Group
Главная
●
Новости
●
calendar 17.11.2026
view 50
JAHON TOJI KIMGA NASIB ETADI ? SINDAROV — GUKESH MATÇI HAQIDA NIMALARNI BILIŞ KERAK ?
22-noyabrdan 12-dekabrgacha Şveysariyaning Jeneva şahrida şahmat böyiça jahon çempionligi uçun tarixiy bahs bölib ötadi. Unda özbekistonlik Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarşi dona suradi. Musobaqa haqida asosiy ma’lumotlar: • Manzil: Jeneva yaqinidagi Fondation Martin Bodmer majmuasi. • Birinçi partiya: 24-noyabr, Toşkent vaqti bilan 19:00 da. • Format: 14 tagacha klassik partiya. Birinçi bölib 7,5 oçko töplagan şahmatçi jahon çempioni böladi. Hisob 7:7 bölsa, ğolib qöşimça tezkor partiyalarda aniqlanadi. • Vaqt nazorati: Dastlabki 40 yuriş uçun 120 daqiqa, söng yana 30 daqiqa. 41-yurişdan boşlab har bir yurişga 30 soniya qöşiladi. • Mukofot jamğarmasi: 2,5 million AQŞ dollari. Özbekiston tarixida ilk bor şahmatçimiz klassik şahmat böyiça jahon çempioni unvoni uçun maçda iştirok etadi. Javohir Sindarov uçun bu nafaqat şaxsiy yutuq, balki butun Özbekiston şahmati tarixidagi muhim voqeadir. Jahon toji uçun bahsga 7 kun qoldi! 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
timeline


Страницы cancel
Языки