasmiy mehmonxonada qolishlari shart.