Bugun, 20-noyabr kuni Qozoğistonning Turkiston şahrida Turkic Individual Chess Championship 2026 — Turkiy davlatlar örtasidagi individual şahmat çempionati boşlanadi.
20.11.2026
38
Bugun, 20-noyabr kuni Qozoğistonning Turkiston şahrida Turkic Individual Chess Championship 2026 — Turkiy davlatlar örtasidagi individual şahmat çempionati boşlanadi.
20–27-noyabr kunlari ötkaziladigan musobaqada Özbekiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Turkiya, Vengriya, Qirğiziston va Turkmaniston vakillari erkaklar, ayollar hamda faxriylar yönalişlarida özaro bellaşadi.
Özbekiston şarafini quyidagi şahmatçilarimiz himoya qiladi:
GM Abdimalik Abdisalimov (2562) — erkaklar guruhida;
WIM Karimova Guldona (2264) — ayollar guruhida;
FM Ibrohim Karimov (2090) — faxriylar guruhida.
Erkaklar guruhida, şuningdek, taniqli xalqaro grossmeysterlar Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2585), Denis Makhnev (Qozoğiston, 2581) va Adam Kozak (Vengriya, 2524) iştirok etadi.
Musobaqa formati:
Erkaklar va ayollar guruhida 8 nafardan şahmatçi ikki davrali aylanma tizimda 14 tur ötkazadi. Har bir iştirokçi qolgan 7 raqibi bilan ikki martadan öynaydi.
Faxriylar guruhida esa 8 nafar şahmatçi bir davrali aylanma tizimda 7 turda bellaşadi.
Bahslar klassik (standard reytingli) yönalişda, 45 daqiqa va har bir yurişga 30 soniya qöşimça vaqt nazorati bilan ötkazilişi belgilangan.
Bahslar taqvimi (Toşkent vaqti bilan):
20-noyabr — 1-tur, soat 15:00;
21–26-noyabr — har kuni ikki tur, soat 11:00 va 16:00;
27-noyabr — 14-tur, soat 11:00.
Faxriylar guruhidagi musobaqa 26-noyabr kuni yakunlanadi.
Musobaqa Qozoğiston Şahmat Federatsiyasi va Turkiy davlatlar şahmat assotsiatsiyasi hamkorligida, Turkiston şahridagi Karavansaray mehmonxonasida taşkil etilmoqda.
Özbekiston Şahmat Federatsiyasi barça vakillarimizga xalqaro maydondagi bahslarda muvaffaqiyatlar tilaydi!
Jahon toji uçun bahsga 4 kun qoldi!