Group
Главная
●
Новости
●
calendar 10.11.2026
view 39
🇺🇿 ÖZBEKISTON ŞAXMATIDA TARIXIY DUBL!
Jahon Toji uçun kuraş oldidan Javohir Sindarovning xalqaro maydondagi yorqin natijalarini yana bir bor yodga olamiz! Joriy yilning 16-yanvar – 1-fevral kunlari Niderlandiyaning Wijk aan Zee şahrida ötkazilgan nufuzli Tata Steel Chess 2026 turnirida özbek grossmeysterlari tarixiy natijaga erişdi. 13 tur davom etgan Masters bahslarida: 🥇 Nodirbek Abdusattorov — 9 oçko bilan turnir ğolibi böldi. U 6 ta ğalaba, 6 ta durang va 1 ta mağlubiyat qayd etdi. Şu tariqa Tata Steel Chess tarixida çempionlikni qölga kiritgan ilk özbek şaxmatçisiga aylandi. 🥈 Javohir Sindarov — 8,5 oçko bilan ikkinçi örinni egalladi. Hamyurtimiz musobaqani birorta mağlubiyatsiz yakunlab, 4 ta ğalaba va 9 ta durang qayd etdi. Şu tariqa ikki nafar özbek grossmeysteri dunyoning eng kuçli şaxmatçilari jam bölgan nufuzli turnirda birinçi va ikkinçi örinlarni egalladi. 3-fevral kuni tarixiy natija qayd etgan şaxmatçilarimiz Toşkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston şaxmat federatsiyasi vakillari, ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari iştirokida tantanali kutib olindi. Jahon Toji uçun muhim bahslar arafasida Javohir Sindarovning uşbu yutuği uning xalqaro maydondagi katta salohiyati va mahoratini yana bir bor namoyon etadi. Jahon toji uçun bahsga 14 kun qoldi!
timeline


Страницы cancel
Языки