Prezident kubogi 4-tur

Prezident kubogi 4-tur

Prezident Kubogi shaxmat turnirining to’rtinchi turi O’zbekiston vakillari uchun ajoyib natijalar bilan o’tdi. Xalqaro usta Ortiq Nig’matov turnir jadvalida 3,5 ochko bilan birinchi o’ringa ko’tarilib, yurtimiz sha’nini yuqori ko’tarmoqda. U grossmeyster Javohir Sindarov bilan durang o’ynab, umumiy ochkolarini oshirdi.

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov hindistonlik grossmeyster Karthikeyan Murali bilan qiyin bahsda durangga erishib, ochkolarini 3,5 ga yetkazdi va umumiy jadvalda yuqori o’rinlarni egallab turibdi.

Boshqa shaxmatchilarimiz ham yaxshi natijalar ko’rsatishdi:

  • FM Ulug’bek Tillaev xalqaro usta Aristambek Urazayev bilan durang o’ynab, 3 ochko bilan turnir jadvalida yuqori o’rinlarda.
  • GM Muxiddin Madaminov eronlik IM Arad Nazarini mag’lub etib, ochkolarini 3 ga yetkazdi.
  • GM Nodirbek Yoqubboev qirg’izistonlik IM Eldiyar O’rozboevni yengib, 3 ochkoga ega bo’ldi.

Ushbu natijalar O’zbekiston shaxmatchilarining yuqori saviyasini yana bir bor tasdiqladi. Turnirning keyingi turlarida vakillarimizga omad tilaymiz va yangi g’alabalarni kutib qolamiz!

yangilikar yorlig'i