Prezident kubogi – 2-tur

Prezident kubogi – 2-tur

Prezident Kubogi shaxmat turnirining ikkinchi turi O’zbekiston vakillari uchun juda muvaffaqiyatli o’tdi. Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov hindistonlik FIDE ustasi Sahib Singhga qarshi ishonchli g’alabani qo’lga kiritib, turnirdagi ochkolari sonini oshirdi. U oq donalar bilan o’ynab, raqibining mudofaasini yorib o’tdi va partiyani aniq hisob-kitoblar bilan yakunladi.

Eng diqqatga sazovor natijalardan biri — xalqaro usta Ortiq Nigmatovning eronlik kuchli grossmeyster Parham Maghsoodlooga qarshi g’alabasi bo’ldi. Reytingda katta farq bo’lishiga qaramay, Nigmatov o’zining puxta tayyorgarligi va matonatini namoyish etdi.

Boshqa shaxmatchilarimiz ham yaxshi natijalar ko’rsatishdi:

  • GM Javohir Sindarov xitoylik xalqaro usta Chu Vey Chaoni mag’lub etdi.
  • GM Shamsiddin Vohidov qozoqistonlik IM Meruert Kamalidenovani yengdi.
  • GM Nodirbek Yakubboev xitoylik IM Xu Mingxui bilan durang o’ynadi.

O’zbekiston shaxmatchilarining ushbu muvaffaqiyatlari ularga turnir jadvalida yuqori o’rinlarni egallash imkonini bermoqda. Keyingi turlarda vakillarimizga omad tilaymiz va yangi zafarlar kutib qolamiz!

yangilikar yorlig'i