Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 10.11.2025
view 22
Hamyurtimiz Abdimalik Abdisalimov Germaniyada o‘tkazilgan Bavariya ochiq turnirida 4-o‘rinni egalladi
timeline

Joriy yilning, 1–9 noyabr kunlari Germaniyaning Tegernze shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli XXVIII Bavariya xalqaro ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.

➡️O‘zbekiston sharafini xalqaro grossmeysterlar Abdisalimov Abdimalik (2553) va Nigmatov Ortiq (2493) himoya qildi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 15 000 yevroni tashkil etdi. 

➡️Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik grossmeyster Abdisalimov Abdimalik 9 turdan 7 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 4-o‘rinni egalladi. Ushbu natija tufayli uning reytingi +11 punktga oshdi.

➡️Yana bir vatandoshimiz Nigmatov Ortiq (2493) esa biroz muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi va musobaqani muddatidan avval yakunladi. Uning reytingida −12,8 punkt pasayish qayd etildi.

➡️Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni eronlik Tabatabai M. Amin (2681, 8 ochko) egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Engel Luis (Germaniya, 2567) hamda Gumularc Shimon (Polsha, 2584) hisobiga yozildi.

Sahifalar cancel
Tillar