Mongoliyaning Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan 7–17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yosh o‘zbekistonlik shaxmatchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Quvonarli jihati, hamyurtlarimiz musobaqaning turli yosh toifalarida yuqori o‘rinlarni egallab, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tardilar.
Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlar faxriy yorliqlar hamda medallar bilan taqdirlandi.
Yosh shaxmatchilarimizni yuksak natijalari bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada ulkan g‘alabalar tilaymiz!