O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
22.10.2026
3
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
Ispaniyada o‘tkazilgan FIDE U7–U17 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar.
🥇 1-o‘rin — oltin medal
Lazizabonu Komiljonova — U13 qizlar o‘rtasida jahon chempioni.
🥈 2-o‘rin — kumush medal
Sayfuddin Erkinboev — U9 o‘g‘il bolalar o‘rtasida.
Sarvinoz Begmuratova — U13 qizlar o‘rtasida.
Akbar Mustafakulov — U11 o‘g‘il bolalar o‘rtasida.
🥉 3-o‘rin — bronza medal
Husnorakhon Husnitdinova — U11 qizlar o‘rtasida.
Shuningdek, Fazliddin Farhodov U9 o‘g‘il bolalar bahslarida 7-o‘rinni egalladi,
Aminabonu Zohirova — U9 qizlar o‘rtasida 5-o‘rin egallab kuchli 10 talikdan joy olishti.
🇺🇿 Yosh shaxmatchilarimizni ushbu yuksak natijalar bilan tabriklaymiz!
🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial)
🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)