Avval xabar berganimizdek, yurtimizda kichik yoshdagi shaxmatchilarga e’tiborni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan “Yosh Yulduzlar” dasturi ishlab chiqilmoqda.
Bugun ushbu dastur doirasida Xalqaro shaxmat akademiyasida iqtidorli yosh shaxmatchilarimizning ota-onalari va murabbiylari bilan suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida yoshlarimizning mavjud muammolari, kamchiliklari hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilinib, ular “Yosh Yulduzlar” dasturining asosiy yo‘nalishlariga kiritildi.
Mazkur tashabbus kelajakda yoshlarimizning Olimpiada chempionlariga munosib avlod bo‘lib yetishishlari uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.