×
Home
News
Achievements
History
Tournaments
Federation
Clubs
Documents
Contacts
Directory
Регионал
FAQ
Players
Rating
en
ru
oz
Home
●
News
26.10.2026
Bişkekda 4-Osiyo Para şaxmat çempionati start oladi
29 oktabrdan 8 noyabrgacha Qirğizistonning Bişkek şahrida 4-Osiyo Para şaxmat çempionati ötkaziladi. Musobaqada Osiyo mamlakatlarining Milliy şaxmat federatsiyalari vakillari, jumladan erkaklar, ayollar, yoşlar va qizlar bahs olib boradilar. Standart şaxmat bahslari 9 turdan iborat Şveysarça tizimda, 90 daqiqa + har bir yurişga 30 soniya vaqt nazorati ostida ötkaziladi. Şuningdek, dasturdan Rapid va Blitz bahslari ham örin olgan. Musobaqada iştirok etadigan barça vakillarimizga omad va yuqori natijalar tilaymiz! Nizomi (https://t.me/shaxmatnizomlari/10) 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
22.10.2026
Ikki karra Osiyo chempioni Muhammadyusuf Baxromov taqdirlandi
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Baxromov Muhammadyusuf Rossiyaning Tula viloyatida o‘tkazilgan 20-Osiyo maktab o‘quvchilari shaxmat chempionatida 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida klassik shaxmat va blits yo‘nalishlarida ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgandi. Mazkur yuksak natijasi munosabati bilan Muhammadyusufga 10 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda televizor topshirildi. Yosh chempionimiz Baxromov Muhammadyusufni yana bir bor muborakbod etamiz va kelgusidagi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
22.10.2026
Kecha, 21-oktabr kuni, Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.
Musobaqada erkak va ayol shaxmatchilar 9 tur davomida g‘oliblik uchun bahs olib boradilar. Bellashuvlar Shveysarcha tizim asosida, 90 daqiqa + har bir yurishga 30 soniya vaqt nazorati bilan o‘tkaziladi. Chempionat doirasida har kuni 2 tadan tur o‘tkazilib, bahslar 25-oktabr kuni yakunlanadi. Barcha ishtirokchilarga musobaqada omad va muvaffaqiyat tilaymiz! 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
22.10.2026
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
Ispaniyada o‘tkazilgan FIDE U7–U17 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar. 🥇 1-o‘rin — oltin medal Lazizabonu Komiljonova — U13 qizlar o‘rtasida jahon chempioni. 🥈 2-o‘rin — kumush medal Sayfuddin Erkinboev — U9 o‘g‘il bolalar o‘rtasida. Sarvinoz Begmuratova — U13 qizlar o‘rtasida. Akbar Mustafakulov — U11 o‘g‘il bolalar o‘rtasida. 🥉 3-o‘rin — bronza medal Husnorakhon Husnitdinova — U11 qizlar o‘rtasida. Shuningdek, Fazliddin Farhodov U9 o‘g‘il bolalar bahslarida 7-o‘rinni egalladi, Aminabonu Zohirova — U9 qizlar o‘rtasida 5-o‘rin egallab kuchli 10 talikdan joy olishti. 🇺🇿 Yosh shaxmatchilarimizni ushbu yuksak natijalar bilan tabriklaymiz! 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
22.10.2026
Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 50 yoshdan yuqori shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi.
9 tur yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Ibragim Karimov — 7,5 ochko 🥈 2-o‘rin — Nurulla Uralov — 6,5 ochko 🥉 3-o‘rin — Rustam Saydaliev — 6,5 ochko Ayollar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Muqaddam Shakirova — 5 ochko 🥈 2-o‘rin — Gulnora Tursunova — 3 ochko Shuningdek, 65 yoshdan yuqori ishtirokchilar orasida alohida sovrinlar topshirildi. Ushbu toifada Mahmadjon Sultonmurodov, Rakhman Umarov va Aleksandr Vasilenko taqdirlandi. Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! 🇺🇿 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
20.10.2026
Tair Vahidov — Osiyo faxriylar chempionati g‘olibi!
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida o‘tkazilgan Osiyo faxriylar chempionatining S50+ Rapid yo‘nalishida O‘zbekiston vakili GM Tair Vahidov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz 7 turda 6 ochko jamg‘arib, musobaqani 1-o‘rinda yakunladi. 🇺🇿 Tair Vahidovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
19.10.2026
O‘zbekiston 2027-yilgi Jahon kuboklari uchun ikkita yo‘llanmaga ega bo‘ldi
FIDE Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi natijalariga ko‘ra, 2027-yilgi Jahon kubogi va Ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogi uchun yo‘llanmalarni taqsimladi. O‘zbekiston har ikki yo‘nalishda ham bittadan yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Erkaklar terma jamoasi Olimpiadani 1-o‘rinda yakunlagani sababli Jahon kubogiga, ayollar terma jamoasi esa 13-o‘rinni egallagani sababli Ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogiga yo‘llanma oldi. FIDE qoidalariga ko‘ra, yo‘llanma Olimpiadada terma jamoa tarkibida ishtirok etgan shaxmatchilardan biriga beriladi. Agar barcha jamoa a’zolari boshqa yo‘l orqali allaqachon yo‘llanma olgan yoki ishtirok etishdan voz kechgan bo‘lsa, Federatsiya boshqa shaxmatchini tanlashi mumkin. Yakuniy vakillar 2027-yil 1–15-iyul kunlari tasdiqlanishi kutilmoqda. Olimpiada natijalari asosida jami 83 ta federatsiya Open, 45 ta federatsiya esa ayollar yo‘nalishida 2027-yilgi Jahon kuboklariga yo‘llanma oldi. Manba: FIDE (https://www.fide.com/olympiad-qualification-spots-for-2027-world-cup-and-womens-world-cup-announced/)
31.03.2026
Uzbekistan Youth Chess Championship to be held
Uzbekistan Youth Chess Championship to be held
«
»
Pages
Home
News
Contacts
Photo Gallery
Achievements
History
Tournaments
Rating
Video Gallery
Documents
Clubs
Directory
Federation
Players
7Saber Rating
FAQ
Регионал
Media
Search
Languages
ru
oz
en
Login