Ikki karra Osiyo chempioni Muhammadyusuf Baxromov taqdirlandi
22.10.2026
1
Ikki karra Osiyo chempioni Muhammadyusuf Baxromov taqdirlandi
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Baxromov Muhammadyusuf Rossiyaning Tula viloyatida o‘tkazilgan 20-Osiyo maktab o‘quvchilari shaxmat chempionatida 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida klassik shaxmat va blits yo‘nalishlarida ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgandi.
Mazkur yuksak natijasi munosabati bilan Muhammadyusufga 10 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda televizor topshirildi.
Yosh chempionimiz Baxromov Muhammadyusufni yana bir bor muborakbod etamiz va kelgusidagi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿
🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial)
🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)