Joriy yilning 24-oktabr – 2-noyabr kunlari Mongoliya davlatining Ulan-Bator shahrida 7–17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida standart, rapid va blits yo‘nalishlarida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Musobaqada 16 ta davlatdan 675 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda, shulardan 15 nafari O‘zbekiston vakillari hisoblanadi.